Bosh sahifa mavzular Ta’lim mazmunini didaktik tayyorlash.

Ta’lim mazmunini didaktik tayyorlash.

0
Ta'lim mazmunini didaktik tayyorlash.

Ta’lim mazmunini didaktik tayyorlash.

Ta’lim mazmuni ma’lum qonuniyatlar asosida didaktik tayyorlanmas ekan, uni berilgan vaqt davomida o‘zlashtirish murakkab kechadi. Qator hollarda bu mazmun o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatiga mos kelmay qoladi. Shu boisdan o‘quvchilarning o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv ishlarini engillashtirish maqsadida ta’lim mazmuniga nimadir kiritish yoki pedagogika fani to‘plagan boshqa bir  usullarni taklif etish kerak bo‘ladi.

Ta’lim mazmunini didaktik tayyorlash.   Ta’lim maqsadi ma’lum:  o‘quvchilar darsda ß-abstraksiya pog‘onasida yoritilgan, o‘zlashtirish darajasi avtomatlashuv darajasi anglashuvchanligi bo‘lgan N ta o‘quv elementlarini (UE) uzlashtirish kerak. Agar bu ko‘rsatkichlarga taklif etilayotgan ta’lim  mazmunini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish tezligi (ESDA) qo‘shilsa, o‘qish jarayonini utkazmasdan turib o‘quv materialining ularga tushunarligi yoki yo‘qligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu amalni majburiy tartibda bajarish kerak, sababi ortiqcha o‘quv yuklamasi o‘quvchi (talaba) larni nafaqat charchatadi, balki qushimcha ravishda faoliyatga qiziqishlarini ham yuqotadi. Bu xaqiqat bizning uzoq hamkasblarimizga ham yaxshigina tanish bo‘lgan va ular bu talabni o‘qitishni yakka tartiblashtirish talabi sifatida yozib qoldirganlar. Biroq ular ta’lim maqsadini tushunarli bo‘lishini aniq metodlar yordamida baholash mumkinligini anglab etmaydilar va bu ishni o‘qituvchining xususiy intitsiyasiga bog‘lab qo‘ydilar.

Akademik V.P.Bespalkoning ta’kidlashicha, qator pedagogik maqolalarda va xatto dissertatsiyalarda ham xech kimni majburlamaydigan quyidagi tavsiyalarni o‘qish mumkin: “maktab dasturlari mazmunini diqqat bilan tahlil qilish, ulardagi eskirgan materiallarni aniqlash va dasturlarni mumkin qadar engillashtirish (6,104). Taajub, qanday qilib va qanchali “yengillashtirish” kerak, buni xech kim bilmaydi va bu xaqda pedagogikada ham xech narsa yozilmagan. SHu boisdan V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan metodikani qisqacha izoxlashga e’tiborni qarataylik.

U  yoki bu o‘quv materialining o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishini xisoblash uchun dastlabki shartlarni eslash zarur o‘qish jarayoni o‘quvchilarning o‘quv materiallarida ifodalangan ba’zi axborotlar hajmini qabullash, qayta ishlash va saqlashdan iborat. O‘zaro bog‘liq bo‘lmagan va tashxislanuvchan ko‘rsatkichlarni ma’lum yig‘indisi yordamida bu axborotlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish sifati, tabiiyki uni o‘qitish sifati yoki ularning o‘rganayotgan predmetdan egallangan faoliyati sifati yoritiladi. Bu bog‘lanmagan ko‘rsatkichlar yig‘indisi kitobxonga ma’lum:  N – ta’lim mazmunidagi UE soni;                                                         o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasi;

ß- o‘quv axborotlari bayon qilinadigan abstraksiya pog‘onalari;

N- bir o‘quv elementida bayon qilinadigan axborotlarning   o‘rtacha qiymati;       -axborotlarni o‘zlashtirishda anglashuvchanlik darajasi.

K-o‘zlashtirishning avtomatlashuv darajasi.

Bu ko‘rsatkichlar yordamida o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari uchun taklif etilayotgan axborotlar xajmini xisoblash formulasini tuzish mumkin: axborotlarni ikkilamchi birligi (6,105).

