Samarqand viloyatidagi umumiy ovqatlanish korxonasini innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillar (2015 yil bo‘yicha).
| Omillar | |||
| Iqtisodiy | |||
| O‘z mablag‘ining etishmasligi | |||
| Davlat tomonidan moliyaviy yordamning etishmasligi | |||
| YAngi mahsulotlarga to‘lov iste’molining kamligi | |||
| YAngi texnika kiritish yuqori qiymatligi | |||
| Iqtisodiy xavf-xatar yuqori | |||
| YAngilikning uzok muddatga koplanishi | |||
| Ishlab chiqarish (texnik texnologik) | |||
| Tashkilotning past innovatsion faoliyati | 40 | ||
| Malakali kadrlarning etishmasligi | 66 | ||
| YAngi texnologiyalar bo‘yicha axborotning kamligi | 98 | ||
| Sotish bozori hakidagi informatsiyaning kamligi | 93 | ||
| Korxonaning yangilikni qabul qilish qiyinligi | 69 | ||
| Ilmiy tashkilot va boshqa korxonalar bilan aloqaning kamligi | 60 | ||
| Boshqa omillar | |||
| Iste’molchining innovatsion mahsulotga talabining kamligi | 50 | ||
| Innovatsion faoliyatni qo‘llab quvvatlovchi normativ xujjatlar va qonunlarning etishmasligi | 60 | ||
| Innovatsion jarayon muddatining noaniqligi | 40 | ||
| Innovatsion infrastrukturaning rivojlanmaganligi | 40 | ||
| Texnologiyalar bozorining rivojlanmaganligi | 70 | ||
Har bir omilni baholash uchun omil qarshilik indeksi xisoblanadi. Indeksni xisoblash uchun quyidagi formuladan foydalandik:
I n (X i Yi )/n X i 100%
i1 i1
Bu yerda: I – qarshilik indeksi; n-innovatsion faoliyatga berilgan baholash javobining soni (bizda n=4); i-javob variantining tartib nomeri; Xi- respondentlar soni (i variantga javob berganlar); Y-salmoqlik koeffitsienti (i-variantga javob) (Y=1,0; 0,6; 0,2; 0). SHunday qilib, I – indeksi 0 dan 100%gacha normallashtirilib, 100% maksimal qarshilik omili xisoblanadi. So‘rovda 17 omil qatnashganligi uchun biz o‘rtacha kiymatini topamiz.
Samarqand viloyatidagi umumiy ovqatlanish korxonasini innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillar (2015 yil bo‘yicha) Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalarining innovatsion faoliyatiga qarshilik ko‘rsatuvchi omillarning baholanishidagi o‘rtacha qarshilik indeksi – I hisoblandi.(2.3 – jadvalga qarang).
2017 yilda bajarilgan so‘rov tadqiqotida ko‘pgina korxonalar qayta tashkil etilganligi natijasida birlashtirildi, ko‘plari o‘z faoliyatini tugatdi. Olib borilgan «Samarqand viloyat umumiy ovqatlanish korxonalari»ning innovatsion faoliyatiga qarshilik ko‘rsatuvchi omillar indeksini aniqlash bo‘yicha qilingan ilmiy-tadqiqot quyidagi xulosalarni berdi:
– qarshilik indekslarni ichida maksimal darajadagisi «korxona pul mablag‘ining etishmasligi» (Io‘rt=68,08%).Undan so‘ng «yangilikni kiritish yuqori qiymatliligi» (Io‘rt=59,9%), va «davlat tomonidan moliyaviy yordamning kamligi» (Io‘rt=39,66%). Haqiqatdan xam, mablag‘ resursining etishmasligi korxonaning qo‘shimcha investitsiyalarga muhtojligini va ushbu hisob natijalari tasdiqlaydi.
Samarqand viloyatidagi umumiy ovqatlanish korxonasini innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillar (2015 yil bo‘yicha)











