Ta’lim tizimining istiqbollari.

0
Ta’lim tizimining istiqbollari.

Ta’lim tizimining istiqbollari.

Ta’lim tizimining istiqbollari.

Amerika Qo’shma Shtatlaridagi mavjud ta’lim tizimi mamlakat Prezidenti va hukumatni tobora qoniqtirmayotir. Jon Kennedi 1963 yildayoq shunday degan edi:

«yomon maktab davlatning yomon siyosatigina bo’lib qolmay, uni  yomon iqtisodiyotga olib kiruvchi zamindir». Demak, AQShda ta’limning hayotdan orqada qolayotgani 60yillardayoq sezila boshladi. Shu bois Bill Klinton o’z shtatida ta’lim bo’yicha ko’pgina islohotlarni amalga oshirgan edi.

Shu davrda Klinton ma’muriyati tomonidan qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Turli yo’nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000 yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari, aholining 90 foizi, oliy ma’lumotli bo’lishi, o’quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo’yicha jahonga o’z iqtidorlarini namoyiga eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o’zlashtirishda jahonda eng oldingi o’rinlariga chiqishlari; har bir voyaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bilimga ega bo’lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo’ravonlikka barham berish, o’qish uchun barcha shart-sharoitni yaratib berish ko’zda tutilgan edi. Bu, AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir.

Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida xalq ta’limi ishini tubdan yaxshilash, uning obro’ e’tiborini oshirish, jahon talablari darajasiga chiqarish bo’yicha katta izlanish, tajriba va tadqiqotlar amalga oshirilayotgan bir sharoitda AQSh ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo’llanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uning o’quvchi faoliyatini izchillik bilan boshqarish, uni to’la mustaqillikka o’rgatish, yangicha dars texnologiyasini o’rganish va tadbiq etish, 5 yoshlik bolalarni maktab bosqichiga puxta tayyorlash, dars jarayonining bir xil andozasidan qutilish yo’llarini izlash, yo’nalishli va ayrim predmetlarni chuqurlashtirib o’rgatish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko’tarish, kasb yo’nalishi berish yo’lida olib borilayotgan ishlarni chuqur tahlil etib, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, o’z ish faoliyatida qo’llash tashkil qilish e’tiborga loyiqdir. Bo’ esa har bir maktab rahbari, o’qituvchi va tarbiyachidan yuksak intizom va mas’uliyatni, tashabbuskorlik va izlanuvchanlikni talab qiladi.

Mavzular.

manba