O‘quvchining dars mazmunini o‘zlashtirish tezligi (S) tajriba sinov yo‘li bilan aniqlanadi. Uning tajribiy qiymati oddiy hollar uchun 0,1-0,3 ikkilamchi birlik/sek ga teng. Bu kattalik yordamida ana shu mazmunni o‘zlashtirish uchun ketgan vaqti;

T= Q/S sek (min, o‘quv soati)

Keyin esa o‘quvchilarning yuklanganlik koeffitsenti (esda) aniqlanadi. Agar aynan shu materialni reja (dastur) da Tr sondagi o‘quv vaqti evaziga o‘rganish kerak bo‘lsa, u holda;

Tadqiqotning ko‘rsatishicha agar 1,5 bo‘lsa o‘quvchilar o‘quv predmetini asosli ravishda o‘rganishga ulgurmaydilar va ular bilan yuzaki tanishadilar  (K   0,3+0,5).

Yuklanganlik koeffitsenti o‘zlashtirish tezligiga bog‘liq bo‘lib, o‘quvchi uchun doimiy emas va uning qiymati o‘quvchi loyixalaydigan didaktik jarayonga bog‘liq bo‘ladi. Didaktik jarayon qanchalik yomon tashkil etilsa, o‘quvchi uchun o‘quv yuklamasi shunchalik sezilarli bo‘ladi.

O‘quvchi faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayon (yoki o‘quv bilish tuzilmasi) ni loyixalash xisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi yoxud u belgilangan vaqt ichida ta’lim (tarbiya) maqsadida erishish uchun UE mazmunini o‘quvchi (talaba) larga uzatish yo‘llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas.  Xo’sh, didaktik jarayon moxiyati nimadan iborat? Ularni loyixalashga qanday pedagogik talablar ko‘yiladi ? Psihologiya va pedagogika fanida didaktik jarayon mutaxassis shaxsini shakllantirsh jarayoni sifatida talqin etiladi. SHu o‘rinda ilmiy raxbar akademik V.P. Bespalko bilan bo‘lib o‘tgan bir munozara matnini qisqacha keltirib o‘tamiz:

N.S.Vladimir Pavlovich, siz nima uchun o‘qitish jarayonini didaktik jarayon deb uktirasiz ular o‘rtasidagi farq nimadan iborat?

V.Pavlovich o‘qitish jarayoni “klassik qoida”ga bo‘ysunadi. Ya’ni o‘qituvchi sinf (auditoriya) ga kirib, dars mavzusini e’lon qiladiyu, darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir dars (ma’ruza) ni boshlashdan oldin o‘quvchi (talaba) lar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi motivatsiyani vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivatsiya bosqichi o‘quv bilish faoliyatining kaliti xisoblanadi. Afsuski bu kalitdan xano‘zgacha o‘qituvchilar ta’limning sexrli sandigini echish uchun foydalanishmaydi. (Fevral, 1981).

Dastlabki o‘qitish jarayoni tuzilmasi bilan tanishaylik.

Bu jarayonni ramziy tarzda quyidagi shartli formula bilan ifodalash mumkin.

UJ=UF+UkF, qaerda:

UF- o‘quvchi bajaradigan o‘quv faoliyati: UkF-o‘qituvchi bajaradigan o‘qituvchilik faoliyati. Bu formula asosida juda muhim sanalgan № 1 pedagogik qonun qayd etilyapti: o‘quvchining xususiy o‘quv faoliyati va unga hamoxang bo‘lgan o‘qituvchining o‘rgatuvchilik faoliyatidan tashqari xech qanday o‘qitish jarayoni mavjud bo‘lmaydi.

Ko‘plab psihologik-pedagogik adabiyotlarni va tadqiqotlarni o‘rganish natijasida didaktik jarayon o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qo‘yilagi komponentlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi: motvatsiya (M), o‘quvchi (talaba) ning o‘quv bilish faoliyati (UF) va uni pedagog tomonidan boshqarish (B) uning shartli formulasi:

Dj=M+Uf+B    (5,96)

Bu jarayon bosqichlarini o‘rganishdan oldin yuqorida keltirilgan ikki formulani o‘zaro takkoslash zarur bo‘ladi. E’tibor bersangiz, o‘qitish jarayoni ikki faoliyat turidan o‘quvchining o‘rgatuvchilik va o‘quvchining o‘quv faoliyatidan iborat. O‘qitish jarayoning ana shu komponentlari didaktik jarayonning keyingi ikki bosqichi bilan bir xil ma’no kasb etadi, yoki bir xil faoliyatni ifodalaydi. Bir biridan farqi n- didaktik jarayondagi dastlabki element bumotivatsiya bosqichining mavjudligidir. O‘quv bilim faoliyatining motivatsiyasi o‘qituvchi maxoratigi tegishli tushunchadir. Didaktik jarayon tuzilmasini batafsil tahlili qilishga kirishaylik.

