So‘z ma’nosini tushuntirish yo‘llari haqida.
So‘z ma’nolarini tushuntirishda qo‘yidagi usullardan foydalaniladi:
- So‘zni matn asosida tushuntirish
- So‘z ma’nosini lug‘atdan, kitobdagi izohdan foydalanib tushuntirish.
- Sinonimlarini keltirib tushuntirish.
- Antonimiga taqqoslab tushuntirish.
Ko‘chma ma’noli so‘z, tasviriy ifodalarni, maqollarni ham taqqoslash usuli yordamida tushuntirish mumkin.
- Birikmalar, gaplar yordamida tushuntirish.
- So‘zni predmetning asosiy belgilarini aytish orqali tushuntirish.
- Axloqiy mavxum tushunchalarni bildiradigan so‘zlar ma’nosini misollar yordamida tushuntirish.
Bir umumiy tushuncha bildiradigan so‘zlar sinonim so‘zlar deb yuritiladi.
Ular qo‘shimcha ma’nolarni uslubiy qo‘llanishi bilan o‘zaro farq qiladi. O‘quvchi nutqi sinonimlarga boy bo‘lsa, nutqning ifodaliligi shuncha ortadi.
Sinonim so‘zlar bilan ishlash elementlar ravishda 1-sinfdan boshlanadi, lekin maxsus soat ajratilmaydi.
Boshlang‘ich sinfda sinonim so‘zlar ustida quyidagi mashq turlaridan foydalaniladi.
- berilgan sinonimlarni guruhlash;
- berilgan so‘zga sinonim tanlash;
- tushurib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘rniga qo‘yib matnni ko‘chirish; 4) sinonimlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish; 5) sinonim so‘zlar vositasida didaktik material tanlash.
Zid ma’no munosabatidagi so‘zlar antonim so‘zlar deyiladiyu antonimik munosabat so‘z va iboralar orasida ham bo‘ladi. Antonimlar bilan ham boshlang‘ich sinfda amaliy tanishtiriladi. Maxsus mashqlar uyushtiriladi:
- Berilgan so‘zga antonim tanlash.
- Antonim so‘zlar bilan gap tuzish.
- Berilgan gapga antonim qo‘yib ko‘chirish.
Omonim so‘zlar ustida ishlashda ham yuqoridagi kabi ishlar amalga oshiriladi.
Ko‘p ma’noli so‘zlar ustida ishlash. Darsliklarda ko‘p ma’noli so‘zlar uchrab turadi, lekin o‘quvchilar uning ko‘p ma’noli so‘zlar uchrab turadi, lekin o‘quvchilar uning ko‘p ma’noli so‘z ekanini bilmaydilar. Ular so‘z birikmalari, gap ichia taqqoslab tushuntiriladi.
O‘quvchilarga ko‘p ma’noli so‘z gap ichida ajratilib ko‘rsatilib, uning ma’nosini tushuntirish so‘raladi, so‘ng o‘zlariga ko‘p ma’noli so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llab birikma, gap tuzdiriladi.
O‘quvchilar nutqini boyitishdabadiiy asardagi tasviriy vositalarni, maqollarni yod oldirish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mantiqiy mashqlar. So‘zlarnig biror mavzuga doir guruhini tuzish: Dorivor o‘simliklar: qoqi o‘t, otqloq, kiyik o‘t va h.
Bir guruhdagi so‘zlarni umumlashtirib nomlash; olma, olcha, behi –mevali daraxtlar.
Ortiqcha so‘zni top: chumchuq, kaptar, musicha, mushuk, (mushuk ortiqcha).
Predmet bildirgan so‘zlar bilan belgi bildirgan so‘zlarni aniqlash.
Belgi bildirgan so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra guruhlash.
Yaxshi hislatlarni bildirgan so‘zlarni guruhlash va h.
Bunday mashqlar savod o‘rgatish, ona tili, o‘qish darslarida qo‘llaniladi. Mavzu bilan bog‘liq holda takomillashtirib, mukammalashtirib boriladi. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlani tanlab qo‘yish, gapda sifat bilan bog‘langan otni (so‘z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda –roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan yaxshiroq, aqilliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilarning mstaqilligi oshgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro bog‘lq holda o‘rganishga asoslanadi.






