Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari.
Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida qaralsa, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar buyicha tasavvur etish mumkin.
Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari:
- taxsil beruvchi,
- taxsil oluvchi,
- maqsad,
- natija,
- axborotlar mazmuni,
- metodlar vositalar,
- usullar,
- o‘qitishning tashkiliy shakllari,
- nazorat qilish,
- tashxislash,
- axborotlar olish usul va vositalaridan iborat.
Pedagogik jarayon o‘quv maqsadini qo‘yish bilan boshlanadi.
Maqsad shunday aniq bo‘lishi lozimki, u vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini kanday darajada amalga oshirilganligini aniqlash, berilgan vaqtda ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni ko‘rish imkonini bersin.
Axborot mazmuni, yangi o‘quv materiali kuydagilarda o‘z aksini topadi: ko‘rilayotgan fanni o‘qitish, mazmunni o‘zida aks ettirgan ta’lim texnologiyalari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining matni, axborot manbalari.
O‘qitish metodlari, vositalari, usullari va tashkil etish shakllari, ya’ni taxsil oluvchiga pedagogik ta’sir etish texnikasi va qurollari, axborot mazmuni va didaktik maqsadlarga uyg‘un holda tanlab olinadi va amaliyotga tadbiq etiladi. Shuningdek, bunga taxsil oluvchilarning yosh, fiziologik xususiyatlari, ta’lim muassasalarining moddiy jixozlanishi, ijtimoiy muxit ham xisobga olinadi.
Nazorat qilish, tashxislash va axborot olish usullari va vositalari: qo‘yilgan maqsad va o‘quv materiallari mazmuniga nisbatan tanlanadi.
Agar qo‘yilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos kelsa, pedagogik jarayon tugaydi. Bunda qo‘yilgan maqsad bilan olingan natijaning to‘liq mosligini ta’minlashni ko‘rsatib o‘tish zarur, chunki ular predmetning ob’ektiv muhim qonunlaridan kelib chiqadi.
Lekin pedagogik faoliyat shaxsiy-sub’ektiv emotsional harakteriga egadir. U pedagogning individual, ijodiy qobilyatiga, kasbiy-psihologik xususiyatlariga va taxsil oluvchilarning ko‘plab idividual, aqliy va boshqa shaxsiy xususiyatlariga asoslanadi. SHuning uchun ham uning natijasi variativ harakterga ega bulishi mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, ko‘rsatilgan pedagogik tuzilmaning biror elementi ham mavjud bo‘lmasa, unda pedagogik jarayonning uzi kechmaydi yoki kuzlangan natijani to‘liq bera olmaydi. Har qanday holda ham bunday pedagogik jarayondan ijobiy natija olish tasodifiy harakterga ega buladi. Ta’lim texnologiyasi xaqida gap ketganda daxldor kuydagi xodisalarni bir-biridan farqlashga extiyoj tug‘iladi:
- ta’lim didaktik loyixalash (1),
- loyixani amalga oshirish (2)
- ta’limning joriy va oralik natijasiga ko‘ra didaktik loyixasiga tuzatish, o‘zgartirishlar kiritish(3),
- ta’limni takrorlash (4),
- yakuniy nazorat (5).
Bu xodisalarni 1 va 2-si an’ananaviy ta’lim tajribasida ham uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’ananaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo‘lishi doimo o‘qituvchi hamda o‘quvchining diqqat markazida turadi: o‘qituvchi ta’lim natijasini teztez tekshirib bolalarni o‘zlari erishgan yutuqlaridan ogox qilib turadi; o‘quvchilar esa o‘z yutuq va kamchiliklarini anglab, birinchisini yana kupaytirishga, ikkinchisini bartaraf etishga intiladi.
O‘quv materiallarining mazmunini
- o‘rgatishda ko‘zda tutilgan maqsadi,
- o‘qituvchi va o‘quvchilar maqsadi,
- maqsadlarni amalga oshirish va xisobga olish varaqalari,
- berilgan uy ishlar miqdori,
- mavzulari buyicha o‘tkaziladigan test savollari,
- reyting nazorat bosqichlari,
- etalon darajasida o‘zlashtirish usuli oldindan belgilab ko‘yiladi. Bu ishlarning barchasini ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi.
Ta’limning harakatchan modelini ongda yaratish ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biri bulib, bu san’atni egallagan o‘qituvchi
- ta’limning borishiga zudlik bilan o‘zgartirish, qo‘shimcha tuzatishlar kirita oladi. (1),
- u ta’limni ko‘rish, yana takroriy ko‘rish, zarur bo‘lsa yana bir bor ko‘rishni osonlik bilan amalga oshiradi (2),
- o‘quvchilarni har bir mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga etaklaydi (3),
- ta’lim mazmunini etalon darajasida va etalon darajasidan past o‘zlashtirgan o‘quvchilarni guruxlarga ajrata oladi (4),
- har bir guruxga mos keladigan ish uslubini zudlik bilan tanlay oladi ( 5),
- o‘quvchilarning qobiliyati, ehtiyoj va qiziqishlariga mos keladigan vositalar tizimini, muammolarini ishlab chiqadi (6),
- sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulot, qo‘shimcha topshiriqlarni bajarish uchun shart- sharoit tayyorlaydi (7).
“Pedagogik texnologiya” doirasida ta’limning tashkiliy-uslubiy jixatidan ilgari qo‘yilgan ta’lim maqsadalariga turli uslubiy majmualar yordamida erishish mumkin. Agar texnologik tizimlarda asosiy e’tibor masala va nazorat sxemalarini ko‘rishga karatilgan bo‘lsa, uslublar majmuasini tanlash asosan empirik asosda amalga oshiriladi.