MOTIVATSIYA BOSQICH.

Ta’lim mazmunini didaktik tayyorlash.   Motivatsiya n bu shaxs xatti harakatini yuzaga keltiruvchi ichki haraklantiruvchi kuch, xissiyot bo‘lib, pedagog uni boshqarishga harakat qiladi va o‘quv jarayonini tashkil etish uchun xisobga oladi. Uni amalda vujudga keltirish uchun o‘qituvchi o‘rgatilayotgan faoliyat  tajribalaridan tassurotli dalilari maxsus yig‘ini va o‘quvchilarga o‘qitilayotgan predmetning asosiy holatlari bo‘yicha bilimlar asosida noqulay vaziyatlardan chiqib ketish yo‘llarini namoish qilish kerak. O‘qituvchining pedagogik maxoratiga bog‘liq holda o‘quvchilarda xosil bo‘ladigan motivlar kuchli yoki kuchsiz bo‘ladi. Demak, o‘qituvchi har bir dars maqsadi va mazmuniga mos holda motivatsiya me’yorini aniqlashi lozim bo‘ladi. Pedagogikada o‘quvchilarni darsga qiziqtirish yo‘llari xilma xildir. Birmuncha samarali bo‘lgan metodika bu muammoli vaziyatlarni mashg‘ulot boshlanishida o‘quvchilarga taklif etish yoki predmet mavzusini ifoda eta oladigan maxsus muammoli topshiriqlar berilishi kerak.

Muammoli vaziyatlar o‘zida o‘quvchining qiyinchiligini aniq yoki xira aniqlashni ifodalaydi va uni zabt etish yangi bilimlarni, yangi usul va harakatlarni izlab topishni talab etadi. Agar o‘quvchida qiynalishlarni bartaraf etish yo‘llarini qidirish uchun boshlang‘ich bilimlar etishmasa, u muammoli vaziyatlarni kabul qila olmaydigan va tabiyki, tafakko‘rida ko‘rash va qarama-qarshi jarayon kechmaydi.

Mavjud vaziyatlarning uch ko‘rinishini keltirish mumkin:

  1. Vaziyat ma’lum. Uni xal etish uchun shunga o‘xshash aniq namunalar mavjud bo‘ladi. Bunday holatda variantni echish metodi standartli bo‘lishi mumkin.

2.Vaziyat o‘xshash. Bunday holatda uni shunga o‘xshash boshqa vaziyatlar bilan taqqoslash zarur. Ular bir biriga aynan o‘xshash bo‘lmasligi mumkin, biroq yaxlit asosga ega bo‘lganligi uchun uning ko‘rinishini o‘zgartirib qaralayotgan vaziyatga yaqinlashtirib makbullashtiriladi va oqilona echish yo‘li topiladi.

3.No’malum vaziyat. Bunday vaziyat amaliy faoliyatda uchramaydi. Uni boshqa kandaydir namuna bilan solishtirish imkoni yuk. Shu boisdan echimning yangi metodini izlab topish zarur bo‘ladi.

Muammoli vaziyatlar ta’lim maqsadini ko‘zlab oldindan konstruksiyalanadi va o‘qitish jarayoning ma’lum qismiga kiritiladi. Didaktik jarayonini motivatsiya bosqichi esa muammoli topshiriqlarni ko‘proq darsning boshlang‘ich qismiga kiritishni va o‘quvchilar diqqatini dars mavzusiga to‘liq jalb etishni taqozo qiladi. O‘quvchi ham o‘z navbatida tanish vaziyatlarini, ob’ekt tuzilishini anglab olishi, muqobil echimlarni topa bilishi kabi ijodiy faoliyatni namoyish qilish kerak.

Didaktik jarayoning motivatsion bosqichi o‘quvchilarning bilish faoliyatiga kirib ketishini tezlashtirishga imkon beradi. Bu faoliyatni kerakli faollik darajasida ushlab turish uchun uni tashkil etish metodlari va usullarini o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlashtirish sifatiga bog‘liq holda tanlay olishi kerak.

