Ta’lim texnologiyasining asosiy tushunchalari.
«Texnologiya» atamasi ishlab chiqarish doirasidan yuqori komponentli psixologopedagogik injeneriyali muxitga kiritilgan pedagogik muxitdan olingan.
Ta’limni texnologiyalashtirish – bu pedagogika fanining yo’nalishi hisoblanib, tadqiqot qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi, ta’lim jarayoniga texnologik yondoshuv asosida ta’lim maqsadlariga samarali erishishning optimal yo’llari va vositalaridir.
| Ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularning o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli hisoblanadi (YUNESKO). |
| O’qitish texnologiyasi –
• bu ta’lim, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning jamlangan va tartibga solingan optimal yo’llari va vositalaridir, bu ta’lim jarayonini uzgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida samarali natijalarga kafolatli erishishni va aniq ta’lim jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchisi hisoblanadi (PT jarayonli –bayonli aspekti); • bu mavjud jarayondir, ta’lim jarayoni sub’ektlarining hamkorlikdagi yuzaga kelgan tartibli xarakatidir (PT jarayonli xarakat aspekti). |
Pedagogik texnologiya – bu ta’limni texnologiyalashtirish sohasida pedagogik xodisalar va jarayonlarda qo`llaniladigan tushuncha
«Pedagogik tizim», «ta’lim texnologiyasi» va «fan metodikasi» tushunchalari va ularning birbiridan farqi
Pedagogik tizim – belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli va oldindan belgilangan pedagogik ta’sir ko`rsatish uchun zarur bo`lgan o’zaro bog`liq vositalar, usullar, jarayonlar birligidan iborat ma’lum bir butunlik (V.Bespalko).
Ta’limning predmet metodikasi – ta’lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va ularni, uning vazifalari va ta’lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta’lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izox keltiradi.
Tizimli turkum (kategoriya) kabi ta’lim texnologiyasi quyidagilarni ifodalaydi:
(1) pedagogik tizimning tarkibiy qismlarini (komponentlarini), (2) ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismlarini (elementlarini), uning protsessual qismini, (3) ta’lim metodikasining keyingi darajasini – maqsadga erishish uchun uslubiy (metodik) tizimni o`quv jarayoni qatnashchilarining harakat izchilligiga aylantiradi.
Fan metodikasidan o`qitish texnologiyasining faqki:
- faqatgina «qanday o’rgatish?» savoliga javob bermay, balki u muxim qo’shimchalar qiladi – «samarali natija olish uchun qanday o’rgatish va qanday optimal o`quv jarayonini tashkillashtirish?»;
- aniq talablarga va taxminiy natijalarga emas balki aniq vazifalarga tayangan holda aniq pedagogik g`oya asosida loyixalashtiriladi;
- natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi;
- bilim olishda, ta’lim beruvchiga yo’naltirilgan, darsning metodik ishlanmalaridan farqli o’laroq, shaxsiy faoliyatlarini hisobga olgan holda yutug`larni ta’minlaydi va ta’lim oluvchilarga yo’naltiradi.
Pedagog-texnologning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi:
- tajriba o’tkazmaydi: u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi;
- ma’lum muddatda va talab bo`yicha qo’yilgan maqsadni amalga oshirishda shubxa tug`dirmaydigan, faqatgina asoslangan ta’lim modeliga tayanadi;
- ta’lim maqsadi qo’yilgandan so’ng, pedagogik vazifalar aniq belgilangandan so’ng, taxmin qilingan o`quv natijalari shakllangandan so’ng va ta’lim jarayonining ketishi bo`yicha qo’yilgan talablardan so’nggina xarakatni boshlashi mumkin.
Muallif:SH.R Xasonova.











