Servis korxonalarini modernizatsiyalashning paradigmal tahlili.
Servis korxonalarini modernizatsiyalash,Hozirgi vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘plab korxonalar mavjudki, ular orqali iste’molchilarning turli ehtiyojlari qondirilib kelinmoqda. Bugunki kunda servis korxonalarining turli xildagi turlari bilan: ularga umumiy ovqatlanish, savdo korxonalari, mehmonxonalar va boshqa o‘zining turi, katta va kichikligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bilan farq qilgan holda faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsada. ularning hammasi ham hozirgi vaqt, an’anaviy me’yor qoidalariga javob beradi deb bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ularda modernizatsiyalash ishlari amalga oshirish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi.
Ma’lumki, modernizatsiya inglizcha “modern” so‘zdan olingan bo‘lib, ”zamonaviy”, “yangi” degan ma’noni bildiradi. Modernizatsiyaning siyosiy, ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy ko‘rinishlari mavjud. SHuning uchun tadqiqotimizda xizmat ko‘rsatish korxonalari modernizatsiyasini umumiy ovkatlanish korxonalari misolida, aynan uning servislashtirilishi bilan uzviy nazariy asoslarini ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Modernizatsiyalash bosqichida ishlab chiqarish sifati ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik-iktisodiy darajasi, standartlashtirilganligi, me’yor hamda talablarga mosligi va h.k.. muhim hisoblanadi. SHuning uchun ham umumiy ovqatlanish korxonalarning modernizatsiyasi deganda, ob’ektni texnik-texnologik takomillashtirish, yaxshilash, yangilash orqali yuqori sifat talablari va me’yorlarini texnikaviy shartlariga moslash tushuniladi.
Servis korxonalarini modernizatsiyalash Xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, servisga nisbatan iqtisodiyotimizda nisbatan yangicha qarashlarning shakllanayotganligi munosabati bilan uning ilmiy mohiyatini aniqlash, kelgusida shunday korxonalar faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida modernizatsiyalashning paradigmal nazariy tahlilini ko‘rib chiqamiz..
Servis korxonalarini modernizatsiyalashning paradigmal tahlili. Umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiyasi ularni takomillashtirish, yaxshilash, ob’ektini yangilash bilan hozirgi zamon talablari va me’yorlari, texnikaviy shart- sharoitlari, me’yor va sifat ko‘rsatkichlariga mos keltirish ishlarini bajarish lozim. Amalga oshirilgan modernizatsiyasi bo‘yicha bajarilgan ishlarning ijobiy bo‘lganligini uning oxir oqibat samaradorligining oshgan yoki oshmaganligi bilan baholanadi.
Ma’lumki, har bir sohaning rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlari, yangi nazariyalarning kelib chiqish sharoitlari, umuman ma’lum sohada ilmiy tafakkur usulini radikal ravishda o‘zgartiruvchi ilmiy fikrlar soha tarixida muntazam ravishda bo‘lib turgan va oxir oqibat ma’lum sohaning to‘liq shakllanishiga sabab bo‘lgan. Xuddi shunday, boshqa shakllangan sohalar kabi hozirgi vaqtda servis sohasi o‘zining evolyusion rivojlanish davrini bosib o‘tmoqdaki, bunday vaqtda biz hozirda to‘liq nazariy jihatdan o‘rganilmagan servis nazariyasining o‘rnida servis paradigmal nazariy tahlilini ko‘rib chiqishimiz joizdir.
Xizmat ko‘rsatish, servisning hozirgi vaqtda uning nazariyasi: paradigma (bu ilmiy birlashmalarga ma’lum vaqt davomida muammolarni qo‘yish modeli va echimini beruvchi hamma tomondan tan olingan ilmiy yutuqlar tushuniladi) holatida bo‘lib, ya’ni hozirgi izlanish vazifalarini echish uchun ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan nazariya darajasidir. SHuning uchun ham paradigmal tahlilda sohani shakllantiruvchi fanlarda evolyusion rivojlanish bilan olib borilsa, izlanishlar samarali hisoblanadi.
Servis korxonalarini modernizatsiyalashning paradigmal tahlili. Barcha fanlar o‘zining rivojlanishida kamida ikki bosqichda, ya’ni klassik-noklassik va postklassik usulologik paradigmial transformatsiyasidan o‘tishi lozim11. Xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, servis yangi yo‘nalish bo‘lganligi uchun unda bunday bosqichli o‘tish aralashsimon bo‘lmoqda. Unda uch usulologik platforma ham sinxron ravishda rivojlanib bormoqda. SHuning uchun ham hozirgi vaqtda uning umumiy darajadagi ilmiy me’yori, ta’rifi tushunchasi to‘liq shakllantirilmagan.
Bunga sabab servis paradigmasi xosil bo‘lish usulologik asosining yo‘qligi, servis fanining institutsiyalanmaganligi, yangi fan bazali ob’ekti haqidagi bilimlarning kamligi va bu bilimlarning adekvat emasligi hisoblanadi.
Agar biz ilmiy izlanish usulologiyasini zamonaviy tizimli tahlil prinsiplari bo‘yicha ko‘rib chiqsak, unda ular: ontologik, aksiologik, gnoseologik va praksiologik bosqichlardan tarkib topgan strukturaga ega bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin (1.1-rasmga qarang). Bunday strukturaning asosini deduktiv muammoli mantiqli tahlil yordamida qo‘yilgan qiymatli-maqsadli, ya’ni ko‘p bosqichli muammolar identifikatsiyasidan «atomlashgan» echimlar konseptlariga o‘tish talab etiladi. Ushbu muammoli dekompozitsiyani bajarish prinsipining tizimli moduli quyidagicha bo‘lishi mumkin: maqsad – (integratsiyalashgan vazifa) – muammo (to‘siq) – sabab (omil)echim konsepti.
Servis omili deganda (sabab, holati) ko‘riladigan hodisa, jarayon, holati (maqsaddan kelib chiqib) sharoit, holat sababi tushuniladi. SHunday qilib servis sohasi fanining etuk darajada bo‘lishligi yuqorida keltirilgan bosqichlar davomida shakllanishi va turli faoliyat darajasidagi muammolarni echish konsepsiyasiga, ya’ni turli innovatsion tushunchaga ega bo‘lishi talab etiladi. Uning to‘laligi umumiy darajadagi kategoriyaga ega bo‘lishligi bilan belgilanadi.
Ammo, hozirgi vaqtda ko‘pgina mualliflarning ta’kidlashicha servis fanining ta’rifiy ifodalanishida umumiy birlik sezilarli darajada emas va shu bilan birga uning umumiy ilmiy me’yori ham to‘laligicha aniqlanmagan.
Servis korxonalarini modernizatsiyalash
Muallif:J.M.QURBONOV R.J. KURBANOVA







