Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO’ tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari va dastur bilan, uchinehidan, oldinga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinchidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.
1-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi, boshlang’ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o’quvchilar o’qiydilar.
Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar o’qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlarni elementar tavsiflashga o’rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo’lib o’qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO’ darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 34sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. o’quvchilar mustaqil o’qishga o’rgatiladi, ular ,,G’uncha», ,,Gulxan», ,,Bilimdon» jurnallari, ,,Tong yulduzi» gazetasi bilan, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o’zbek, qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib kelib, ular haqida o’z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyiishtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yiirita oladigan kitobxon Shaxsi shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy qayta hikoyalash, insenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o’qish, kitoblar tavsiya qilish usullaridan keng foydalaniladi.
Sinfdan tashqari o’qish darsi namunalari
- 1sinfda (tayyorlov bosqichi) STO’ darsi.
Mavzu: Cho’pon yigit Shiroq.
Darsning maqsadi:
- afsonaviy qahramonlar haqida ma’lumot berish;
- o’quvchilarda vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar.
Darsning borishi
- Kirish suhbati.
O’quvchilardan vatanini dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari so’raladi. To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon ham o’tganligini, uning qahramonligi haqida xalqimiz, ,,Cho’pon yigit Shiroq» degan afsona yaratgani aytiladi.
- ,,Cho’pon yigit Shiroq» afsonasi o’qib beriladi. Afsona yuzasidan dastlabki suhbat o’tkaziladi: — Afsona sizga yoqdimi?
— Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan?
— Shiroq nima uchun xanjari bilan burai, quloqlarini kesadi?
— Keyin Shiroq kimning oldiga boradi?
— U shoh Doroga nima deydi?
— Shiroq Doro qo’shinlarini qayerga ofib boradi?
— Shiroq nima deb hayqiradi?
O’quvchilar javobi umumlashtirilib, vatanni sevish, uning tinchligi uchun kurashish kerakligi ta’kidlanadi,
- Asarga ishlangan rasmlar ko’rsatiladi. Bu jarayonda asar mazmuni yuzasidan rasmlarga bog’lab qisqacha suhbat uyushtiriladi.
- Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig’i beriladi. o’quvchilarga otaonalaridan qahramonlar haqida ertak, hikoya bilib kelishlari va otaonalariga Shiroq haqida gapirib berishlari aytiladi.
- 2sinfda (boshlang’ich bosqich) STO’ darsi.
Mavzu: Tabiat — mening uyim.
Darsning maqsadi: she’r mazmuni bilan tanishtirish va tabiat haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, she’r o’qish sifatlarini takomiliashtirish., tabiatga mehrmuhabbat hissini kuchaytirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suhbat, tushuntirish.
Dars jihozi: tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, qushlarning rasmlari.
Darsning borishi
- Tashkiliy qism.
o’quvchilarning uyda o’qib kelgan asarlari so’raladi. Olib kelgan kitoblari
ko’rib chiqiladi.
- Yangi mavzu: ,,Tabiat — mening uyim».
- Bir necha o’quvchiga ,,Tabiat — mening uyim» she’ri 4 qatordan yod ayttiriladi.
Dalalarni aylansam,
Uzoq xayolga botsam, Chigirtkalar qo’shig’in
O’tloqda tinglab yotsam.
Tabiat mening uyim, Tabiat — jonimda jon.
Shivirlayman men unga
Va onamga: — Onajon! Shundanmi ko’ksim og’rir Zaharlansa ona yer.
Tabiat — mening uyim, Tabiat — eng go’zal she’r.
Shivirlasam giyohga
Xapqirgancha: — Ey ko’kat, Nega keldim dunyoga, Yashamoq sirin o’rgat?! Toshni yorgan giyohlar Sabotdan dars o’qisin. Oy cho’milgan daryolar Bolaga she’r to’qisin.
Uchadi bola tomon
Shu sabab mening so’zim: — Tabiat — jonimda jon, Tabiat — mening uyim.
She’r yuzasidan suhbat uyushtiriladi:
— She’r nima haqida ekan?
— Tabiat, shoirning uyi ekanligi haqida ekan.
— Tabiat yana kimlarning uyi? Nima uchun?
— Tabiat mening ham uyimdir. Men shu tabiat qo’ynida tug’ildim, iilg’aydim.
— Miraziz, tabiat sening ham uyingmi?
— Tabiat mening ham uyimdir. Negaki men ham shu tabiat qo’ynida yashayman, tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan iste’mol qilaman.
— Bolalar, hozir o’rtoqlaringiz o’qigan she’rning muallifi kim? U nimani kuylayapti?
— Bu she’r X.Davronning ,,Tabiat — mening uyim» she’ri.
— She’rda shoir ,,dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ini eshitaman, bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon qilsam, xayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat mening uyimdir», — deb aytyapti. (1o’quvchining javobi)
— ,,Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari oy va yulduzlari daftarimni yoritadi. Ona yer zaharlansa, ko’ksim og’riydi. Sen uni asra, mangu qolsin, o’lmasin», deyapti. (2-o’quvchining javobi)
— Hurmatli, o’quvchilar! Demak, biz tanishgan she’rimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. Chunki biz onamiz va tabiat quchog’ida yashaymiz. Shuning uchun ham biz uni ,,Ona tabiat» deb ataymiz. Biz uning bag’ridagi o’simliklarni, qushlarni, hayvonlarni, dengizu ko’llarni va boshqa boyliklarni asrashimiz, e’zozlashimiz kerak. Tabiat insonga birgina toza suv, havo, oziqovqat, kiyimkechakkina emas, sog’lik, a’lo kayfiyat ham beradi.
Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasawur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir va g’alati jonivorlaridan biridir. Qushlar zararkunanda hasharotlarni yeb, kishilarga foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularning sayrashidan olamolam zavq olasiz. Masalan, bulbul, sa’va va boshq. (Shu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi va ,,Bahor valsi» kuyi eshittiriladi).
— Hasharotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. Kapalaklar chiroyi bilan o’ziga maftun etadi. Gullar chamani uzra qanot qoqib, hayot qo’shig’ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm ko’rsatiladi)
Bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz, qoqio’t, otquloq kabi ko’katlarning inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir.
— Bolalar bizning hayotimizda yana bir muhim narsa obihayotdir. Biz suvsiz hayotimizni tasawur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni saqlamog’imiz darkor. Turmushda, kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating!
Xulosa qilib aytganda, tabiatimizning bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz bilan bizning qo’limizda ekan.
O’quvchilarning tabiat haqida yod olgan she’rlaridan, topishmoq va maqollardan ayttiriladi: Dengizu daryoda yashar, Asosan ko’klarda kezar.
Zeriksa bormi, osmondan
Zamin uzra qaytib tushar. (Suv)
Ikki yaproq bir tanda,
Kezar gulzor chamanda. (Kapalak)
Shu o’rinda shoirlarning tabiat haqidagi har xil kitoblari ko’rgazmasini uyushtirish ham mumkin.
Uyga vazifa qilib gullar haqida she’rlardan yod olib kelish beriladi.
Keyingi darsda ,,Gullar aytishuvi» uyushtiriladi.
Dars yakunlanadi.






