Somoniylar davlati.
Somoniylar davlati. IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o’z nomiaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi.
U kumush dirham zarb etadi. Ko’p o’tmay akauka Nasr va Ismoil o’rtasida tojtaxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888 yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi.
Ismoil Somoniy o’rta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893 yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo’lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho’chitar ham edi.
Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to’qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o’z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi, Xalifa Mu’tazid (892-902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900 yilda ular o’rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o’z qo’l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki diyorning poytaxtiga aylandi. Somoniylar davlati Nuh ibn Nasr (943 – 954) hukmronlik qilgan davrda har tomonlama og‘ir ahvolga tushib qoldi.
Davlat xazinasi batamom bo‘shab qoldi, moliyaviy ahvol og‘irlashdi. Hatto, soliq va oip o n lar ko‘payib, soliqlarni muddatidan ilgari undirib olish odati chiqarildi. Har tomonlama iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolgan xalq Nuhga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bunday kurashlar Abdumalik (954 – 961) davrida ham davom etdi. Somoniylar davlatida turk lashkarboshilarining ta’siri shu darajada kuchayib ketdiki, ular davlatni boshqarish ishlarini
batamom o‘z qollariga oldilar. Bu borada turk lashkarboshisi Ali Taginning roli va o‘rni g‘oyatda katta bo’ldi. Abdumalik vafoti (961)dan so‘ng somoniylar hukmronligining inqirozi boshlanadi. Qo‘zg‘olon ko‘targan xalq Buxoro taxtini egallab talon-taroj qiladi, taxt uchun kurash kuchayadi. Bu kurashlar, ayniqsa, Amir Mansur ibn Nuh II (976-997-y.y.) hukmronligi davrida keskin tus oldi. Ichki nizolar oqibatida Nuh II Yettisuv qa Qashg‘arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrga qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi.
Somoniylar davlatidagi beqarorlikdan foydalangan Qoraxon Xorun Bug‘roxon 990-yilda G‘arb tomon qo‘shin tortdi va ikki yil davomida Somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni bosib oldi. Shundan so‘ng Somoniylar davlati o ‘zini tiklay olmadi. Somoniylarning so‘nggi hukmdori Abu Ibrohim Muntasir 1005-yilda o‘ldiriladi hamda Movarounnahr va Xurosondagi Somoniylarga tegishli bo’lgan hududlar Qoraxoniylar va G‘aznaviylar tomonidan bo‘lib olinadi. Somoniylar davlati.
Muallif: U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.







