Bosh sahifa mavzular SEZGI A’ZOLARI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOTLAR.

SEZGI A’ZOLARI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOTLAR.

0
SEZGI A'ZOLARI HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOTLAR.

SEZGI A'ZOLARI HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOTLAR.

SEZGI A’ZOLARI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOTLAR.

Odam tashqi ta’surotlarini sezgi a’zolari orqali qabul qiladi. Sezgi a’zolari I.P. Pavlov iborasiga ko’ra analizatorlar deb ataladi. Analizatorlarning periferik uchlari turli shakldagi nerv oxirlariga bo’lib, ular orqali tashqi muhit ta’surotlari qabul qilinib, analizatorlarning markaziy qismiga uzatiladi.

Sezgi a’zolari uch turga bo’linadi.

  • Tashqaridan keladigan ta’surotlarni qabul qiluvchi analizatorlar, ya’ni ekstraretseptorlar.
  • Ichki a’zolar qon tomirlariga joylashgan retseptor ya’ni – introretseptorlar.

Bular ichki a’zolarga bo’ladigan turli ta’surotlarni qabul qiladi. Ammo ichki a’zolardan keluvchi ta’surotlar ba’zida unchalik aniq bo’lmay, bosh miyaning po’stloq qismigacha aniq etib bormasligi mumkin. Shuning uchun ichki a’zolardan keluvchi ta’surotlar yig’indisi organizmda “O’zini qanday his qilish” kabi umumiy ta’sir qiladi. Ichki a’zolar vegetativ nerv tizmi orqali idora qilinadi.

  • Mushak, bo’g’in, suyaklarda joylashgan retseptorlar – proprioretseptorlar deyiladi. Bular I.P. Pavlov iborasiga ko’ra, harakat analizatorlarining periferik uchi hisoblanadi. Mushak bo’g’imlarida joylashgan proprioretseptorlar mushaklar qisqarib, bo’g’imlar harakat qilganda ta’sirlanadi va ularning holati haqida markaziy nerv sistemasiga xabar beradi.

TERI   ANALIZATORI

Teri orqali odam harorat, bosim, og’riqni sezadi. Shu bilan birga teri organizmi tashqi ta’surotlardan ham saqlaydi. Odatda teri sathi o’rtacha 1,5 –2 m2 ga teng.

Odam terisi 2 qavatdan tuzilgan.

  1. Teri uski qavati –epidermis, ko’p qavatli epiterliydan tuzilgan, uning tashqariga qaragan qismi shoxsimon qavatga aylanib, asta –sekin ko’chib, yangilanib turadi.
  2. Chuqur qavat – asl teri, elastik va silliq mushak tolalari aralashgan biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan.

Shuning uchun odam terisi elastik xususiyatga ega. Asl teri qavatining yuza tomonidan epidermis ichiga qon va limfa kapilyarlari hamda nerv oxirlariga boy so’rg’ichlar kirib turadi. Teri ostida, teri osti yog’ qavati bor, u tanani sovuqdan saqlaydigan ehtiyot oziq hisoblanadi. Teri osti yog’ qavati tanani hamma joyida bir xil qalinlikda bo’lmaydi. Terini chuqur qavatida teriga rang berib turuvchi melanin pigmenti mavjud. Melanin oz ko’pligiga qarab teri turli rangda bo’ladi. Terining ba’zi qismlari sochlar bilan qoplangan. Sochlarning teri osti qavati – soch ildizi deyiladi.  Ular xaltachasimon tuzilgan bo’lib, ichiga moy bezlarining chiqaruv yo’llari ochiladi. Soch xaltachasiga tegib turgan silliq mushaklar qisqarganda teri g’adir – budir bo’lib,  “g’oz terisiga” o’xshab qoladi.

Soch rangi soch xaltachasidagi pigment va havo miqdoriga bog’liq.

Odam terisi ichida yog’, sut va ter bezlari mavjud. Yog’ bezlari odam tanasining oyoq – qo’l panjalaridan boshqa hamma erida bo’ladi.

Ter bezlari naysimon shaklda bo’lib, asl teri qavatida joylashgan. U orqali tuzlar, har xil moddalar va ortiqcha harorat chiqadi. Ter bezlari me’yorda ishlashi buyraklar faoliyatiga yordam beradi.  Terida arteriya va vena qon tomirlar to’ri yaxshi rivojlangan. Undan tashqari teri–haroratni, og’riqni va bosimni sezish xususiyatiga ega.

Mavzular.

manba