So‘zlarning ma’noviy munosabati haqida. Sinonimiya.

0
So‘zlarning ma’noviy munosabati haqida. Sinonimiya.

So‘zlarning ma’noviy munosabati haqida. Sinonimiya.

So‘zlarning ma’noviy munosabati haqida. Sinonimiya.

Sinonimlar.

  • Sinonimlar va sinonimik qator.
  • Sinonimik qatordagi so`zlarning o`zaro farqli xususiyatlari.
  • Sinonimik qatordagi dominanta.
  • Sinonimlar va dubletlar.
  • Sinonimlarning paydo bo`lishi.
  • Sinonimlarning nutqda qo`llanishi.

Sinonim grekcha bir nomli demak. Denotativ ma’nosi bir xil, koniotativ ma’nosi (qo`shimcha ma’no ottenkasi, stilistik bo`yog`i) va boshqa xususiyatdari farqli bo`lgan so`zga sinonimlar deyiladi: yuz, aft, bashara, chehra

Sinonimiya – bir xil nomga egalik quyidagi ko`rinishlarga ega: 1) leksik sinomiya, yani so`zlar ma’nodoshligi: ish, yumush; gapirmoq, so`zlamoq; 2) Iboralar ma’nodoshligi: boshi osmonga yetdi? terisiga sig`madi; 3) Affiksal, ya’ni grammatik shakllar ma’nodoshligi -yap, -yotir; 4) Sintaktik sinonimiya: ona bolasiga qayg`uradi, ona bolam deb qayg`uradi.

Tilshunoslikning sinomimlari, o`rgatuvchi bo`limi simonimika deyiladi. Leksikologiyada esa leksik sinonimlar o`rganiladi.

Tilshunos olimlar so`zdagi ma’no xususiyatlarini ko`zda tutib, sinonimlarga turlicha ta’rif beradilar.

Sinonimlarning mohiyatini to`g`ri tushunish uchun ikki hodisani bir-biridan farq1ash lozim: 1) tushuncha va so`z, ularning o`zaro munosabati; 2) so`z va uning ma’nolari, har bir so`zning ma’no ottenkalari.

Tushuncha, (predmet, -belgi, voqea, hodisa, harakatlar haqida kishilarninig tasavvuri bo`lib, so`z shularning ma’lum tovush yig`indisi vositasida tilda reallashuvi demakdir, «Tushuncha so`zga; so`z esa tushunchaga to`la ravishda mos kelavermaydi.

Shuningdek, so`z tushunchaning hamma tomonini qamrab ololmaydi, balki uning mohiyati va muhim tomonini aks ettiradi. Tushunchaning boshqa tomoni va boshqa xususiyatlari boshqa so`zlar bilan ifodalanadi. Shu sababli tilda ma’nodosh so`zlar sinonimlar paydo bo`ladi.

Sinomimlarni ta’riflaganda, uning barcha xususiyatlarini bir ta’rif doirasiga sig`dirib bo`lmaydi. Shu sababli sinonimlar ta’rifida ularning umumlashtiruvchi ma’nosi, aytilishi va yozilishini hisobga olish kifoya.

Sinonimlar ta’rifida ma’nolari bir xil deyish to`g`ri emas, ma’nosi bir xil so`zlar dubletlar deyiladi.

Ular anchagina: arava, aroba, shoki, shoyi, gadoy, gadoi, boaql, baaql kabi.

Birlashtiruvchi ma’nosi bilan o`zaro bog`lanuvchi so`zlar gruppasi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki va undan ortiq so`zlardan tashkil topadi: osmon, ko`k, samo, falak (to`rtta so`z), qiziq, g`alati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib (yettita so`z).

Sinonimik qatorni tuzilishda ma’lum chegaraga va aniqlikka ega bo`lgan, stilistik jihatdan «betaraf» so`z dominanta deb yuritiladi: yurak, ko`ngil, qalb, dil qatorida dominanta yurak.

Sinonimik munosabat, odatda, bir so`z turkumi doirasida bo`ladi; ulug`, buyuk, katta, (sifat), odam, inson, bashar (ot).

Sinonimik qator barcha mustaqil va yordamchi so`zlar, shuningdek, modal so`zlar doirasida uchrashi mumkin.

Bu o`rinda so`zlardagi leksik semantik guruh va sinonimik qator tushunchalari o`zaro yaqinligi, ammo ular bir-biridan farq qilinishini aytish lozim. Leksik semantik guruh tushunchasi «si.nonimik qatoridan ancha keng. U o`z ichiga «sinonimik qator» tushunchasini to`la qamrab oladi: ninni – chaqaloq – go`dak – bola – yigit – qiz –erkak – ayol kabilar bir leksik semantik guruhni tashkil etadi. Lekin sinonimik qator emas. LSG ichida sinonimik qator bo`lishi mumkin: ninni-chaqaloq-go`dak.

Sistem tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashilsa, sinonimiya hodisasi tez anglashiladi.

Bunda leksik oppozitsiyalar (qarama-qarshi belgilar) asosiy rol o`ynadi. Jumladan, xushbo`y, hidli, muattar sinonimik qatori «ijobiy belgi» semasi bilan bir xil, ammo

«kitobiy»lik semasi bilan hidli va muattar so`zlari qarama-qarshi (oplozitiv)dir. Ana shunday ma’lum bir juz’iy semalar bilan farqlanuvchi so`zlar s.inonimlikni ta’minlaydi. Shuning uchun ham sinonimik qatorni tashkil etuvchi so`zlar qaysidir jihatlari bilan bir-birlaridan farqlanganligi uchun tilda alohida leksik birlik sifatida yashaydi.

Sinonimik qatordagi so`zlar quyidagi hodisalar nuqtai nazaridan o`zaro farqlanadilar:

1) emotsional-ekspressiv bo`yoq nuqtai nazaridan: neytral yoki emotsionalekspressiv bo`yokdor so`zlar bo`ladi: yuz-neytral, bashara-bo`yoqli. 2) qo`llanish uslubiga ko`ra: inson, bashar sinonimik qatoridagi bashar-poetik uslubga xos.

3) adabiy tilga munosabatiga ko`ra: adabiy yoki dialektal: qidirmoq-adabiy, istamoqdialektal.

Quyidagicha munosabatda bo`lgan so`zlar o`zaro sinonim sanalmaydi:

  1. Keng tushunchani anglatuvchi so`z bilan tor tushunchani anglatuvchi so`z; uy va xona, o`tov va chayla.
  2. Tur va jins tushunchasini anglatuvchi so`zlar: daraxt (jins), olma (tur), ot (jins), duldul (tur)
  3. Turli sotsial davrga xos tushunchalarni anglatuvchi so`zlar: sudya, qozi, mirshab, militsiya.

Sinonimiya va polisemiya munosabati ham xarakterlidir. Ko`p ma’noli so`z har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda bo`lishi mumkin. Masalan: ko`p ma’noli «bitirmoq» so`zi uch ma’nosi bilan uch sinonimik qatorga birlashadi:

  1. Bitirmoq, tugatmoq, tamomlamoq, Bu so`zlar “yakuniga yetkazmoq” ma’nosi bilan o`zaro sinonimdir: Boshlasak sovuq tushmay bitiramiz (A.Q) Choyning bari tugadi, maktabni tamomlab keldi.
  2. Bitirmoq, bajarmoq, ado etmoq, do`ndirmoq. Bu qatordagi so`zlar «ish, vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq» ma’nosi bilan o`zaro sinonim bo`ladi: ishni ko`ngildagidek bitirib keldingiz, ishni sifatli bajardi: Shaxsiy majburiyatni ado etdi. Kuniga ikki kishi uch yarim-to`rt norma do`ndiryapmiz.
  3. Bitirmoq, sop qilmoq, yo`qotmoq: bu qatordagi so`zlar «tamom (yo`q) holatga keltirmoq» ma’nosi bilan sinonimlik hosil qiladi: Qizning ota-onasining ta’rifini aytib bitirolmaydilar, Oshni bir olishda tugatdi.

