SEMASIOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOTLAR.

0
SEMASIOLOGIYA HAQIDA MA'LUMOTLAR.

SEMASIOLOGIYA HAQIDA MA'LUMOTLAR.

SEMASIOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOTLAR.

SEMASIOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOTLAR. So`zning ma’no tarkibi va u bilan bog`liq hodisalarni o`rganuvchi soha semasiologiya deyiladi.

So`zning ma’nosi va semantik tarkibi boshqa-boshqa hodisadir. So`zning ma’nosi deganda, shu so`zning u yoki bu bitta ma’nosi anglashiladi, Masalan: kitob-so`zining ma’nosi o`quv quroli, non-oziq-ovqat. So`zning ma’no tarkibiga uning o`z yoki ko`chma, bir yoki ko`p ma’nosi hamda ekspressiv hissiy ma’nolari kiradi: Masalan: Bosh, qosh, go`zap.

So`zning ma’no tarkibini o`rganishda keyingi davr tilshunosligida komponent tahlil metodi vujudga keldi. Buning o`zbek tiliga tadbiq etilishida prof. I.Qo`chqortoyev. Sh. Rahmatullayev, H.Ne’matov, R.Rasulovlar katta rol o`ynaydi. Ular tomonidan O`zbek tilshunosligida komponent taqlil usuli tadbiq etildi. Komponent tahlil metodida bir so`zning turli semalari tahlil etiladi va uning valentligi aniqlanadi. Masalan: tuz leksemasining oq, kristall, sho`r, ovqatga solinadigan ximiyaviy element semalari mavjud. Chog`ishtiring: Non sindi. Non-qattiq, qattiq narsa sinadi. Suv sindi: suv-yumshoq bu sinmaydi. Demak, non va suv so`zlari «qattiq» va «yumshoq» semalari valenlligiga ko`ra farqlanadi. Bu hodisa uslubiyat uchun ham muhim ahamiyatga egadir.

So`z va uning ma’no tarkibini izchil o`rganish tilga yaxlit bir tizim (sistema) sifatida qaralgandagina amalga oshishi mumk in

O`zbek tilshunosligida tilga sistema (tizim) sifatida yondashish, asosan, 80-yillardan paydo bo`ldi. Hozir tilshunoslikdagi eng ilg`or metod sifatida rivojlanib bormoqda. Bu o`rinda til leksikasining sistem qurilishi haqida ma’lumot berish lozim.

Sistem qurilishning mohiyati shundan iboratki, til strukturasida so`zlar izohli yoki ters lug`atlarda joylashgani kabi tasodifiy belgilar (masalan, alfavit shaklida) asosida emas, balki so`zlar orasidagi ma’no hamda vazifa o`xshashliklari asosida ma’lum guruhlargaleksik semantik guruhlarga (to`dalarga) (LSG) birlashgan holda yashaydi. Masalan o`zbek tilida shaxsni yosh xususiyati jihatidan baholovchi LSG o`z ichiga: ninni, chaqaloq, go`daq norasida, bola, qiz, o`g`il, o`smir o`spirin, yigit, juvon, keksa, qariya, chol, kampir, kabi so`zlarni’ asliy sifatlarning ijobiy baho LSGi: yaxshi, tuzuq durust chiroyli, suluv, go`zal, zebo, ko`rkam, ajoyib, ajib kabi so`zlarni oladi.

SEMASIOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOTLAR. Bir LSGga kiruvchi so`zlarning ma’no va vazifalarini aniqlashda ular tarkibidagi integral (birlashtiruvchi) va differensial (farqlovchi) semalar muhim rol o`ynaydi. Boshqacha aytganda, so`zning ma’nosi va ma’no tuzilishi turlicha integral va differensial semalar yig`indisidan iborat.

So`z ma’nosi (semema)ning kichik tarkibiy qismlari semalardir.

Tabiiy moddalar kimyoviy tarkibiga ko`ra ularni tashkil etuvchi elementlarga bo`lingani kabi (chunonchi, suv H2O, tuz-NaS!) so`zning ma’nosi ham yaxlit bir butun ko`rinsa-da, bu nisbiy bo`lib, u tarkibiy qismlarga-semalarga bo`linadi.