Misol uchun, kuchlanish, toq kuchi, sig‘im kabi fizik kattaliklarning o‘zaro faoliyatini tushuntirish maqsadida o‘qituvchi quydagi muammoli vaziyatni qo‘llash mumkin “Ural“ kolyaskali mototsiklda ham traqtorda ham bir xil kuchlanishli ( 12V) aqumulyator ishlatiladi. Biroq mototsiql aqumlyatori traqtorga o‘rnatilsa dvigatelni o‘t oldira olmaydi. Nima uchun? Agar o‘quvchi toq kuchi, sig‘im kabi tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa muammoning kuchi, sigimi kabi tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa muammoning echimini tezda topadi va tug‘ri xulosaga keladi: aqumulyator quvvati kuchlanishga emas, balki toq kuchiga va sig‘im kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.

Dars mavzusini tushuntirishda tarixiy materiallardan foydalanish ham o‘quvchilarda kuchli motivlarning vujudga kelishiga bilishga qiziqishini kuchaytirishga sabab bo‘ladi. Biroq o‘quv materialini bayon qilishga tarixiy yondoshish  qo‘shimcha harakterga ega bo‘lishi, mavzu bo‘yicha egallanayotgan bilimlar tizimi ichida mantikiylik saklanishi kerak.

U yoki bu mavzuga oid qisqa metrajli kino qadr ham kuchli motivatsion omil xisoblanadi. Biroq kino dars o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida bo‘ladigan evrestik suxbat mazmuniga zamin yaratish kerak, shundagina o‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga extiyoj tug‘iladi va ko‘zlangan maqsadga erishiladi. O‘qituvchi anglab etishi kerak bo‘lgan holat shundan iboratki, darsga motivlarni o‘quvchilargda rivojlantirish asosiy maqsad, balki o‘quvchining bilish faliyatini tezlashtirish vositalaridan biri sanaladi.

O‘quvchilardagi motivatsiya harakteri ko‘p jixatdan ularning o‘quv faoliyatiga bog‘liq. Urganish bu keng ma’noda o‘quvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Lekin har qanday o‘rganish ham o‘quv faoliyati bo‘la olmaydi. O‘rganish o‘quv faoliyati darajasiga ko‘tarilishi uchun o‘quvchilar bilimlarni egallash davomida ularni yangi usullarini mustaqil ravishda topshiriqlarni belgilashi, o‘zo‘zini nazorat qilish va o‘z xususiy o‘quv holatini baholash mezonlarini bilishlari kerak.

Pedagogik jarayon bilan shug‘ullanuvchi har bir kishiga ma’lumki, bilimlarni o‘quvchilar tomonidan egallanishi ularning xususiy o‘quv faoliyati natijasi tufayli ro‘y beradi. Psihologlar bu faoliyat turini keng qamrovda o‘rganib chiqqanlar va uning bilim harakatlarini  egallashga olib keladigan turli ko‘rinishdagi tuzilmasini aniqladilar. (Galnerni P.YA. Tanzina N.F.CHebisheva V.V.) Biroq psihologiya fani xanuzgacha o‘qitishda o‘quvchilarning ketma-ket bilish harakatlarining eng yaxshi tarkibi to‘g‘risida yakdil fikrga kelganlaricha yo‘k. Bu tarkib va o‘quvchilarning bilishiga oid harakatlarining ketma-ketligi mavjudlik algoritm  (MA) deb nomlanadi.  MA, birinchidan, bu harakatlarning qatiyan ketma-ketligi, ikkinchidan, bu harakatlarining qatiyan oldindan aniqlanganligini takidlaydi. Shu boisdan MA moxiyat jixatdan o‘quv – bilish nazariyalarining turiga mos holda turli ko‘rinishlarga va mazmunga ega buladi. Har kanday MA ning invariativ elementi bu-o‘quv jarayonida o‘zlashtirish darajasi buyicha ketma-ket harakatlanishdir. Harakat “kadam” ning uzi har bir  “qadam” mazmuni tanlangan o‘zlashtirish nazariyasiga bog‘liq bo‘ladi. Tanlash usuli va tanlangan o‘zlashtirish nazariyasiining sifat mezonlari-o‘qituvchinng pedagogik  faoliyatidagi muhim mo‘ljal va uning pedagogik texnologiyasi tavsifnomasi xisoblanadi.

Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, har qanday o‘quv faoliyati umumiy loyixasi buyicha ko‘riladi va o‘zida mo‘ljalli, yo‘naltiruvchi, bajaruvchi, nazorat qiluvchi va tuzatuvchi harakatlarni mujassamlashtiradi.

