Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish.
Sudyalar mustaqilligi tamoyili «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodekslarida o‘z ifodasini topgan. qayd etish kerakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq jazobgarlikka sabab bo‘ladi. Hech kim sudyalar va xalq maslahatchilariga tazyiq o‘tkazish m ma’lum bir ish qanday hal qilinishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga chgd emas. Ishning xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoki noqonuniy qaror «ikarishga erishish maqsadida sudyalar va xalq maslahatchilariga har qanday ta’sir jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo‘yicha sudya lavozimida o‘tishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng mudtagtsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bezosita bog‘liq bo‘lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar zaxirasining jakllanishiga xizmat qiladi.
Sudya lavozimida bo‘liiting eng yuqori YOSHini, ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 YOSHgacha, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xujalik sudlari sud’ya lavozimlarini 70 YOSHgacha belgilash ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, sudyalarning alohida maqomini inobatga olgan holda, ularning mehnatiga haq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini, har yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan holda alohida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.
Sud hokimiyati sud tomonidan protsessual qoidalarga qatiy amal qilgan holda, protsessual va moddiy huquqni qo‘llash orqali o‘zining kompetensiyasiga tegishli bo‘lgan ishlarni hal etish uchun berilgan hokimiyat vakolatidir.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini oshirish mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni har tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi moddiy-texnik jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish alohida o‘rin egallaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi PF-4966-son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi, ularning shtat birliklari tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha sudlar uchun xonalar yoki alohida sud zali binolarini ajratish va sotib olish, kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratish, umumiy yurisdiksiya sudlarini mebel jihozlari (stollar, stullar, shkaflar, seyflar, video-kamera), orgtexnika (shaxsiy kompyuterlar, fakslar, nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, printer ko‘p funksiyali qurilma, telekommunikatsiya va aloqa vositalari) bilan ta’minlash, sudyalar uchun avtotransport sotib olish nazarda tutiladi.
Sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish. O‘tgan yillar davomida sudhuquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning xolis, mustaqil tarmog‘i sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Xususan, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi o‘sgan emas, balki inson va fuqaro huquk va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza -tnshga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish kaksadida 2000 yil 14 dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul snlnndi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual qonunchiligiga tegnshli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida, sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berdi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik prinsipi sudlarga huquq beradi va shu bilan birga «xardan sud muhokamasini adolatli o‘tkazishni hamda taraflarning huquqlariga rioya galishni talab etadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining muxim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq ularning turarjoyiga, xizmat xozasnga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli hujjatlarga ham taallukdidir. Shuningdek, sudyalar maslahatlashuvining lgr tutilishi va uni oshkor qilinishining taqiqlanishi sudyalar mustaqilligi, ulargkng beg‘arazligi va xolisligining eng muhim kafolatidir.
Bundan tashqari, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh trokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Resnublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha H,arakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazardatutadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF^-966-son Farmoni bilan sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga xizmat qildi. Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy baza yaratildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-2682-son Farmoniga muvofiq 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab mavjud umumiy yurisdiksiya negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari hamda Korakalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tashkil qilindi.
Umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 20 fevrallagi «Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish to‘risida»gi PF-3400-son Farmoni qabul qilinib, umumiy yurisdiksiya sudlarining u zilmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining yangilangan tuzilishi tasdiqlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan «2017-2021 yillardaO‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» va Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.
Davlat dasturining 58-bandida sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini musgahkamlash bo‘yicha xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyasiya sudlarini tashkil etish, fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish, sudlar tizimida sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish bo‘yicha takliflar tayyorlash (asosan umumiy shtat birligi doirasida) bilan bog‘liq zarur vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmoni qabul qilingani sud tizimi tuzilmasini tubdan isloh etishga, ular faoliyati samaradorligini oshirishga, sudlarni ixtisoslashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qo‘riqlash vzvodini tugatish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holdaO‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’atini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atini tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o‘zgartirish; ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish ma’qullandi.
Bu, o‘z navbatida, kelgusida fuqarolar va tashkilotlarning buzilgan huquqlari va qopun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining ixtisoslashtirilgan sudlar tomonidan himoya qilinishiga, ularni odil sudlovga bo‘lgan huquqlaridan foydalanishda qulayliklar yaratilishiga, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini yanada oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga xizmat qiladi.
Sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish. O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining 67-moddasiga ko‘ra sudyalarning mustaqilligini ta’minlashda, ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish tartibtamoyili alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq bu tartib-tamoyilni yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar viloyat sudyalari va ularga tenglashtirilgan sudlarning sudyalari hamda tuman sudlari sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri taqdimiga asosan tegishli viloyat xalq deputatlari kengashlari tomonidan saylanar edi. Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng bu tartib o‘zgartirilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xujalik sudi sudyalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respubtikasi Oliy Majlisi, hozirgi vaqtda esa Oliy Majlis Senati tomonidan saylanishi gartibi joriy etildi. Viloyatlar, Toshkent shahar sudlari tumanlararo, tuman (shahar) g.dlari, harbiy sudlarning viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga gavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasining takdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanishi qonun hujjatlarida belgilab oyilgan. Barcha sudyalarning vakolat muddati besh yil etib belgilangan.
Qisqacha aytganda, Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi sudyalarning mustaqilligi va beg‘arazligini ta’minlash barobarida fuarolarning huquq va erkinliklari hamda ularning va yuridik shaxslarning qonuniy «anfaatlarini sud tartibida himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi, odil sudlovni shalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Odil sudlovning eng dolzarb masalalaridan biri sud protsessida ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqligi va tortishuv prinsipining amal qilishini ta’minlashir. Bu borada ham Davlat dasturida qator chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda -ugnlgan. Xususan, advokat vakolatlarini tergov va sud jarayonlarining barcha bosqichida «engaytirish, shu jumladan, advokat tomonidan ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish tashabbusi mexanizmlarini belgilash muljallanmoada. Darhaqiqat, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksining qator normalariga ko‘ra, jinoyat ishini ko‘rish protsessida ishtirok etayotgan prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va fuqarolik da’vogari hamda ularning vakillaridan farqli ravishda advokat dalil taqdim etish huquqiga ega emas. Advokat faqat dalil sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashga va taqdim etishga haadi. Advokatga dalil to‘plash va taadim etish huquqining berilishi uning huquqlarini ishda ishtirok etuvchi boshqa taraflar bilan tenglashtirish barobarida unga o‘z himoyasida bo‘lgan shaxsning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilish imkonini beradi.
Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotlar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot va maslahatlarini olish tartibining takomillashtirilishi advokatga o‘ziga yuklatilgan vazifani samarali amalga oshirishi, o‘z himoyasida bo‘lgan shaxs yoki ishonch bildiruvchining huquqlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan barcha uslublaridan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi.
«Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. «Xabeas korpus akt» yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik o‘z tarraqqiyoti jarayonida Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Shuni aytish kerakki, «Xabeas korpus» instituti inson huquqi bilan bog‘liq qator xalqaro huqukiy hujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida «har bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega» ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
«Xabeas korpus» institutining O‘zbekiston Respublikasi jinoyatlarni ko‘rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan hukuq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz mahrum qilishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy prinsipni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi.
Keyingi 10 yil ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari jarayonida qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini, lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi majburlov choralarini qo‘llashning sud tartibi joriy qilindi. Ko‘rsatilgan protsessual majburlov choralarini sud tartibida qo‘llash belgilanishi surishtiruv va dastlabki tergov ishlarini yuritish ustidan sud nazoratini kuchaytirdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «ushbu vakolatlarning prokurordan sud organlariga o‘tkazilishi surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirish, jinoyat protsessida «Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini yanada kengaytirish imkonini beradi. Eng muhimi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida umume’tirof etilgan prinsinlar va xalqaro huquq normalarining amalga oshirilishini ta’minlaydi».
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida «hech kim qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari birovning yozishmalari sirini oshkor qilishi mumkin emas». Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish protsessual majburlov chorasini qo‘llashning sud tartibi o‘rnatilishi fuqarolarning ko‘rsatilgan konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirib, sudga qadar ish «getish bosqichida qonunda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha fuqarolarning yozishmalari siri oshkor qilinishining oldini oladi.
Hozirgi kunda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish odil sudlov kafolati hisoblanadi.











