Ta’lim texnologiyasining belgilari.
Pedagogik texnologiya – barcha boshqariluvchi tashkiliy qismlar va ularning bog’likligini taxlil qilish, tanlash, loyixalash va nazorat qilish yo`li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiya (PT)-shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o`qituvchi faoliyati yangilanadi, talabayoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg`ulari tizimli ravishda shakllanadi. Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g`oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoretar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan sabr bardosh- li, kanoatli, uzgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy madaniy va umuminsoniy kadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni kuzda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning echimi qaysi darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog`liq?
Texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda fanga 1972 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so`zdan-texnos (technt)- san’at, xunar va logos (logos) – fan, ta’limot so`zlaridan tashkil topib xunar fani ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonini to`lik tavsiflab bera olmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko`zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, texnologik jarayon bu mehnatt qurollari bilan mehnat ob’ektlariga bosqichma- bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir.
Ya’ni: PT- bu o`qituvchi (tarbiyachi) ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida o`quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldin belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
Hozirgi kundagi pedagogik nashirlarda (texnologiya) atamasini xilma xil talqin etilishi xolatini kuzatishimiz mumkin: o`qitish texnologiyasi, o`quv jarayoni texnologiyasi, ma’lumot texnologiyasi, tarbiy texnologiyasi va x.k. O`qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo`lsada aynan o`xshash ma’noni anglatadi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o`quv materiallarini o`zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko`proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va “o`qituvchi-pedagogika jarayon o`qituvchi (talaba)”. Funksional tizim qonuniyatlarga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Ba’zan metodikani texnologiyadan ajrata olmaydigan, ular bir narsa deb e’tirof etadigan amaliyotchi o`qituvchilar uchrab turadi.
Metodika-o`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar majmuasidan iborat desak, PT- o`qituvchining kasbiy faoliyatini yakunlovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolaja yig`indisidir. Ma’lum vaqt davomida PT- o`quv jarayonini texnik vositalari yordamida amalga oshirish deb qarab kelingan edi. 70-yillardan boshlab esa pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati ancha keng talqin etila boshlanadi. Yaponiya olimi T.Sakovmoto tomonidan “o`qitish texnologiyasi-bu o`qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo`l yo`riqlar tizimi bilan bog`liq bilimlar sohasi” deb izoxlanadi. Rus olimi N.F.Talizina texnologiyasi “Belgilangan o`quv maqsadga erishishning okilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiriladi. I.Ya.Lernerning fikricha PT-o`quvchilar xarakat-larida aks etgan o`qitish natijalari orkali ishonch- li anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni takozo etadi. Kurinib turibdiki, PT belgilangan boshlangich maqsad va mazmun asosida o`quv jarayonini loyixalash sifatida tashkil etil- gan. Bu bir jixatdan tugri bo`lsa, chukurrok taxlil etilsa, bir yoklamalik aniqlanadi yoki bunday yondaShuvda o`quvchi shaxs e’tibordan chetda kolmokda. Bu xolatni yoki kamchilikni akademik V.P.Bespalko aniqladi va PT bu o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvofakiyatini kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsni shakllantirish jarayoni- ning loyixasidir deb ta’riflaydi. Bu ta’rif asosida kuyidagi ilmiy tamoyillarni ko`rsatish mumkin:
PT o`quvchi (talaba) larda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyixalanadi;
Loyixalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o`qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi; Yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi.
PT mohiyatini aniqlashga qaratilgan ta’riflarning xilma xilligi rivojlangan mamla-katlarda bu masalani u yoki bu darajada xal etilganligini kursatsa, ikkinchi tomondan PTni amaliyotga joriy etishga bo`lgan urinishlar natijasini ifodalaydi.
PT to`g`risidagi tushunchalarni rivojlanish tarixi nuqtai nazardan qaralgan, PT nazariyasi va amaliyotini bir biriga bog`liq bo`lmagan holda talqin etilganligini ko`ramiz.Natijada o`qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o`quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilgor metodikalar texnologiya darajasiga ko`tarila olmay asta – sekinlik bilan o`z mavqeini yo`qotib pedagogik nazariyasidan uzoqlashib borgan. Masalan 60-yillarda katta shov-Shuvga sabab bo`lgan “Dasturli ta’lim” yoki 70-80-yillardagi “shatalovchilik xarakati” kabilar.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi pedagogik soha mutaxasislarining ilmiy salohiyati PT mohiyatini ochib berishga etadi. PT ni pedagogik fanning alohida tarmogi sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo`naltirilgan ta’lim yo`nalishi deb qarash ham ma`qul emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatini aks ettiradi.