Ta’lim mazmunini didaktik tayyorlash.  Bu harakatlarni o‘quvchilar bevosita o‘qituvchi yoki darslik yordamchida turlicha to‘liqlikda va turlicha ta’lim nazariyasiga tayangan holda bajarishlari mumkin.  O‘qituvchi dastlab o‘quvchidagi mavjud harakat turlarini kuzatishi kerak.  O‘quv  harakatlarining alohida har bir UE ni o‘zlashtirishning ma’lum bosqichida namoyon bo‘ladi. Misol uchun, Mx ni bajarilishi va o‘quv topshiriklarini o‘zlashtirishni quydagicha amalga oshiirladi: a) o‘qituvchi belgilangan tayyor topshiriklarni tushunib etishi; b) o‘zi uchun bu topshiriklarni faol qabul qilishi; v) mustaqil ravishda o‘quvchilarinng o‘quv topshiriqlarini o‘rgatish; g) bir qancha o‘quv topshiriklarini mustaqil o‘rgatishi.

O‘quvchining mo‘jalli harakatlari ( Mx) o‘zlashtirish davomida shunday axborotlar bilan ta’minlanadiki, ular o‘quvchi egallaydigan harakat qonunlari va usullarini umumiy ko‘rinishda ifodalay oladi. Odatda Mx har bir o‘quv topshirigini bajarishda ma’lum ketma- ketlikka rioya qilishni taqazo etadi va bu harakatlar tizimi ko‘pincha yo‘riqli haritada o‘z aksini topadi. Bu harakatlar yordamida o‘quv materiallarni o‘zlashtirish davom etadi, biroq endi bu jarayon bilish faoliyatinng keyingi bajaruvchilik bosqichida ro‘y beradi.

Bajaruvchi harakatlar (Bx) ham o‘zlashtirishning turli bosqichlarida bo‘lishi mumkin: a) asosiy o‘quv harakatlarinng bajarilishi; b) alohida harkattlarni operatsiyaning bir zvenosi sifatida bajarilish;  v) bir masalaning echimiga qaratilgan va yirik bloklarga qo‘shilgan holda amalga oshadigan bir qator o‘quv harakatlarini bajarish; g) bu yirik bloklarni anglash darajasi yoki “avtomatik” darajasida amalga oshirilishi.

Aqliy harakatlarni bosqichli shakillantirish nazariyasida o‘quvchining bajaruvchi harakatlari (Bx) o‘quv  bilish faoliyatining turli shakllarini ketma-ket almashtiradigan amallarni bosqichli jarayon sifatida tashkil etishni taqazo etadi, ya’ni: tashqi moddiylikdan (Md) ichki nutq (Nt) shakli orqali aqliy (Ak) harakatga.

Keyingi bosqich nazorat qiluvchi (Nx) harakat mavzu bo’yicha UE ni o‘zlashtirish darajasi o‘quvchining o‘z – o‘zini nazorat qilish evaziga amalga oshiriladi va etalon bilan solishtiriladi. Agar o‘zlashtirish  darajasi past  ( K 0,7) bo‘lsa, u yoki bu harakat bosqichida yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘quv faoliyatining tuzatuvchi bosqichida ( Tuz) aniqlanib, tuzatishga oid didaktik jarayon tashkil etiladi. Shuni aloxida ta’kidlash joizki , T operatsiyasi bu shunchalik o‘quvchining mashk bajarishida yoki test echishida yo‘l kuygan xatolarini tuzatish emas, balki didaktik jarayonni tuzatish, kayta ko‘rish demakdir. Agar Nx o‘quv faoliYatining barcha bosqichlari uchun tegishli bo‘lsa Tuz ya’ni K> 0,7 bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi. Agar Ko a0,7 bo‘lsa, To‘zga xojat kolmaydi va keyingi bosqichlarga kadam kuyiladi. SHunday kilib, yuqorida ta’limning  maqsad va mazmunini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan tanishib chikdik. Bu ko‘rsatkichlarga amal kilgan holda TT si olib borilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin va TT ni yanada takomillashtirish mumkin; o‘quvchilarning bilim, malakalarini sifatlarini oshirish va xatolarni tuzatishga imkon yaratiladi.

Ta’lim mazmunini didaktik tayyorlash.

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba