Sovet tuzumining milliy rahbar xodimlarga nisbatan qatag’onlik siyosati.

0
 20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi.

Sovet tuzumining milliy rahbar xodimlarga nisbatan qatag’onlik siyosati.

Sovet tuzumining milliy rahbar xodimlarga nisbatan qatag’onlik siyosati.

Sovet tuzumining milliy rahbar xodimlarga nisbatan qatag’onlik siyosati. 1918 yil aprel oyida RSFSR tarkibida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi. Bolsheviklarning majburan yon berishi bilan hokimiyat organlarida mahalliy aholi vakillari ishtirok qila  boshladilar. 1919 yil sentyabr oyida mahalliy aholining Sovetlarga jalb qilinishiga xalaqit beruvchi, sovet  hokimiyatining o’lkadagi tayanchi faqat rus ishchilari deb hisoblaydigan, mahalliy aholiga ishonchsizlik  bilan qarovchi Turkistonning bir qator rahbarlariga nisbatan choralar ko’rildi. Shu o’rinda qayd qilish  lozimki, o’lkada mustamlakachilik siyosatini olib borishda Markaz tashkil qilgan Turkkomissiya va RKP  (b) MK Turkbyurosi, keyinroq uning o’rniga VKP (b) MK ning O’rta Osiyo byurosi kabi tashkilotlar  katta xizmat ko’rsatdilar.

Turkistondagi  rahbar  xodimlar,  xususan  Turor  Risqulov  (Turkiston  MIK  raisi) boshchiligidagi  milliy  kommunistlar,  Turkiston  mustaqilligi  va  uning  o’z  taqdirini  o’zi belgilashdek  demokratik  tamoyillar uchun kurash boshladilar. 1920 yilda TKP Musulmon byurosining III-konferensiyasi va TKP  ning V-o’lka konferensiyasida T. Risqulovning turk xalqlari kommunistik partiyasi tuzish va Turkiston  Respublikasini Turk respublikasi deb atash haqidagi G’oyalari ko’rib chig’ildi va ma’qullandi. Biroq bu  g’oyalarning  asl  maqsadi Turkiston  mustaqilligi  bo’lganligi  bois,  Markaz  T.Risqulov  va  uning  tarafdorlarining fikrlariga  qarshi  chiqdi.  O’z  navbatida  Markazning  Turkistondagi  hukmronligining  tayanchi  Turkkomissiya  bu  harakatni  rad  etdi  va  millat  fidoyilarini  quvg’inga  uchratdi. T. Risqulov  o’lkada ulug’ davlatchilik shovinizmi, burjua millatchiligi yuzaga kelayotganligi to’g’risidagi masalalarni  ko’tarib chiqdilar. F. Xo’jayev partiya ichidagi tog’at qilib bo’lmas holatlarni ko’rsatib o’tdi. Ushbu  vatanparvarlarning  chiqishlari,  keyinchalik  ularni jismoniy  yo’q  qilishda  ayblov  uchun  asos  bo’ldi.  Turkistonning sotsial – iqtisodiy rivojlanishi borasida bildirilgan muqobil fikr mualliflari millatchilikda  ayblandilar. Ayni shu damlarda O’zbekistonning ilg’or, hurfikrli farzandlari «Inog’omovchilik», «18 lar  guruhi», «qosimov-chilik»  kabi  guruhbozlikda  va  davlatga  qarshi  –  millatchilikda  aylanib qatag’on  qilindilar. 20-yillarning oxiriga kelib respublikada mustabid tuzum o’zini to’liq namoyon etdi. Siyosiy  qatag’onliklar avj oldi.

1929  yilda  mashhur  jadidchi,  ma’rifatparvar  Munavvarqori  Abrurashidxonov  boshliq «Milliy  istiqlol» tashkiloti a’zolarini qamoqqa olish boshlandi. Bu tashkilotning qamoqqa olingan 85 a’zosidan 15  tasi otildi, qolganlari axloq tuzatish lagerlariga jo’natildi. «Milliy ittihod» tashkilotining a’zolari ham  qatag’on  qilindilar.  Mashhur  jamoat  arboblari Mannon Abdullayev  (Ramzi),  Nosir  Saidov,  Mahmud  Mirxodiyev, Xosel Vasilov, Sobir Qodirov va boshqalar o’lim jazosiga hukm qilindilar, so’ngra bu hukm  uzoq muddatli qamoq jazosiga almashtirildi.

1930  yilda  Davlat  Banki  ma’muriyatida  o’tkazilgan  tozalash  vaqtida  qator  rahbar xodimlar  qamoqqa olindilar. O’zbekiston SSR Sudi raisi Sa’dulla Qosimovning «qosimovchilik» deb nomlangan  ishini  ko’rib  chiqish  boshlandi.  Bu  jarayonlarning mohiyati  ko’zga  ko’ringan  siyosiy  arboblarni  tugatishga qaratilgan edi.  30-yillarning boshi  dindor  va  e’tiqodli  kishilarga  nisbatan  zo’ravonlik  siyosiy qatag’onlikning  cho’qqisi bo’ldi. Juda katta miqdordagi islom, xristian, budda diniga taalluqli asarlar yo’q qilindi. Bu  davrda O’zbekistondagi dindorlar, ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo’natildi. O’tmishda  nafaqat diniy rusumlar ado etadigan, balki madaniyat, fan, tarbiya, san’at markazlari, xalqning ko’p asrlik merosini saqlovchisi bo’lgan machit va madrasalarning deyarli barchasi yopib qo’yildi, ayrimlari buzib  tashlandi.

Butun respublikaning hayoti Markazning qattiq nazorati ostiga o’tdi. Partiya direktivalaridan har  qanday chekinish aksilinqilobiy, siyosiy muxolifat deb baholandi. 1937 yildan «antisovet», «xalq dushmanlari»ni qidirib topish va jazolash keng tus oldi. Xususan,  siyosiy boshqaruv organlarining (OGPU) faoliyati asosan ana shunday «tamg’a» olgan shaxslarni qidirish  va tekshirish bilan bog’liq bo’ldi. Masalan, F. Xo’jayev, A. Ikromov, D. Manjara, A. Karimov kabi partiya  va davlat rahbarlari hibsga olindilar va otib tashlandilar.

O’zbekiston Ichki Ishlar Xalq Komissarligining «uchliklari» olib borgan faoliyati oqibatida 1939- 1953 yillar mobaynida 61799 kishi qamoqqa olingan, ulardan 56112 nafari turli yillarga qamoq jazosiga,  qolganlari  otishga  hukm  qilingan.  Keyinroq  ularning  ko’pchiligi oqlandi,  ming  afsuslar  bo’lsinki,  ularning aksariyati bu adolatga o’limidan so’ng sazovor bo’ldilar. Sovet tuzumining milliy rahbar xodimlarga nisbatan qatag’onlik siyosati.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba