Bosh sahifa mavzular Ta’limiy o’yin va turlari haqida ma’lumot.

Ta’limiy o’yin va turlari haqida ma’lumot.

0
Ta’limiy o‘yin va turlari

Ta’limiy o‘yin va turlari

Ta’limiy o’yin va turlari haqida ma’lumot.

Ishbilarmon va rolli (holatli) o`yinlar muommali topshiriqning bir turi. Faqat bunday holatda matnli matеrial o`rniga, ta’lim oluvchilar tomonidan o`ynaladigan saxnalashtirilgan hayotiy O‘qitish usuli sifatida, u quyidagi v zifalarni b jaradi:

holatlar ishlatiladi.§ o‘rgatuvchi  : umumo‘quv malakalarni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, Shu jumladan: tushunish, yangi holatlarni shakllantirish va tahlil qilish;

  • rivojlantiruvchi: mantiqiy fikrlash, nutq, atrof-muhit sharoitiga o‘rganish qobiliyatini rivojlantirish;
  • motivatsionli: ta’lim oluvchilarni o‘quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosa qabul qilishini rag‘batlantirmoq;
  • tarbiyalovchi: ma’suliyatlilikni, fikr almashishlikni shakllantirish.

O‘yin usullari va dars shaklidagi mashg‘ulotlar holatlarini amalga oshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi:

  • didaktik maqsad ta’lim oluvchilar oldiga vazifa ko‘rinishida qo‘yiladi;
  • o‘quv faoliyat o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;
  • o‘quv material o‘yinning vositasi sifatida ishlatiladi;
  • o‘quv faoliyatga didaktik vazifani o‘yinga aylantiradigan musobaqa bo‘lagi kiritiladi;
  • didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.

Ishbilarmon o‘yinni rolli o‘yindan farqi nimada?

Ishbilarmon o‘yin ishtirokchilariga hayotiy holatda qurilgan o‘yinli syujet taklif qilinadi, bunda ishtirokchilar oldiga yagona umumiy maqsad: taklif etilayotgan muammoni echish qo‘yiladi.  Shu bilan bir vaqtda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi lozim. Shuning uchun echimni ishlab chiqish jarayonni alohidali-guruhli xususiyatga ega: har bir ishtirokchi avval o‘zining vazifali maqsadiga muvofiq qaror qabul qiladi, undan so‘ngra esa uni guruh bilan kelishadi. Alohida vazifali maqsadni bajarilishi butun guruh qaror qabul qilish natijalariga bog‘liq. Odatda, ishbilarmon o‘yin davomidagi muaommoni echish bir nechta bosqichda (2 dan 10 gacha va bir o‘yin ko‘p).

Ishtirokchilar harakatini baholash yakuniy va oraliq natijalar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  1. oraliq baholash belgilangan maqsadni amalga oshirishda ularning anglab etishini oshirish maqsadida bizga o‘yin davomida ishtirokchilar harakatiga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
  2. yakuniy natijani baholashda ishtirokchilarning tashkiliy faoliyatlari va ular tomonidan vazifali rolli maqsadni bajarish hisobga olinadi.

Rolli o‘yin, ishbilarmonlik kabi vaziyatda ko‘rsatilgan, muammoni echishda ishtirokchilarning faol birgalikdagi harakatlariga asoslanadi. Mavzu qatnashchilarining bitta majburiy maqsadlari bormuammoni echish. Lekin alohidali maqsadlar, ishbilarmon o‘yindagi kabi kelishib olinmaydi. Rolli o‘yinning har bir ishtirokchilar maqsadlari-g‘alaba qozonish, o‘zini ko‘rsatish. Vaziyatli o‘yin yakunlarini nafaqat umumiy maqsadga erishish natijalari bo‘yicha emas va balki har bir ishtirokchining rolli maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha baholanadi.

Ta’limiy o‘yin va turlari  Siz tomondan ishlab chiqilgan o‘yin haqiqiy hayotga mumkin qadar yaqin bo‘lishi, lekin ishtirokchilar uchun juda murakkab va qiyin bo‘lmasligi kerak.