So`z ma’nosi (semema) nutqda muayyan sema «qobig`iga yashirinadi» va bu sema nutqda asosiy yetakchi sanaladi. So`z ma’nosi (semema) tarkibida boshqa semalar bilan o`zaro bog`lanib o`ziga xos mikrosistemasini tashkil qilib so`z ma’nosining yaxlitligini ta’minlaydi. M: aka va opa so`zlari bitta element (semasi) bilan, ya’ni biri erkak biri ayol jinsiga xos shaxsni ifodalashi bilan farqlanadi. Bu so`zlarda farklovchi -differensial sema jins. Ammo «qon-qarindoshlik», «bir ota-onadan tug`ilish», «yosh jihatdan kattalik», «bir avlodga mansublik» umumiy (integral)likni bildiradi.

Bir kimyoviy element rang-barang moddalar tarkmbida uchrab turgani kabi ayrim

LMGning differensial va integral semalari boshqa LSGlarda takrorlanib turadi. Chunonchi, «Erkak yoki ayol jinsiga mansublik»ni farqlash semasi uka-singil, er-xotin, yigit-qiz, kuyovkelin, qo`chqor-qo`y kabi minglab so`zlar tarkibida takrorlanadi.

So`z ma’nosi (sememalar)ning semantik tuzilishini o`rganishda komponent tahlil metodining ahamiyati katta. Bu metod orqali so`z ma’nosi, uni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlar, bu tarkibiy qismlarning o`zaro munosabati, til va nutqdagi roli, o`rni va vazifasi, ahamiyati aniqlaniladi.

So`z tilda til birligi (leksema), nutqda nutq birligi sifatida o`rganiladi. So`zning nutqda o`rganilishi, uning boshqa so`zlar bilan birika olish imkoniyati, semantik sintagma tuzishi, o`z ma’nosini to`la ochish unun muayyan so`z va so`z shakllarini talab etishi valentlik nazariyasining asosini tashkil etadi, So`z valentligi substantsial-semantik hodisa sifatida so`z ma’nosi va uning gapda namoyon bo`lishi bilan bog`liqdir.

Valentlik nazariyasi ob’yektiv, muhim va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Chunki u so`zning ichki imkoniyati, so`zga xos muayyan semantik xususiyatlarni ochishda muhim rol o`ynaydi.

So`zlarning semantik bog`lanishi bevosita ular semalarining semantik munosabatini yuzaga keltiradi. Biror so`zning biror boshqa so`z bilan birikishi uning semantik imkoniyatiga ko`ra sodir bo`ladi.

Chog`ishtiring: suv so`zida «yumshoqlik», «suyuqlik» semalari mavjud. Shuning uchun ham u «ichmoq» fe’li bilan bevosita birika oladi. Chunki «yumshoq» va «suyuq» narsalar ichilish imkoniyatiga ega.

So`zlar orasidagi semantik munosabat esa bevosita sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi, ya’ni sintaktik konstruktsiyalar tuziladi. Chunki sintaktik munosabat asosida semantik munosabat yotadi. Bu o`z navbatida semantika va sintaksisning o`zaro dialektik bog`liqligini ko`rsatadi.

Ammo shu narsani ta’kidlash joizki, sintaktik aloqadan valentlik kelib chiqmaydi, balki valentlikdan sintaktik aloqa kelib chiqadi.

Valentik va sintaktik aloqaga xos xususiyatlarni aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.

Valentlik-ichki imkoniyat, potentsiya bo`lsa, sintaktik aloqa uning voqe bo`lishidir.

Valentlik–til birligi bo`lsa, sintaktik aloqa nutq birligi.

Valent1ik–mohiyat bo`lsa, sintaktik aloqa hodisadir.

Valentlik–umumiy bo`lsa, sintaktik aloqa xususiydir.

Valentlik–zarurat bo`lsa, sintaktik aloqa tasodifdir.

Xullas, so`z valentligi va sintaktik aloqa o`zaro bog`liq, bir butun, ajralmas, ayni vaqtda har biri nisbiy «mustaqil» bo`lgan faol lingvistik hodisadir.

Valentlik nazariyasi so`zlar orasidagi mantiqiy munosabat mohiyatini bilishda, turli sintaktik birliklarning hosil bo`lish mexanizmini ochishda katta ahamiyatga ega.

SEMASIOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOTLAR.

Mavzular.

manba