PT ga “yangi” so`zini qo`shib qo`llanilishi-bu ta’lim- tarbiya jarayonini loyixalashga eskicha yondashish mumkin emasligini ko`rsatadi. Demak, savol tug`iladi “yangi PT” nimani anglatadi? Shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab oladi va Shunga mos holda ma’lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy o`quv yurti) mavjud bo`ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o`z ta’sirini va ta’lim – tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. “Maqsad” esa o`z navbatida pedagogik tizimning qolgan elementlarini yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yunalishga buradi: “o`tmishdan qolgan mafko`raviy qarashlar va sarqitlardan to`la xolos bo`lgan, rivojlangan demokratik davlat darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash”- deb belgilanadi. Demak, ta’lim – tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos holda mazmun ham, pedagogik jarayon ham yangilanish ruy bermokda, bunday yangi texnologiyalar kirib kelmokda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga o`zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli poligrafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular yangi PT ni real voqelikka aylantiradi.
PT mohiyat jixatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalar qatori o`z xususiy sohasiga, metodlariga va vositalariga ega, ma’lum “material” bilan ish ko`radi. Biroq, PT inson ongi bilan bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga tushunarli bo`lmagan pedagogik jarayon ifoda etish bilan ishlab chiqarish, biologik, xatto axborotli tarbiya komponentlarini mujassamlantirgandir. PT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzuliksiz boyib boradi va an’anaviy o`quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko`rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski, bu jarayon xozirgi ta’lim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy kompyuterli PT o`zining ilmiy ishlamasini kutyapdi:“Kompyuerlarning Shu kundagi qo`llanishi – ekstensivlik xolos: an’anaviy o`quv kurslari Shunchaki ekran monitoriga joylashtirilyapti”. Shu erda PT va axborot texnologiyasi o`rtasida o `zaro munosabatni oydinlashtirish lozim bo`ladi. Keyingi vaqtlarda ba’zi bir olimlar (informatika sohasi vakillari) PT ni axborotlashtirishga qo`shish yoki tenglashtirish (ba’zan ustun qo`yish) ni yoqlamoqdalar. Bu urinishlar to`g`ri yo`l emas. O`quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiy ( ayniqsa XX asr ikkinchi yarimidan boshlab) voqeylik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy “burilish” uning muhim bosqichdir. Sodda qilib aytilsa, ta’limda axborot texnologiyasi – bu “o`quvchi- kompyuter” o`rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya PT ning tarkibiy qismi, texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida ta’lim jarayonida qo`llanila boshladi. Kelajakda iqtisodiy muammolar hal etilib o`quv yurtlarida dasturli “mashina” bilan etarli darajada ta’minlanadi. Suunidagina axborotli texnologiya asosida o`quvchi (talaba)larning bilish faoliyati tashkil etish va boshqarish imkoniyatlari tug`iladi va u o`qituvchining yaqin ko`makdoshiga aylanadi yoki uning funsiyalarini to`liq bajaradi.
Ta’limni texnologiyalashtirish ob’ektiv jarayon ekanligini zamonaviyligi esa ilmiy-texnik taraqqiyot yo`nalishi bilan belgilanishi tan olingan holda PT ning o`ziga xos tomonlari va yaqin kelajakda u bilan bog`liq vazifalarni ko`rsatib o`tamiz:
- ko`p bosqichli ta’lim tizimida PT ning o’rnini asoslash
- zamonaviy sanoat, tibbiy, iqtisodiyot, ekologiya kabi texnologiyalar bilan PT larni muntazam ravishda yangilab borish va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ularni samaradorlik mezonlarini aniqlash;
- istiqbolli o`qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan hoda ilg`or PT larni loyixalash, amaliyotga joriy etish, ommalashtirish va aniqlash;
- Tegishli boshqaruv organlari (ta’lim markazlari) tomonidan o`quv muassasalari
faoliyatida yangi PT larni tadbiq etish darajasini nazorat qilish va baxolash;
- Pedagog- o`qituvchilarni ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari bo`yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzuliksiz tashkil etish;
- Bo`lajak pedagogik – o`qituvchilarga PT nazariyasi va amaliyoti bo`yicha maxsus kurs tashkil etilishi va o`qitish;
- Ilg`or o`qituvchilar ish tajribalari va usullarini o`rganib borish, ularni yaratgan yangi metodikalari yangi pedagogik texnologiya darajasiga ko’tarish borasidagi ishlarni amalga oshirish;
- O`qituvchi faoliyati pedagogik texnologiya, qonunlariga moslashtirish muammolari va boshqalar.
