Ta’lim texnologiyasida maqsadni belgilash.

0
Ta'lim texnologiyasida maqsadni belgilash.

Ta'lim texnologiyasida maqsadni belgilash.

Ta’lim texnologiyasida maqsadni belgilash.

Maqsadni belgilash – texnologiyalashtirishning asosiy omili hisoblanib, pedagogik texnologiyani loyihalashtirish, o’quv jarayonini tuzish hamda tashkillashtirish Shundan boshlanadi.

Maqsad -faoliyat natijasini nihoyatda oldindan bilish. Modomiki, o’qitish maqsadlari turli

darajalarda o’qitish natijalari belgilanishi va tavsiflanishi lozim.

Maqsad–ko’zlanayotgan natija modeli ko’rinishidagi muhim yo’nalishning mahsuli.

Maqsad -faoliyat natijasini nihoyatda oldindan bilish.Bu esa, ta’lim sub’ektlarining faoliyat yakunida egallashlari ko’zlanayotgan narsadir.

Ta’lim texnologiyasida maqsadni belgilash.  Natija – (1) o’quv faoliyatida olingan natija ta’lim oluvchining rivojlanishida oldinga siljish bo’lib, bu uning u yoki bu faoliyatida o’z aksini topadi; (2) o’quv jarayonining samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishilganlik darajasini xususiyatlaydi: ta’lim berish va ta’lim olish jarayoni natija maqsadga mos kelgandagina tugaydi.

Bilimlarni o’zlashtirish va o’quv faoliyati yo’llariga darajali yondashuv  asosida ta’lim  maqsadlarini belgilash

 

O’quvchilar tomonidan

 

Ularga erishishning maqsad va natijalarini ifodalanishi
I. Bilishlikka oid (tanish bo’yicha harakatlanishi)

 

 

 

 

 

 

II.Algoritmli (namuna, o’xshashlik bo’yicha harakatlanish)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

III.Evristikli (harakatlarni tanlash)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ta’lim maqsadi: …to’g’risida tushunchalarni shakllantirish.

Natijalar:

•                     (ma’lum, tanish narsani o’zgartirishsiz, umumiy taxminlarni) tushuntiradi, aytadi, sanab o’tadi;

•                     (o’z so’zlarida) qaytarib beradi;

•                     tashqi belgi va xususiyatlari bo’yicha biladi, taniydi;  (so’zma-so’z) yozadi.

Baholash mezoni: axborotni xatosiz qaytatakrorlaydi.  Ta’lim maqsadi:

…to’g’risida bilimlarni shakllantirish, nazariy bilimni o’xshashlik bo’yicha qo’llash, harakatlarni algortim bo’yicha bajarish ko’nikmalarini shakllantirish, (rivojlantirish, mustahkamlash). Natijalar:

•                     asosiy fikrni ajratadi;

•                     baho beradi, yakun yasaydi, isbotlaydi, tasniflaydi;

•                     tushuntiradi, asoslaydi, umumlashtiradi, ishonchli dalillar keltiradi, taqqoslaydi, xulosalar chiqaradi;

•                     mustaqil vazifalarni echadi;

•                     tanish sharoitlarda (namuna) tayyor ketma-ketlik bo’yicha harakatlarni bajaradi: o’lchashlarni o’tkazadi, sinaydi; tekshiradi, (tizimlarni, jihoz va boshqalarni) tashxis qiladi; echadi, yig’adi; texnik topshiriq, chizmalarni o’qiydi; ishlab chiqarish ishlarini bajaradi, (jihozlarni) ishlatadi va boshqalar;

•                     referat tayyorlaydi, tuzadi va grafik, sxema, jadvallarni o’qiydi.

Baholash mezonlari: harakatlarni asos bilan namunali o’rgangani bo’yicha o’qituvchi rahbarligi ostida bajaradi.

Ta’lim maqsadi: … shaxsiy faoliyat tartibini tashkil etish va Shu bo’yicha mustaqil ijodiy izlanishni olib borish va bilimlarni izlab topish, ularni yangi holatlarda qo’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish Natijalar:

•                     shaxsiy faoliyatini rejalashtiradi va tashkillashtiradi; • kerakli axborotni topadi, tanlaydi, qo’llaydi va yangidan hosil qiladi;

•                     yasaydi, murakkablashtiradi, soddalashtiradi; sinaydi;

•                     bilim va ko’nikmalarni yangi holatlarda tanish va nostandart topshiriqlarni, muammoli holatlarni yechish uchun qo’llaydi;

•                     (jihoz va boshqalarni) ishlatish bo’yicha tayyorlov qo’llanmasini o’qiydi va sharhlaydi, tushuntirish olib boradi. Chizma va jadvallarni; (kompyuter va boshqalarni) tizimdagi to’liqsiz tashkil

 

 

 

 

 

 

 

IV.Ijodkorlikka oid

(harakatlarni izlash)

 

etuvchilarni to’ldiradi va almashtiradi;

•                     nosozliklarni mantiqan izlanishini o’tkazadi, kerak bo’lsa ta’mirlaydi, tiklaydi, almashtiradi, sozlaydi, ya’ni modifikatsiyalaydi (turlanishi, ko’rinishi, shakllanishi, o’zgarishi). Baholash mezoni: yangi holatda faoliyat yuritish qobiliyatini ko’rsatadi, yangidan hosil bo’lgan bilimlari asosida harakatlarni bajaradi, shaxsiy faoliyatini mustaqil tuzadi.

Ta’lim maqsadi: … muammoni mustaqil ajratish va yechish qobiliyati, izlanuvchanlik faoliyatiga tayyorgarlik, notanish holatlarda harakat qilish qobiliyatini shakllantirish (rivojlantirish) Natijalar:

•                     muammoni mustaqil ajratadi va uni hal etish yo’lini topadi;

•                     tadqiqot ob’ekti va predmetini topadi, tadqiqot farazi va vazifalarini ilgari suradi, tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, tajriba o’tkazadi, tajriba natijalari asosida farazni tekshiradi, tajribadan olinganlarni qo’llash chegarasini aniqlaydi

Baholash mezoni: tadqiqotchilik turdagi maqsadlar faoliyatini amalga oshiradi, tizimli yondoshish yo’llariga ega, tahlil qilish malaka va ko’nikmalarni namoyish etadi.

 

O’quvchilarning o’quv yutuqlari nazoratiga kirish

Bilimni tekshirish va baholash – ta’lim jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, u talabalaraning o’quv faoliyatini darsda, uyda og’zaki, yozma va amaliy topshiriqlar yordamida tizimli nazorat yo’li orqali amalga oshiriladi. O’qituvchini talabalar bilimini Shundaygina ro’yxatlashi emas, balki har bir talabani erishgan yutuqlarini tahlili asosida butun o’quv-tarbiya jarayoniga o’zgartirish kiritishi, ma’muriyatni va ota-onalarni muvaffaqiyat va kamchiliklar to’g’risida axborot berish imkoniga ega bo’ladi.

Ta’lim texnologiyasida maqsadni belgilash.

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba