So‘zlarning ma’noviy munosabati haqida.Antonimlar.
Antonimlar
- Antonim va antonimiya
- Antonimiya va polisemiya
- Antonimiyaning oddiy inkordan farqi Antonimlarning nutqda ishlatilishi.
Antonim – grekcha: zid, nom demakdir. O`zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklariga antonimlar deyiladi. Katta-kichik, uzoq-yaqin, do`st-dushman. Antonimiya til birliklarining o`zaro zid munosabatdagi ma’noga ega bo`lishidir. Antonimiyaning leksik (so`z): yaxshi- yomon, keng-tor: morfologik: -li, -siz: aqlli-aqlsiz; frazeologik: qo`li uzunko`li kalta ko`rinishlari mavjud.
Antonimlarning o`zaro zid ma’noga ega so`zlar ekani deyarli barcha olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Lekin ma’nodagi ana shu zidlikni tushunish, belgilash va talqin qilishda bir xillik yo`q. Ma’nodagi zidlikni, demakki, antonimlikni aniq belgilashda komponentli tahlil asosida ma’no (semema) tarkibini aniqlash muhimdir. Ma’lumki, leksik ma’no (semema) ma’lum komponentlardan (semalardan) tashkil topadi Antonim so`zlarning komponentli tahlilidan ma’lum bo`ladiki, bunday so`zlarning ma’nosida umumiy semalar bilan birga farqlovchi semalar ham bo`ladi. Masalan: yupqa va qalin: yon ko`lami meyoridan kam va ortiq. Erta va kech: belgili vaqtdan ilgari va keyin. Ko`rinadiki, so`zlarning antonimligini belgilashda umumiy (integral) sema: yon qo`lam va vaqtni farqlovchi hamda farqlovchi (differensial) sema: «me’yoridan kam, ortiq», «vaqtdan ilgari yoki kech» mavjud. Shuning uchun ham ma’nosi va shakli har xil bo`lgan istagan ikki so`z o`zaro antonim bo`lavermaydi.
Ayrim ishlarda (Y. Pinxasov) shakldosh va noshakldosh, to`la va yarim antonimlar haqida fikr yuritiladi. Antonimlarni bunday ajratish to`g`ri emas. Chunki aqlli-aqlsiz, baxtlibaxtsiz (shakldosh) deganda yangi leksema hosil bo`lmagan. Boshqacha aytganda, aqlliaqlsiz, baxtli-baxtsiz so`zlarida biror belgi predmet («aql», «baxt»)ning bor yoki yo`qligi ko`rsatiladi va ekvivalent (teng qimmatli) oppozitsiyani tashkil etolmaydi. Demak, oddiy inkorda aynan bir narsa, belgi yoki harakat inkor etiladi. Bor-borma; qora-qora emas (oq rang ko`z oldimizga kelmaydi). Ikkinchidan, antonimlarni yarim, chorak nimchorak deb belgi darajalarini aniqlab bo`lmaydi. Ikki so`zning o`zaro antonimligi ularning aniq bir ma’nosidagi belgi zidligiga asoslanadi. Chog`ishtiring: chol-kampir, er-xotin kabilar o`zaro qarama-qarshi (antonimik) ma’nolarga ega bo`lgan giponimlardir.
Shunday ekan, ko`p ma’noli so`zlarning antonim yoki antonim emasligi ham har gal aniq bir ma’noning o`z nuqtai-nazaridan belgilanadi. Masalan, qattiq so`zi bir ma’nosida «yumshoq» so`ziga, boshqa bir ma’nosida «saxiy» so`ziga antonim bo`la oladi: Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak (Qo`shiq). O`zi ham o`lgudek qattiq bo`lsa kerak – deyishibdi (G`ayratiy) Mirzo ko`p saxiy tabiat ko`rinadi. (A.Q.) Chog`ishtiring: tirik-o`lik, tirik yoki lanj osh.
Leksik ma’no bilan leksik qo`llash orasidagi antonimik munosabat kontekstual antonimiya deb ataladi. Bunday antonimiya har gal nutqning o`zida sodir bo`ladi, nutqdan tashqarida yo`qqa chiqadi. Masalan, it-mushuk bo`lishdan na foyda. Qizimiz qo`y edi, amirlar bo`ri. («Xat»dan).
Demak, til birligi bilan nutq birligi orasidagi munosabat kontekstual antonimlikni hosil qiladi.
Antonimlar, asosan, belgi bildiruvchi so`z (sifat va ravish)larda uchraydi, ot, fe’llarda kamroq. Vafo-jafo, yig`lamoq-kulmoq.
Antonimlar tub (oz-ko`p), yasama (unumli-unumsiz) bo`ladi. Juft holda qo`llanilgan antonimlar ko`chma ma’no ifodalaydi: Yaxshi-yomon gaplar (har xil). Erta-kech fikru xayolim senda (doim).
Badiiy asarlarda, xalq maqollarida antonimlar emotsional-ekspressiv uslubiy vosita sifatida nutqning ifodaliligi, ixchamligi, o`tkirligi uchun xizmat qiladi: Bilimli kishi o`zar, bilimsiz kishi to`zar. Do`st achitib, dushman kuldirib gapiradi (Maqol). Yozuvchi va shoirlar antonimlardan antiteza hosil qilishda foydalanadilar: Har kimki vafo qilsa, vafo topg`usidir, har kimki jafo qilsa, jafo topg`usidir. (Bobur).
Yaxshi otga qamchi bossang kishnaydi.
Yomon ot-chi, egasini tishlaydi. («folklor»)
So`zlar shakl va ma’no xususiyatlari bilan o`zaro turli munosabatda bo`ladi. Ba’zi so`zlar ma’nolari bilan bir-biriga yaqin bo`lsa, ayrimlari qarama-qarshi ma’noli bo`ladi. Ba’zi so`zlarning tashqi ko`rinishlari bir xil bo`lsa-da, ma’nolari har xil bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi FA til va adabiyot instituti tomonidan 1981-yilda nashr etilgan «O`zbek tili leksikologiyasi» kitobida so`zlarning shakl munosabatiga ko`ra turi: paronim va omonimlarga ajratilgan.











