Bosh sahifa mavzular Sanoat geografiyasini maqsadi va vazifalari.

Sanoat geografiyasini maqsadi va vazifalari.

0
Sanoat geografiyasini maqsadi va vazifalari.

Sanoat geografiyasini maqsadi va vazifalari.

Sanoat geografiyasini maqsadi va vazifalari.

SANOAT, industriya — xalq xo’jaligining ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan eng muhim sohasi. Sanoatning o’zi uchun hamda xalq xo’jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari tayyorlaydigan, shuningdek xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya olish, yog’och tayyorlash, mavjud sanoat yoki qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiyalari) majmui. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o’sishi, ishlab chiqarishni differensiatsiyalash va ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog’liq.

Sanoat geografiyasi – iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir qismi bo’lib, u turli mamlakat va rayonlarda sanoat tarmoqlarining joylanish xususiyatlari hamda sanoatda vujudga kelgan hududiy majmualarning shakllanish qonuniyatlarini o’rganadi.

Sanoat geografiyasining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: sanoat rivojlanishiga sezilarli ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tavsiflash; sanoat rayonlari, tugunlari va markazlarining shakllanish omillarini o’rganish; ayrim sanoat tarmoqlarining holatiga va joylashishiga ta’sir etadigan texnik-iqtisodiy sharoitni tadqiq qilish; tarmoqlararo va rayonlararo aloqalarni o’rganish; mamlakat xalq xo’jaligida va iqtisodiy rayonlar shakllanishida sanoat joylashishining ahamiyatini aniqlash.

Har qanday mamlakat sanoatining asosini industrlashtirish darajasi tashkil qiladi.Industrlashtirish deganda ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida fan va texnikaning yutuqlaridan foydalanib, zamonaviy korxonalar qurib, rivojlangan sanoatni tashkil qilish tushuniladi. Industrlashtirish muayyan tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga va halqaro vaziyatga bog’liq.

Dastlab industrlashtirish Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu yerda industrlashtirish to’qimachilik sanoatida qo’l mehnatini mashinalashtirishdan boshlandi, keyin og’ir sanoatni industrlashtirish amalga oshirildi. AqSH, Germaniya va boshqa davlatlar Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanib to’qimachilik sanoatini industrlashtirishdan tezlik bilan og’ir sanoatni mashinalashtirib, markazlashgan ishlab chiqarishni tashkil qildilar.

Hozirda jahon sanoatida taxminan 350 mln kishi ishlaydi. Oxirgi yuz yilda sanoat ishlab chiqarishi 50 barobar o’sdi, lekin bu o’sishning ¾ qismi XX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Sanoatning barcha tarmoqlari vujudga kelgan vaqtiga qarab odatda uch guruhga bo’linadi.

Birinchi guruhga eski tarmoqlar deb ataluvchi toshko’mir, temir ruda qazib ciqarish, metallurgiya, vagonsozlik, paravoz-teplovozsozlik, kemasozlik, to’qimachilik tarmoqlari kiradi. Hozirgi vaqtda bu tarmoqlar odatda sekin o’smoqda. Lekin ular jahon sanoat geografiyasiga ilgarigiday ancha katta ta’sir ko’rsatadi.

Ikkinchi guruhga yangi tarmoqlar deb ataluvchi avtomobilsozlik, alyuminiy eritish, plastmassalar, kimyoviy tolalar ishlab chiqarish kiradi. Odatda, bu tarmoqlar ilgarigidek jadal bo’lmasa ham ancha tez sur’atlar bilan o’smoqda (butun dunyoda har kuni konveyerlardan taxminan 100 ming avtomobil tushadi). Asosan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda to’plangan, lekin endilikda rivojlanayotgan mamlakatlarda ham ancha keng tarqalgan bu sanoat tarmoqlari jahon sanoat geografiyasiga katta ta’sir ko’rsatib kelmoqda.

Nihoyat, uchinchi guruhga eng yangi tarmoqlari kiradi. Ularning ko’pchiligi fantalab tarmoqlar hisoblanib, ko’p hollarda “yuqori texnologiya” tarmoqlari deb ham atashadi. Bularga mikroelektronika, hisoblash texnikasi, pobotsozlik, informatika sanoati, atom va aerokosmik ishlab chiqarish, organik sintez kimyosi, mikrobiologiya sanoati – FTI ning haqiqiy “katalizatorlarini” ishlab chiqarish kiradi. Hozirgi vaqtda bu tarmoqlar hammadan tez va barqaror rivojlanmoqda. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiyada butun ishlov beruvchi sanoat yalpi mahsulotining 35-40 foizi to’g’ri keladi. Bu sanoat tarmoqlari geografiyasi hozircha asosan iqtisodiy rivojlangan va “yangi sanoatlashgan” mamlakatlar bilan chegaralangan bo’lsa ham, ularning jahon sanoati geografiyasiga ta’siri to’xtovsiz ortib bormoqda.

Mavzular.

manba