 Ishbilarmon o‘yin usuli qo‘llanilgan o‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

 

Ishlar bosqichi va mazmuni                  F a o l i ya t
                          ta’lim beruvchi        ta’lim oluvchi
 

1 – bosqich

Tayyorgarlik

     Mavzu tanlaydi, maqsad, vazifalar va natijalarni shakllantiradi; o‘rganilayotgan muammoni bayon qiladi, qo‘yilgan vazifani asoslaydi; o‘yinning texnologik xaritasini ishlab chiqadi; o‘yin tartibini, vaziyat mazmuni va qatnaShuvchilar xususiyatlarini aniqlaydi.  
 

2 – bosqich Kirish

      Ishtirokchilar uchun yo‘riqnomalar va o‘yinning aniqlovchilarini tayyorlaydi; natijalarni baholash mezonlarini aniqlaydi. Ishtirokchi va ekspertlarni yo‘llaydi. Ish tartibini aniqlaydi, mashg‘ulotning bosh maqsadini shakllantiradi, muammoni qo‘yish va vaziyatni tanlashni asoslaydi. Ishtirokchilarga materiallar solingan paketlarni: yo‘riqnomalar, o‘ynash lozim bo‘lgan qaxramonlarning xususiyatlari, Shuningdek vaziyatli ko‘rsatmalarni tarqatadi Materiallarni   birgalikda muhokama qiladilar, rollarni taqsimlaydilar.
 

3 – bosqich.

Rollarni            bajarishga

tayyorgarlik

 

 

Kuzatadi, alohida maslahatlar beradi

     Oldindan belgilangan vaqtda qo‘yilgan vazifani anglab etadilar va rolga kiradilar: har bir ishtirokchi, ssenariyda bayon qilingan o‘zining rolli maqsadini amalga oshirishni rejalashtiradi. Kerak bo‘lganda qo‘shimcha axborotlar yig‘adi, maslaxat uchun olib boruvchi  va

ekspertlardan maslaxat oladi

 

4  – bosqich YAkuniy

 

O‘yin yo‘nalishini o‘zgartirish bevosita aralashish huquqisiz kuzatadi. O‘yining oraliq natijalarini baholashni amalga oshiradi (ta’minlaydi), Shu bilan birga ularning anglab etishishlarini oshirish maqsadida ishtirokchilar harakatiga o‘rtacha ta’sir ko‘rsatadi

 

O‘yin shartlarida yozilgan talab bo‘yicha, rollarni o‘ynaydilar, bir-birlari bilan faol hamkorlik qiladilar. Shu bilan birga bunda oshkora bo‘lmagan o‘yindan chiqishni, taqiqlovchi, o‘yinga sust munosabatda bo‘lish boshqalarning faolligini bostirish o‘zini tutish etikasi va reglamentini buzmaslik qoidalariga amal qiladilar

 

5 – bosqich

Tahlil, muhokama, natijalar bo‘yicha o‘zo‘zini baholash

 

O‘yin yakuni muhokamasiga yo‘naltiradi. Tahlil avval e’lon qilingan ko‘rsatkich va baholash mezonlari bilan chegaralanadi. Bunda ishtirokchilar tomonidan berilgan mavzuni qabul qilish, rolli maqsadlarga erishish

     Ekspertlar chiqishini eshitadilar, fikrlar bilan almashinadilar, rolli maqsadlarga erishish bo‘yicha o‘zlarining xulosalarini himoya qiladilar. O‘zlarining
  darajasidan tashqari, ishtirokchilarning qo‘l harakatlari, mimika, ularni o‘qitish vositalari bilan ishlay olishlarini tanqidiy kuzatish bo‘lishi mumkin. harakatlari va xulosalarini o‘yin qahramonlari harakatlari bilan taqqoslaydilar
 

6 – bosqich

Yakun  yasash, va baholash

 

Erishilgan natijalarni sharhlaydi, xatolarni ko‘rsatadi, mashg‘ulotning so‘nggi yakunini chiqaradi, o‘yinni o‘quv fani mazmuni bilan bog‘liqligini aniqlaydi

 

Tinglaydilar

Ta’limiy o‘yin va turlari
Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba