So‘nggi paleolit davri va uning o‘rganilishi.

0
So‘nggi  paleolit davri va uning o‘rganilishi.

So‘nggi  paleolit davri va uning o‘rganilishi.

So‘nggi  paleolit davri va uning o‘rganilishi.

So‘nggi  paleolit davri va uning o‘rganilishi. Ilmiy  adabiyotlarda  yuqori  paleolit  so‘nggi  paleolit  tuchunchasi  bilan xam  ishlatiladi.  U  100-12  ming  yilliklarni  o‘z  ichiga  oladi. So‘nggi  paleolit  davrida  ajdodlarimiz  hayotida  bir  qator  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Asosiysi  ajdodlarimiz  hayotida  urug‘chilik  tuzumi  boshlandi.  Endilikda  to‘da-to‘da  bo‘lib  yashamasdan  urug‘,  qarindoshlik  aloqalari  ularni  birlashtira  boshladi.  Urug‘da  hukmronlik  ayollar  qo‘lida  bo‘lgan,  chunki  erkaklar  doimo  ovda  bo‘lganlar,  ayollar  esa  doimo  uy  yumushi  bilan  band  bo‘lganlar.  Bunday  davr  tarixda  matriarxat,  ya’ni  onalar  hukmronligi  deb  ataladi.  Ijtimoiy  hayotdagi  bu  o‘zgarish  asosan  insonning  jismoniy  va  aqliy  o‘zgarishi  sababli  ham  sodir  bo‘lgan.  So‘nggi  paleolit  davrida  hozirgi  zamon  odami  qiyofasi  o‘xshash-kromanon  odami  yashagan.  Kromanon  odami  suyak  qoldiqlari  dastlab  Fransiyaning  Kromanon makonidan  topilgani  uchun  shunday  nom  olgan.

Olimlar  bu  davr  odamini  homo  sapiens-aql-idrokli  odam  deb  ham  ataydilar.    Yuqori  paleolit  davri  yodgorliklari  O‘zbekiston  hududida  o‘rta  paleolitga  nisbatan  kam  topilgan.  Bunga  asosiy  sabab,  ajdodlarimiz  turmush  tarzida  yuz  bergan  o‘zgarishlardir.   Shuningdek, ajdodlarimiz  tabiiy  sharoitga  moslashib,  ijtimoiy  hayotda  bir  qator  yutuqlarni  qo‘lga  kirganlar.  Havo  yumshab,  muzliklar  erigach,  ular  g‘orlardan  chiqib,  vodiy  va  daryo  bo‘ylarida  chayla,  erto‘la  va  yarim  erto‘la  qurib  yashay  boshlaganlar. Yashash  joylarining  yon  tomonlari  va  ustiga  hayvon  suyaklarini  tergach,  hayvon  terisi  yoki  qamish  bilan  yopganlar.

Mazkur  chayla  va  yarim erto‘lalar  vaqt  o‘tishi  bilan  shamol va  yomg‘ir  ta’sirida  yoki  keyingi  davrlarda  insonlar  tomonidan  u  erlarning o‘zlashtirilishi  natijasida  yo‘q  qilingan.  Erto‘lalar  esa  er  ostida  bo‘lganligi  sababli  topish  qiyin.  Shu  sababli so‘nggi paleolit davri joy  makonlarning  ko‘pchiligi  tasodifiy  ravishda  kashf  qilingan.

Yuqori  paleolit  davri  odamlari  xo‘jaligining  asosini  ovchilik  tashkil  etgan.  Asosan

bug‘u,  yovvoyi  ot,  sirtlon,  arxar,  kulon,  tuya  kabi  yirik  hayvonlar  ovlangan.  Daraxt  mevalari,  don  va  ildiz  mevali  o‘simliklarni  ham  terib  terib  ovqat  sifatida  ishlatganlar.  Baliqchilikning  ham  dastlabki  kurtaklari  paydo  bo‘lgan.  Bu  davrda  ov  va  mehnat  qurollarining  turi ko‘paygan.  Tosh  qurollari  ishlash  uslubi  o‘zgargan. Bunga  esa  tosh  qurollarini  yasash  texnikasidagi  yangilik  sabab  bo‘lgan.

Yorma  texnika  usuli  ilk  bosqichda  keng  qo‘llanilgan  bo‘lsa,  keyingi  bosqichlarda  retushlash  usuli  ixtiro  qilingan.  Bu  qurollar  turini  ko‘paytiribgina  qolmay,  ularning  mayda,  ya’ni  ixchamlashtirishga  olib  kelgan. Retushlash deganda  chaqmoqtosh   qurolni  suyakdan  yasalgan  ingichka  va  uzun  tayoq  bilan  bir  necha  ming  marta  urib  yupqa  tosh paraqalar  uchirib,  kerakli  formaga  keltirish tuchuniladi.   Bu  usul  juda  murakkab  bo‘lib,  salgina  ehtiyotsizlik  qilinsa,  qurol  sinib  ketgan.

Retushlangan  nukleuslar  to‘g‘ri  pichoqsimon  shaklga  kirgan  va yupqalashgan. Pichoqlar  paydo  bo‘lgan.  Bu  davrda  eng  muhim  mehnat  qurollari  tosh  kesgich  va  tosh  qirg‘ich  bo‘lgan. Tosh  kesgich  qattiq  materiallarni  ishlashda  foydalanilgan.  Tosh  qirg‘ich  uzunchoq  parrakcha  bo‘lib,  bir  uchi  yoysimon  tig‘  bo‘lgan,  muste  davridagi  qirg‘ichdan  ancha  farq  qilgan,  undan  yumshoq  materiallarni  ishlashda  foydalanganlar.  Asosiy  ov  quroli  chaqmoqtoshdan  yasalgan  nayza  bo‘lgan.

Ajdodlarimiz  yog‘och  va  hayvon  suyakdanlaridan  ham  ko‘plab  qurollar  yasaganlar.  Suyakdan  garpunlar,  nayzalar,  nayza  otqichlar,  shuningdek  terini  tikish  uchun  ignalar  va  bigizlar  yasashgan.  Suyakdan  qurollar  yasash,  ayniqsa  yuqori  paleolit  davrining  so‘ngi  bosqichlarida  ko‘paygan.  Bu  bosqich  jahon  arxeologiyasida  Madlen  bosqichi  deb,  (20  ming-13  ming  yil  oldin)  ajratiladi.  Madlen  bosqichida  muzlik  hududi  kengayib,  sovuq  eng  yuqori  darajaga  etgan.  Mamontlar  kamayib  ketgan,  shimol  bug‘usi  va  hozirgi  tundra  hayvonlari  ko‘pchilikni  tashkil  etgan.  Bug‘u  ko‘chmanchi  hayvon  bo‘lganligi  sababli   odamlar  ularning  ketidan  ko‘chib  yurganlar.  Ovchilar  yana  ko‘chmanchi  hayotga  o‘tganlar.

Yuqori  paleolit  davri  odamlarining  xo‘jaligi  o‘zlashtiruvchi  xo‘jalik  bo‘lib,  uning  asosini  ovchilik  tashkil  etgan.  Asosan  bug‘u,  yovvoyi  ot,  sirtlon,  arxar,  qulon,  tuya  kabi  yirik  hayonlar  ovlangan. Daraxt  mevalarini,  don  va  ildizmevali  o‘simliklarni  terib,  ovqat  sifatida  ishlatish  ham  keng  tarqalgan.  Shuningdek,  baliqchilikning   dastlabki  kurtaklari  paydo  bo‘lgan.  Arxeologlar  yuqori  paleolit  davri  makonlarini  tadqiq  qilib,  ularda  urug‘chilik  tuzumi  mavjud  bo‘lganligini  asoslovchi   dalillar  topishgan.  Birinchidan, chayla  va  manzilgohlarni   qurilishi  kishilarning  urug‘  bo‘lib   yashaganligini  ko‘rsatadi.

Bunday  urug‘lar  birlashib,  urug‘  jamoasini  tashkil  etgan.  Ikkinchidan,  ayol  haykalchalarining  topilishi  ham  urug‘chilik  tuzumining  boshlanganidan  darak  beradi.  Urug‘lar  urug‘  asoschisi-ayolga  sig‘inishgan,  chunki  u  davrda  oilani  ayol   boshqargan,  erkaklar  faqat  ov  bilan  mashg‘ul  bo‘lishgan.  Shu  sabab  ham  urug‘chilik  tuzumining  ilk  bosqichi-matriarxat,  ya’ni  ayollar  hukmronligi  davri  hisoblanadi. Ayol  haykalchalari-hosildorlik,  hayotiy  kuch,  kishilik  urug‘ining  yashashi  zarurligi timsoli  bo‘lgan.  Uchinchidan  yirik  hayvonlar  ovi  ham  guruh  bo‘lib  harakat  qilishni  talab  etgan.  Yuqori  paleolitning  dastlabki  davrlarida  kishilar  muqum  o‘troq  holda  hayot  kechirganlar.  Ularning  turar  joylari  ham  ov  uchun  qulay  bo‘lgan  joylarda-jarlik  yoqalarida  joylashgan.  So‘nggi  bosqichlariga  kelib  esa,  muzliksiz  hududlar  kengaygach,  shimol  bug‘usi  ketidan  yurib,  insonlar  yana  ko‘chmanchi  hayot  tarziga  o‘tishgan.  Bu  holat  esa  urug‘chilik  munosabatlarini  tartibga  solib,  yanada  mustahkamlagan.

To‘rtinchidan,  oila  va  nikoh  munosabatlariga  kat’iy  tartib  o‘rnatganlar.O‘zaro  qarindosh-urug‘lar  o‘rtasidagi  nikoh  asta-sekin  bekor  qilina  boshlangan.  Bu  esa  odamning  tashqi  ko‘rinishi  va aql  idrokining  yaxshilanishiga,  yangi  tur  odamining  vujudga  kelishiga  olib  kelgan.  Bu  odam  fanda  “xomo-sapiens “  aqlidrokli  odam  deb  ataladi.  U  tashqi  ko‘rinishi  jihatdan  hozirgi  odamlarga  o‘xshab  ketadi.  Unda  rostmana  peshona,  jag‘  shakllandi.  Qosh  orti  bo‘rtig‘i  yo‘qoldi.  Hozirgi  zamon  tipidagi  odam  shakllanadi va     butun  er  yuzi  bo‘ylab  tarqaladilar.

So‘nggi  paleolit  davrida  qarindosh  urug‘chilik  va  oila  munosabatlarining  tartibga  solinishi  natijasida  kishilarning  jismoniy  va  aqliy  rivojlanishida  o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Insonlarning  tashqi  ko‘rinishida  o‘zgarish  yuz  berishi bilan birga  ularning   tabiiy –geografik  sharoitga   moslashishi  natijasida  irqlar  vujudga  keldi.  Evropoid,  mongoloid,  negroid.  Evropoid  irqi  fanda  kromonon  odami  nomini  olgan.  O‘zbekistonning  ham  Samarqand  makonidan  kromonon  odamning  qoldiqlari  topilgan.

Yuqori  paleolit  davrida  yuz  bergan  muhim  o‘zgarishlardan  yana  biri,  bu  san’atning  kelib  chiqishidir.  San’atning  vujudga  kelishi  o‘sha  davr  odamlarining  diniy  qarashlari  bilan  bog‘liq  bo‘lsa-da,  ular  qoldirgan   haykalchalar  va  qoya  tosh  suratlari  o‘sha  davr  ijtimoiy  hayoti  haqida  bizga  ko‘p  ma’lumot  beradi.O‘rta  Osiyoning  ko‘pchilik  joyidan  qoyatosh  suratlari  topilgan.  Jumladan;  Zarautsoy,  Xurtakasoy,  Bichikchashma,  Sariyoz  va  boshqalar.  Ularda  karkidonlar,  mamontlar, odam, ot, buqa, it,  tulki,  jayron,  tog‘  echkisi,  o‘q  yoylarning  tasvirlari  bor.

Mavzular.

manba