So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar.

0
So‘z yasalish usullari haqida ma'lumotlar.

So‘z yasalish usullari haqida ma'lumotlar.

So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar.

  So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar. Yasama so‘zlar tarkibi. Nutqda so‘zlar tub va yasama shaklda qo‘llaniladi. So‘zning yasovchi qismlarga ega  bo‘lmagan qismi tub so‘z deyiladi: gul, inson, meva, nozik, bordi, tez. Tub so‘zlar shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qabul qilganda ham o‘zining tubligini saqlaydi. Masalan, uycha, kattaroq, beshinchi, ko‘rindi, bog‘dan, do‘stlarim kabilar ham tub so‘zlardir.        Tilda mavjud  bo‘lgan  biror usul asosida  hosil qilingan yangi so‘z yasama so‘z deyiladi: gulla, mevali, bog‘bon, qaror qilmoq, ish boshi, asalari, BMT.

Yasama so‘zlar tuzulishiga ko‘ra sodda, tarkibli bo‘ladi. Sodda yasama so‘zlar tarkiban bitta yasaluvchi asos va bir yoki birdan ortiq yasovchi qo‘shimchalardan tuziladi. Masalan, ter+im, ang(ong)+la, to‘qi+ma+chilik, suv+siz+lik. Sodda yasama so‘zlarda tashqi va ichki yasalish mavjud. Masalan, payvand+chi, bog‘+bon kabi yasaluvchi asos va yasovchi qo‘shimchalarning bir so‘z turkumga mansubligi ichki yasalish hisoblansa, suva(o)+q+chi, quri+q+lik kabi turkumlararo  yasalish esa tashqi yasalish hisoblanadi. Bu turdagi yasalishda o‘zakka avval tashqi yasovchi, keyin ichki yasovchi qo‘shilishi ham mumkin: suvo+q+chi yasalmasidagi –q  tashqi, –chi ichki yasovchi qo‘shimchalardir.

Ba’zi sodda yasama so‘zlarning yasalishi tarixiy va zamonaviyligi bilan ham farqlanadi. Chunki yasama so‘zning tarixiy shaklida zamonaviy yasalmaga nisbatan asos va qo‘shimcha o‘rtasidagi munosabatni ilg‘ab olish qiyin kechadi yoki so‘zdagi ma’noli qismlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Shu bois qattiq, silliq, suyuq, emakla, quloqchin kabi tarixiy yasalishga ega so‘zlar hozirgi til nuqtai nazaridan tub so‘z hisoblanadi.

Tarkibli yasama so‘zlarda ikki yoki undan ortiq mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan yasovchi asos ishtirok etadi. Masalan: tosh+ko‘mir, jigar+rang, erta+pishar, BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AYOQSH (Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi) kabilar. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq ma’noli qism ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi.

So‘z yasash usullari. O‘zbek tilida so‘z yasalishining semantik, fonetik, abbreviatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya kabi usullari mavjud. Bu usullar davriy nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tarixiy (diaxron) uasalish: semantik, fonetik, abbreviatsiya, kompozitsiya usullari; 2) zamonaviy (sinxron) uasalish: affiksatsiya kabilardan iborat.

        Semantik usul. So‘zning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chi-shi asosida yangi so‘z yasalishidir. Masalan, sifatning otga ko‘chishi asosida: ko‘k (osmon ma’nosida), erkak, chol, kampir; sodda va juft fe’lning otga ko‘chishi asosida: kurash, kengash, urush, keldi-ketdi, bordi-keldi, qo‘ydichiqdi, yurish-turish, yozuv-chizuv; sonning ravish-ga ko‘chishi asosida: birga(ketmoq), birdan (kirmoq); otning ravishga ko‘chishi asosida: kunduzi, kechasi (qaytmoq), boshda (sezmoq) kabilar shular jumlasidandir. Semantik usul asosida yasalgan so‘zning lug‘aviy ma’nosi yangilanishi bilan bir qatorda uning grammatik ma’no va vazifasi ham o‘zgaradi. Qiyoslang: Mushuk tavadagi go‘shtni oldi-qochdi (fe’l). Oldi-qochdi gaplar hammaning joniga tekkan (sifat). 

       Fonetik usul. So‘z tarkibida yuzaga keladigan fonetik o‘zgarishlar asosida yangi ma’noli so‘z yasalishidir. Bu usul orqali so‘z yasalishida ikki xil fonetik o‘zgarish natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: 1) tilning tarixiy taraqqiyoti davomida so‘z tarkibida tovush o‘zgarishi natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: ko‘r-ko‘z, bo‘y(doq)-bo‘z, bo‘r-bo‘z; 2) so‘z urg‘usining o‘rni o‘zgartirilishi bilan : yangi΄-ya΄ngi (hozir), endi΄-e΄ndi (hozirgina), ho΄zir-hozi΄r.

        Abbreviatsiya usuli. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yangi so‘z yasalishidir. Masalan, elektron hisoblash mashinasi-EHM, Birlashgan Millatlar Tashkiloti-BMT.

Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtirilgan holda ishlatiladi: YUNESKO, NATO kabilar shular jumlasidandir.  So‘z yasalishining bu usuli o‘zbek tilida rus va boshqa xorijiy tillar ta’sirida o‘tgan asrning boshlarida shakllangan bo‘lib, faqat qisqartma otlar yasalishida ishlatiladi.

        Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona. 

So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida so‘z yasalishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi so‘z yasaydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan.

       Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi  so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular   tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan.

Qo‘shma so‘zlar ham tarixiy va zamonaviyligi bilan farqlanadi. Agar qo‘shma so‘z qismlari hozirgi tilga nisbatan eskirgan yoki boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ular qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masa-lan: kechqurun, qayrag‘och, biror, odamshavanda, santimetr kabilar hozirgi tilda ma’noli qismlarga ajralmaydigan sodda so‘zlardir. Ba’zi o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ma’noli qismlarga ajralishi ham mumkin: fotokavera, kinoteatr, kinolenta, fotomodel kabilar shular jumlasidandir.

So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar.

Mavzular.

manba