So`zlarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari haqida.

0
So`zlarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari.
Juni 1988 Bonn Gymnasium - Englischunterricht

So`zlarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari.

So`zlarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari haqida.

SO`ZNING O`Z VA KO`CHMA MA’NOLARI

So`zning predmet, voqea-hodisa haqidagi dastlabki real ma’nosi so`zning o`z ma’nosi deyiladi: Kitob-o`quv quroli, non-oziq-ovqat keldi-harakat qizil-rang-tus.

So`zning o`z real leksik ma’nosidan tashqari o`xshatish, mubolag`a yo kinoya usullari bilan boshqa ma’nolarda tusllanishi so`zning ko`chma ma’nosi deyiladi: Uy qurish uchun yer oldim (yer-joy) E, Quyosh, ko`rsat yuzing (Quyosh-go`zal sevgili), Tog`ning beli (beli o`rtasi) kabi.

Nutqiy kuchma ma’no so`z semantik tarkibidagi ayrim semalarni betaraflashtirish (tushirib qoldirish, chetlashtirish) va boshqacha bir semasini kuchaytirish, bo`rttirish orqali yuzaga keltiriladi. Chunonchi, yuqoridagi misolda «Quyosh» so`zining planeta ma’nosi chetlashtirilib, chiroyli, yaltiroq, go`zal semalarini bo`rttirish asosida kuchli konnotativ ma’no hosil qilingan.

METAFORA

Metafora so`zi yunoncha bo`lib: ko`chirish, ko`chirma demakdir. Metafora so`zni ko`chma ma’noda qo`llashning bir turidir. Uni F.A.Bulaxovskiy «atashning belgiga qarab kuchishidir»-degan edi. Biror predmet belgi yoki harakatning nomini boshqasiga o`xshashligi asosida ma’no ko`chirishga metafora deyiladi. Bunda predmetlarning rangi, shakli, harakat-holati, xarakteri, o`rni va paytga munosabati jihatidan o`xshashligiga asoslaniladi.

Metafora ko`proq odamning tana a’zolari nomlariga (bosh, yuz, burun, ogiz, quloq, til, oyoq), kiyim qismlariga (etak, yoqa), hayvon, parranda va hasharotlarning biror a’zosi nomiga va boshqalarga o`xshatilib hosil qilinadi.

METONIMIYA

Metonimiya so`zi yunoncha: – yangi nom qo`yish, nomini o`zgartirish demakdir. Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqea-hodisaning nomini aytganda, shularga o`zaro bog`liq bo`lgan ikkinchisi anglashiladi. Bunda predmetlarning ichki yoki tashqi o`xshashligi nazarda tutilmaydi. Masalan:

Fuzuliyni oldim qo`limga.

Majnun bo`lib yig`lab qichqirdi.

Va Navoiy tushib yo`limga

Faryod bilan o`rnidan turdi. (A.O.)

 

SINEKDOXA

Yunoncha so`z bo`lib: birgalikda o`ylamoq, fahmlamoq demakdir. Qism bilan butun munosabati asosida ma’no ko`chirishga sinekdoxa deyiladi. Sinekdoxa metonimiyaning bir ko`rinishi deb ham yuritiladi. Ammo undan farqli ravishda sinekdoxa, miqdoriy xarakteristikaga asoslanadi. Masalan: bosh, tuyoq so`zlari, hayvon tushuniladi.

FUNKSIONAL (VAZIFAVIY) KO`CHIRISH

Biror predmet nomi boshqasiga ular bajargan vazifadagi o`xshashlikka asoslanib ko`chirilsa, funksional ko`chirish deyiladi. Funksiya lotincha: faoliyat, vazifa demakdir.

Funksional ko`chirish ham o`xshashlikka asoslanadi. Bu jihatdan u metaforaga yaqin turadi. Farq shundaki, funksional ko`chirishda tashqi ko`rinish, material jihatdan o`xshashlik emas, balki vazifa jihatidan o`xshashlik asosga olinadi. Masalan: Qush organizmining uchish uchun xizmat qiladigan qismi qanot deb ataladi. Xuddi shunday vazifani bajaruvchi qism samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlanadi. Xat yozish uchun avvallari qush pati ishlatilar edi. Uni pero der edilar. Bu asbob metaldan yasalgandan so`ng ham pero deb yuritilaverdi. Tugma yaktakning boqchini tugish. Hozir-metall. Otlanmoq-biror joyga borish va h.q.

SO`Z MA’NOLARINING O`ZGARUVCHANLIGI

Til lug`at tarkibining o`zgarishi bilan bog`liq ravishda so`z ma’nolari ham o`zgara boradi. Bu o`zgarish tilning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yuz beradi. Ba’zi so`zlar shaklan o`zgarmay, ma’no tomondan o`zgaradi. Bir ma’noni bildirgan so`zlar bir necha ma’noni ifodalay boshlaydi va h.k.

Zamon o`tishi bilan tildagi ba’zi so`zlar dastlabki anglatgan ma’nolaridan tashqari, yana boshqa ma’nolarni ifodalay boshlaydi. Masalan: Vatan so`zining ma’nosi kengaydi, Birovning mulki, tug`ilgan joyi ma’nosidan O`zbekiston ma’nosini anglatadigan bo`ldi. Hozirgi o`zbek tilida burchak to`garak o`zlashtirish, kecha, yutuq boshlang`ich kabi qator so`zlarning ma’nolari ham kengaydi. Shuningdek, qarindoshlik bildiruvchi ota, ona, xola, amaki kabilar keng ma’noda hurmat ifodalovchi so`zlar sifatida qo`llanilishi so`z ma’nosi o`zgarishi natijasidir.

Davrlar o`tishi bilan ikki yoki uch ma’noni ifodalagan so`z bir ma’nonigina anglatib qolishi mumkin. Masalan: ichkari so`zi avval biror narsa yoki binoning ichki qismini ham, xotin-qizlar huquqsizligini ham ifodalagan bo`lsa, hozirgi vaqtda u so`z faqat bir ma’noni ma’lum bino yoki narsaning ichki qismini ifodalaydi. Kiyik so`zi qadimda barcha yirtqich hayvonlarga nisbatan ishlatilgan bo`lsa, hozir faqat bir hayvon nomi – ohuni bildiradi.

Turdosh otlarning atoqli otlarga ko`chishi ham ma’no torayishiga olib keladi. Masalan, po`lat-Po`lat, o`lmas-O`lmas kabi.

So`zlarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari haqida.

Mavzular.

manba