Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik shakllari.
STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilmaxil bo’ladi Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilmaxillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi.
Shularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir:
- Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikkiuch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqari vaqtda ham davom etishi mumkin).
- Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lartavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki film namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin.
- Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikkiuch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
- Har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodi orqali tahlil ishlari amalga oshiriladi. Bunda erkin hikoya qilish uchun ,,Senga asardagi nimalar yoqdi?», ,,B» kitob haqida sen nimalar ayta olasan?» kabi savollar beriladi va o’quvchilarning ijodiy hamda mustaqil qayta hikoyalash malakalari shakllantiriladi.
- Har bir darsda ma’lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qilinadi: muallif haqida ma’lumotlar to’plash, kitob nomiga qarab u nima haqida ekanligini aytish, o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, albomlar tayyorlash, kitobxonltk kundaligini yuritish kabi ishlar amalga oshiriladi.
- Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o’qish darslarida qo’llanadigan barcha usullardan ijodiy foydalaniladi.
- Har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtiriladi. Umumlashtirishga ko’rgazma ham, albom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham mavjud bo’lib, ular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta’minlaydi,
STO’ darslari uchun sharoit yaratadi. Bunday shakHarga quyidagilar kiradi:
- Kitobni targ’ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqtivaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriiadi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. o’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
- Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. o’quvchilarning o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, otaonalar bilan suhbat o’tkaziladi.
- STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi.
- Kutubxonaga yozilish. 1sinf o’quvchilari o’qituvchining tavsiyasi bilan kutubxonaga a’zo bo’ladi. Bu jarayonda o’qituvchi va kutubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
- O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olish. Bunda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. 1sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo’shib yozadilar. 3-4sinflarda o’qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o’z mulohazalarini ham qo’shishlari mumkin.
O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda harn hisobga olinadi: ular o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.