Ta’lim texnologiyasining belgilari Pedagogik texnologiya yordamida ta’lim jarayonidagi xato, kamchiliklarni, mavjudligini oldini olish, maqsadni qo`ya olish, ta’lim jarayoni pedagogik texnologiya sifatida qarash, yangilikka, ijodga intilish.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya- ta’lim-tarbiya jarayonini majmuyini amalga oshirish texnikasidir. O`zbekistonda ta’lim samaradorligini oshirish va rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarni ahamiyati.
Pedagogika fani ta’lim jarayoning ikki tomonlama xususiyatiga ega ekanligi o`quvchi tomonidan bajariladigan o`quv faoliyati va o`qituvchining urgatuvchanlik faoliyati yig`indisi didaktik jarayoni ekanligiga asoslanib berilgan.
Prezident Islom Karimov “Ta’lim O `zbekiston xalq ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb – kori, mahorati uzliksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasini anglab olinadi va yosh avlodga utadi”- deb, ta’lim tushunchasi milliy nuktai nazaridan ta’rif berilgan. Yurtboshimiz tomonidan ta’limning yangi modeliga asosan solindi va uning kelajak istikbollari ilmiy asoslab berildi. Ta’limning yangi modelini amaliyotga tadbik etish o`quv jarayonini texnogiya bilan bog`liqdir. Jumladan, xozirgi kunda barcha sohalarda yangi texnologiyalarni joriy etilishini xayotning uzi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talab etmokda. Shuning uchun, Kadirlar tayyorlash Milliy dasturida “O`quv – tarbiyaviy jarayonini ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” uning 2 va 3 – bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Tabiiy savol tug`iladi: Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug`ildi?
Bu omil mamlakatimizning ijtimoiy siyosatini belilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan modelning amalga oshirish bilan jamiyatimizning xayotida ruy berish kutilayotgan “Portlash effekti” ijobiy natijalar ruyrost kursatib berildi: – ijtimoiy – siyosiy iklimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muxit butunlay uzgaradi:
- insonning xayotidan uz urnini topish jarayoni tezlashadi:
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi:
- jamiyatimizning potensial kuchlarini ruyobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi: -fuqarolik jamiyatini qurishni ta’minlaydi, model vositasida dunyoda munosib o`rin olishga, o`zbek nomini yanada yoyib tarannum etishga erishiladi.
Prezidentimiz tomonidan ko`rsatib berilgan “portlash effekti” sari shijoat bilan kadam tashlash, bu yo`lda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma- bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagogik nazariyoti va amaliyotlarini junbushga keltiradi, balki, jamiyatimizni to`liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiyaShunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga etkazish jarayoni yangi pedagogik “qurol” va vositalar bilan ta’minlash davr taqazosidir.
Sungi payitlarda pedagogik olimlar, amaliyot-chilar ilmiy asoslangan ta’lim texnologiyalarini uz faoliyatlarida keng kullashga intilmokdalar. Ta’lim texnologiyalarini ishlab chikish va amalga oshirish ilmiy muammo sifatida maxsus tadkik etishni kuzda tutadi, bunda eng avvalo kuydagilarni aniqlash lozim:
- ta’lim texnolgiyasi sifatida nimani anglatishi va uning tuzilmasi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan;
-jarayon sifatida ta’lim texnologiyasining funksional tuzimasi nimalardan iborat;
-ta’lim texnologiyalari Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga qanday darajada tugri kelishi va uni qanday baxolash mumkinligi.
O`quv jarayonini texnologiyalashtirishda didaktik masalalarni belgilash konuniyatlari.
Ta’lim texnologiyasining belgilari Erkin shaxsni shakillantirish muammosi ta’lim muassasalarida o`quv- tarbiyaviy ishlarni pedagogik texnologiya “rels” iga o`tkazish takazo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi. Chunki: butun ixtiyoriy kurilayotgan va joriy etilayotgan o`qitish tizimini kat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari-bilim, ijodiy faoliyat, ob’ektiv borlikka munosabatlar – pedagogik jaryon maxsulidir va ma’lum pedagogik tizim doirasida shakillantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim loyixasidir. Unda pedagogik tizim nima? Uning tarkibi qanday? Bu savollarga mavjud pedagogik nashrlardan topish mumkin.
N.V.Kuzmina pedagogik tizim uzida ta’lim va tarbiya maqsadida buysindirilgan uzaro bog`liq tarkibli elementlardan tashkil topishini ukdira-dilar: pedagogik maqsad; o`quv va ilmiy axborot; pedagogik aloka vositalari: o`quvchilar va pedagogik. V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko`ra “Pedagogik” tizim ma’lum shaxs sifatlarini shakillantirshga tartibli, aniq maqsadni kuzlab va oldindan uylab pedagogik ta’sir etishini vujudga keltirish uchun zarur bo`lgan uzaro bog`liq vositalar, usullar va jarayonlar yig`indisidir. Xar jamiyatda Shu jamiyat mafko`rasiga xos shaxsni shakllantirsh maqsadi va unga mos pedagogik tizim mavjud bo`ladi. Agar maqsad uzgarsa tizim ham uzgaradi.
O`zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi jamiyat, davlat va oila oldida uz javobgarligini xis etadigan fukarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib kuygan. Demak, Milliy dastur ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib miliy mafko`raning tarkibiy qismini tashkil etadi. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina belgilab beradi yoki oliy (urta, urta maxsus, kasb-xunar) ta’lim uchun pedagogik tizimining mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Kuyidagi barcha ta’lim tizimlari uchun umumiy bo`lgan pedagogik tizim loyixasi keltirilgan. Professor N.Saydaxmedovning tadkikot etishicha xar qanday pedagogik tizim uzaro bog`liq bo`lgan kuydagi invaritiv elementlardan tashkil topadi: 1- o`quvchilar ; 2-ta’lim maqsadlari, 3-ta’lim (t-ya) mazmuni,
4- didaktika jarayonlar, 5- tashkiliy shakllar 6-pedagogik yoki o`qitishning texnik vositalari (UTV) .
Yuqoridagi shakldan 2 ta tushunchani izoxlash mukin: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining muxim sohasi sifatida aniq maqsad va unga erishish uchun shart – sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bulishi kerak.
3.Didaktik masalalarni xal etish maqsadi shaxsning ma’lum sifatlarini shakllantirish zarur bo`lsa, shart sharoitlar-o`quvchi (talaba) larning boshlangich sifat kursatkichlari, axborot esa o`quv predmetining mazmuni yoki tarbiyaviy ta’siridir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizimda uziga mos keladigan PT elementlari bilan xal kilinadi, ular didaktiv jarayon, o`qitishning tashkiliy shakllari hamda pedagog yoki o`qitishning texnik vositalari (UTV). Yuqorida shakl ijtimoiy buyurtma yunalishi didaktiv masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas, chunki ta’lim xar doim jamiyat talablarini kondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda yoki induktiv tarzda tez, balki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzilib boradi. XXI asr busagasida ta’lim taraqqiyotining xarakatlantiruvchi kuchi, xakkoniy dvigateli- bu uzida didaktiv masalalar va PT ni mujassamlashtirilgan pedagogik tizim hisob- lanadi. PT ning muvaffakiyatli loyixalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o`qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab etish darajasiga va darsda ularni tugri belgilab olishga bog- likdir. Bu vazifa xozirga kadar o`qituvchilar tomonidan anglashilmay kelinyapti, kator xollarda esa ular metodikani texnologiyadan farklay olmayaptilar.
Shu boisdan kuyida PT ning loyixalanishi uchun zaruriy shartlardan biri didaktik masalalar to`g`risida fikr yuritiladi. Chunki xar bir o`qituvchi pedagogik faoliyatga kirishishidan oldin xal etilishi lozim bo`lgan pedagogik masalalarni etarlicha aniq tasavvur etishi va ifodalanishi, ayni paytda uz o`quvchilariga ham tushuntira olishi kerak.
Ta’lim texnologiyasining belgilari
Muallif:SH.R Xasonova.












