So‘z turkumlari tasnifi haqida ma’lumotlar.

0
So‘z turkumlari tasnifi haqida ma'lumotlar.

So‘z turkumlari tasnifi haqida ma'lumotlar.

So‘z turkumlari tasnifi haqida ma’lumotlar.

So‘z turkumlari tasnifi haqida ma’lumotlar. So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan  o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik – grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik  ma’no-lari  bilan bir  qatorda, lug‘aviy  ma’nosi  ham asosiy belgilardan  hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega  bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.

Mustaqil leksik  ma’noga ega  bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini  bajara  olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni  o‘zaro bog‘lash yoki ularga  qo‘shimcha ma’no nozikligi kiritish (yuklash) uchun  xizmat qiladigan so‘zlar  yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:1) ko‘makchi;  2) bog‘lovchi; 3) yuklama.

Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning  alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar  gap bo‘lagi sifatida  ham, mustaqil so‘z-gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar   harakat va hodisaning atamasi bo‘la olmasligi, ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi  bilan yordamchi so‘zlarga o‘xshashdir. Shuning uchun ham  undov, taqlid, modal so‘zlarning  har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan  alohida – alohida  turkumni tashkil etadi.

Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar,  undov so‘zlar kabi alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.

Mavzular.

manba