Y.Pinxasov, Sh.Rahmatullayev va boshqa bir qator olimlar ideografik, stilistik va kantekstual sinanimlar haqida fikr yuritadilar. Bunga nazariy asos yo`q, deb yozadi X.Doniyorov.

Bizningcha, bu o`rinda ikki hodisani farqlash kerak bo`ladi. Birinchidan, sinonimiyani ikki so`z orasidagi bir xil ma’no deb tushunilsa, X.Doniyorov haq. Ikkinchidan, agar sinonimiyani nutqiy hodisa deb qaralsa, kontektual sinonimlar ham mavjud. Masalan: Madamin qo`rboshini o`ldirmasak u bizni yeydi (o`ldiradi).

Tilda sinonimlar quyidagi yo`llar bilan paydo bo`ladi:

  • bir tildan ikkinchi tilga so`z o`tishi natijasida: manglay (o`zb), peshona (toj), kuch

(o`zb), quvvat (toj), josus (o`zb) agent (rus)

  • mahalliy shevalardan so`z olish natijasida: do`ppi-kalapo`sh; buzoq-go`sola;

paqir-satil;

  • so`z yasalishi yo`li bilan sinonim hosil qilish, ya’ni yasama so`z tub so`z bilan: hisi-sezgi, savol-so`roq, vazifa-itopshiriq.
  • so`zning yangi ma’no kasb etishi natijasida: o`rin so`zi joy va lavozim ma’nosida; qoplamoq; bint bilan o`radi va o`ramoq, chirmamoq: ilon o`raldi; egallamoq: qal’a o`raldi.

Ko`rinib turibdiki, sinonimlarning material asoslari turlicha bo`lib, ular umumiy ma’nolari asosida o`zaro boglanadilar. Har bir sinonim so`z ma’no ottenkalariga ko`ra farqlanadi. Shuning uchun ham ularning ba’zilarini ikkinchisining o`rnida ishlatib bo`lmaydi. Masalan, katta, ulug`, buyuk, gigant so`zlari doimo bir-birlarini almashtirmaydi. Chog`ishtiring: qari, oqsoqol, nuroniy, keksa…

Og`zaki va yozma nutqda sinonimlarning amaliy ahamiyati katta. Sinonimlar so`zni o`rinsiz takror ishlatishga yo`l qo`ymaydi, uslubning ravonligini ta’minlaydi. Ijodiy yozma ishlar, ayniqsa, insho yozganda sinonimlardan unumli foydalanish lozim: Shoir, yozuvchi, avtor, so`z san’atkori, muallif; ulug`, buyuk, katta, ulkan kabi.

Sinonimlar badiiy nutqda tasvirlash vositasi bo`lib xizmat qiladi. Yozuvchilar sinonimlar vositasida kishilar xarakterini, voqea-hodisalarni, manzaralarni aniq va ravshan, jozibali qilib tasvirlaydilar. Sinonimlardagi bunday xususiyatlarni XV asrdayoq A.Navoiy sezgan edi.

O`zining «Muhokamatul lug`atayn» asarida «ichmoq» so`zining oltita, «yig`lamoq» so`zining yettita sinonimini keltiradi: yig`lamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o`kirmoq, inichkirmoq, hoy-hoy yig`lamoq, A.Navoiy bu sinonimlar bir-biridan o`zining nozik ma’no ottenkalari bilan farq qilishini she’riy misralar bilan tushuntiradi.

Sinonimlardan keyingi davr shoir va yozuvchilari ham keng foydalanib kelmoqdalar. Bunga E.Vohidov, A.Oripov, T.Malik va boshqalarning asarlarini eslash kifoya.

Sinonimlar hodisasi o`zbek tilshunosligida atroflicha ishlanilgan. U.Tursunov, A.Hojiyev, A.Doniyorov va boshqa olimlar alohida monografik tadqiqotlar olib borganlar.

So‘zlarning ma’noviy munosabati haqida. Sinonimiya.

Mavzular.

manba