So`zlarning shakliga ko`ra turlari: omonimlar va uning turlari.
Omonim grekcha: bir xil nom demakdir. Omonimlar turli LSGga kiradi, ya’ni omonimlar semantik tarkibida umumiy integral sema mavjud bo`lmaydi (Chunonchi, oteshak-xachir- LSGini ot-ism-nom LSGi bilan birlashtirib bo`lmaydi) Ikkinchidan, omonimlarni bir-biridan farqlovchi eng muhim belgi ulardagi sintagmatik munosabatlarning xilma-xilligidir: yoz, qish, kuz so`zlari egalik, kelishik, ko`plik qo`shimchalari bilan sintagmatik munosabatga kirishsa, yoz, chiz, ko`chir so`zlari nisbat, mayl, zamon shaxs-son qo`shimchalari bilan sintagmatik munosabatga kirishadi.
Omonimlar material, talaffuz, yozilish va ma’no xususiyatlariga ko`ra quyidagi ko`rinishlarga ega:
- Omonimiya. 2. Omofoniya. 3. Omografiya. 4. Omomorfemiya
- Omofrazeologiya. 6. Omosintagmiya. 7. Omonimiya
Material tomonidan bir so`z turkumi doirasida uchraydigan, bir xil vazifadagi qo`shimchalarni qabul qiladigan, talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma’nolari turlicha bo`lgan lug`aviy birliklarga omonimiya deyiladi:
| SO`Z | Ko`plik | Egalik | Kelishik |
| Ot1 | -lar | -im | -ning |
| Ot2 | -ing | -ni | |
| -i | ga | ||
| -imiz | -da | ||
| -ingiz | -dan | ||
| 1 | -lari |
FE’L: -ay -aylik -ay-aylik Yoz-gin-ingiz Yoz-sin –ingiz
-sin-sin (lar) -sin- sin (lar)
Omonim so`z bir necha so`z turkumiga ham tegishli bo`lishi mumkin:
Ter -im, -imiz Ter -dim, -k
-ing, -ingiz -ding,- dingiz
-i, -lari -di, -di (lar)
Bu tip so`zlar faqat o`zak holatida omonimlikni tashkil etadi O`zlarining boshqa shakllariga ko`ra omonimiya bo`lmay qoladi. Chog`ishtiring: yozni-yozsin; yozga-yozdi so`zlari o`zaro omonim emas.
Omofoniya – grekcha bir xil tovush demakdir. Aytilishi bir xil bo`lib, ma’nosi va yozilishi har xil bo`lgan so`zlarga omofonlar deyiladi.
Omofonlar bir xil so`z turkumiga ham, har xil so`z turkumiga ham oid bo`lishi mumkim. Masalan: to`n (kiyim), ton (ovoz); yot (begona), yod (xotira); urush (война),urush (harakat nomi); yetti (7), yetdi (bordi);
Tursun (ism), tursin (fe’l).
Omofondagi o`zaro farq ular tarkibidagi bir fonemada bo`ladi. Lekin bu fonemalar biror fonetik xususiyati jihatidan bir-biriga yaqin turadi: tub-tup, yod-yot, sudxo`r-sutxo`r, bob-bop, sud-sut kabi.
Omografiya – grekcha bir xil yozaman, bir xil yozuv demakdir. Yozilishi bir xil bo`lib, ma’nosi va talaffuzi har xil bo`lgan so`zlar omograflar deyiladi. Masalan: tol (daraxt), tol (qurilish ashyosi), tok-(uzum), tok (elektr toki), tom (uy), tom (kitob, asarlar majmuasi),
Omograflar yoki omogrammalar aynan bir so`zda urg`uning turlicha holatlarda turli bo`g`inlarga tushishi bilan vujudga keladi. Omograflar shu xususiyati bilan omonimiyadan farq qiladi. Masalan: olma (ot), olma (fe’l), tugma (predmet), tugma (harakat), boshlar
(predmet), boshlar (harakat). Omograflar faqat ikki so`zdan iborat bo`ladi;
Bog`da gullar ochilgan,
Hidi har yon sochilgan. (Qo`shiq)
Har yurakning o`z bahori bor,
Har bir qalbda ishq bo`lar mehmon
Har yurakda gullar muhabbat,
Bo`ston etar uni begumon. (H.Olimjon)
Shakli va talaffuzi bir xil, ma’nosi har xil bo`lgan grammatik shakllarga omomorfemiya (omoforma) deyiladi: kelasiz – siz shakli III shaxs ko`plik suvsiz -siz shakli sifat yasovchi qo`shimcha; chopish -ish qo`shimchasi harakat nomi, kelishdi -ish qo`shimchasi fe’lning birgalik nisbati, ishchi: -chi ot yasovchi, ish-chi yuklama» toshloq loq so`z yasovchi, bo`taloq -loq erkalash shakli yasovchi.
Shakllari va talaffuzi bir xil, ma’nosi har xil bo`lgan iboralarga omofrazeologiya deyiladi: Ko`z yumdi-yashirdi, Ko`z yumdi-vafot qildi. Boshiga ko`tardi-sevdi, erkaladi. Boshiga ko`tardi-to`polon qildi, Yuragini yordi-qo`rqitdi. Yuragini yordi-baqirib aytdi. Qo`l ko`tarmoq – tasdiqlamoq. Qo`l ko`tarmoq- taslim bo`lmoq.
Omofrazeologiya faqat ko`chma ma’noga asoslanadi.
Omosintagmiya (sintaktik omonim) birikmalari va gaplarning o`zaro yoki iboralarga shaklan teng kelishi sintaktik omonimiya deyiladi: Bel bog`lamoq, belini ip bilan bog`lamoq. Bel bog`lamoq ishga kirishmoq. Oqsoqol-qariya, oqsoqol-soqoli oq. Jon Vatan so`z birikmasi. Jon va tan-uyushiq bo`lak.
Omonimlar quyidagi yo`llar bilan paydo bo`ladi:
- Ma’lum bir tildagi turli so`z turkumlariga tegishli bo`lgan ayrim so`zlarning shaklan bir xilda bo`lishi, bir xil talaffuz qilinishi natijasida: Qil-qil, qo`y-qo`y.
- Ba’zi ko`p ma’noli so`zlarning ma’nolari orasidagi bog`lanishning uzoqlashishi natijasida: kun: kun chiqdi (quyosh) kun ko`rish (tirikchilik), oy: yangi oy chiqdi (planeta), o`ttiz kun bir oy (vaqt).
- Bir tildan 2-tilga so`z olish natijasida: may-may, tur (sport), tur (xil) safar -yo`l, safar -oy.
- Ayrim sheva so`zlarining adabiy tilga o`tib qolishi natijasida: salla-narsa, gazmol, salla-o`rama (ovqat): so`ri tok ko`targich (Toshkent), so`ri.yog`och krovat (Farg`ona)
- Ba’zi so`zlarning o`zak-negizlariga qo`shimchalar qo`shish orqali yangi so`zlar yasalishi natijasida omonimlar vujudga keladi:
oylik – maosh yoki ish reja: Kundalik-o`zlashtirish daftari yoki ish me’yori, vazifa.
So`zlarning shakliga ko`ra turlari: omonimlar va uning turlari.











