SIYDIK – TANOSIL A`ZOLAR TIZIMI.
Siydik – tanosil a`zolari sistemasiga siydik ajratish a`zolari hamda jinsiy a`zolar kiradi. Bu a`zolar funktsiyalari har xil bo`lishiga qaramay, tuzilishiga ko`ra yaqindir. Bundan tashqari, ularning chiqaruv yo`llari umumiy siydik – tanosil kanalini hosil qiladi (erkaklarda) yoki umumiy bo`shliqqa ochiladi (ayollarda).
Siydik ajratish a`zolari.
Siydik a`zolariga siydik ajratuvchi buyrak va siydik chiqaruvchi, uni vaqtincha to`plovchi yo`llar (siydik yo`llari, qovuq va siydik chiqarish kanali) kiradi.
Buyrak.
Buyrak loviya shaklida old va orqa tomonlari yassilangan, o`rta yashar odamlarda 140-150 gramga teng bir juft a`zodir. Buyrak 1-2 bel umurtqalari tanasining ikki yonida, qorin bo`shlig`ining orqa tomonida mushak va diafragmaga tegib turadi. Qorin bo`shlig`i o`ng tomonining yuqori qismida jigar joylashganligi uchun o`ng buyrak chap buyrakka nisbatan pastroq o`rnashgan. Uning yuqori va quyi uchi ichki va tashqi qirg`oqlari, oldingi va orqa yuzalari tafovut qilinadi. Buyrak o`rtasi botiq bo`lib, buyrak darvozasi deyiladi. Buyrak darvozasidan arteriya, nerv tomirlari kirib, vena, siydik yo`llari chiqadi.
Buyrak o`rtasidan 2 ga bo`linsa, u ikki xil moddadan tuzilganligini ko`rish mumkin. Buyrak pûsti qizg`ish rangda bo`lib, qalinligi 4-5 mm keladi, ichki oqishroq rangda bo`lib, mag`iz qismi hisoblanadi. Buyrak ichki qismi piramida va so`rg`ichlardan iborat. Piramidalar taxminan 1 mln mayda kanalchalardan tuzilgan. Buyrak kanalchalarining bir uchi berk bo`lib, devori ikki qavatli kapsula – SHumlyanskiy – Bouman kapsulasi bilan tugaydi. Ular o`z navbatida qon tomirli koptokchani o`rab turadi. Bu koptokcha bilan kapsula birgalikda buyrak tanachasini tashkil qiladi. Buyrak tanachalari bilan naychalar o`zaro birikkan holda nefronli buyrakning tarkibiy va funktsional birligini tashkil etadi.
Buyrak tanachalari bevosita buralma naychalarga davom etib, buyrakning po`st qismidan piramidalar tomon yo`naladi. Naychalar piramidaning uchiga yaqinlashib orqasiga qaytadi va shu yo`sinda nefron qovuzlog`ini hosil qiladi. Po`stloq moddaga etgan buralma naychalar yig`uvchi naychalarga qo`shiladi. Bu naychalar piramidalar tarkibida joylashib, to`g`ri yo`nalishga ega. Ular asta-sekin o`zaro qo`shilishi natijasida 15-20 ta kalta naychalar hosil qilib, piramidaning uchiga ochiladi.
Demak, kapsula bo`shlig`ida qon tomirli koptokchalardan filtrlanish yo`li bilan hosil bo`lgan birlamchi siydik ushbu ultrafiltrat oqsillari bo`lmagan qon plazmasiga tarkibi jihatidan yaqindir. Birlamchi siydik buyrak naychalaridan o`tayotganda organizmga kerakli bo`lgan suv, mineral tuzlar va boshqa kerakli moddalar qayta shimiladi, natijada haqiqiy siydik paydo bo`ladi. Siydik piramida so`rg`ichni o`rab turgan kichik kosachalarga quyiladi. 8-9 ta kichik kosachalar o`zaro qo`shilib, 2-3 ta katta kosachani, ular o`zaro qo`shilib, buyrak jomini hosil qiladi. Jom buyrak darvozasidan chiqishi bilan siydik yo`lida davom etib, qovuqqa ochiladi.
Siydik yo`li
Siydik yo`li buyrak jomidan siydikni qovuqqa o`tkazuvchi nay hisoblanadi. Uzunligi 30 sm, eni 8 mm bo`lib, yuqoridan pastga tomon yassilashgan va qorin pardadan tashqarida joylashgan. U qorin va chanoq qismlaridan iborat. Siydik yo`li qovuq mushaklarini teshib bo`shliqqa ochiladi. Ayollar siydik yo`li erkaklarnikiga nisbatan 2-3 sm qisqa bo`ladi.
Siydik yo`li devori 3 qavatdan tuzilgan.
- SHilliq qavat – unda shilliq chiqaruvchi bezlar mavjud.
- Mushak qavati.
- Biriktiruvchi to`qima.
CHaqaloqlarda siydik yo`li duksimon shaklda bo`ladi. U bolalarda tez o`sadi.
Qovuq
500-700 ml hajmli qovuq kichik chanoqda joylashgan. Qovuq bo`shligida bujmayib shilliq qavat burmalari ko`payadi, mushak qavati qalinlashadi.
Qovuq 3 kismdan iborat: tubi, cho`qqisi, tanasi.
Qovuq bo`sh bo`lganda yuqoriroqda, suyuqlik bilan tulganda pastga tushadi. YAngi tug`ilgan chaqaloq qovug`i cho`zinchoq duk yoki naysimon bo`ladi. Qovuq devori 4 qavatdan tuzilgan:
- SHilliq qavat – Bu qavatda shilliq bezlar, limfa tugunlari bo`ladi.
- SHilliq osti qavat – Biriktiruvchi to`qimadan iborat.
- Mushak qavati silliq mushakdan iborat bo`lib, uch qavat bo`lib joylashgan:
- tashqi uzunasiga ketgan tolalar
- o`rta ko`ndalang tolalar
- v) ichki ko`ndalang va buylama tolalar joylashgan.
Uch qavatli mushak tolalari bir-biriga yopishmagan.
- Seroz parda kavati.
SIYDIK – TANOSIL A`ZOLAR TIZIMI.











