
TA’M BILISH VA HID BILISH A’ZOLARI HAQIDA.
TA’M BILISH.
Ta’m bilish a’zosining vazifasi har xil ovqat moddalarini bir-biridan ajrata bilish, sifatini aniqlaydi. Odamda ta’m sezuvchi piyozchalar, til asosida, ikki yonida, uchida, yumshoq tanglayda joylashgan. Piyozchalar ta’m bilish hujayralaridan iborat, unda anilizatorlarning retseptorlarini hosil qiladi.
Ta’m bilish analizatori 3 neyronli bo’ladi.
- Tizza tuguni hujayralarining periferik o’simtalari va tilning shilliq qavatida piyozchalar bag’rida joylashgan ta’m bilish retseptorlaridan iborat. U yerdan bosh miya ko’prigiga o’tadi.
- Til–yutqin nervi. U orqali ta’sir uzunchoq miyaga boradi.
- Adashgan nerv tuguni hujayralarining periferik o’simtalari va hiqildoq usti tog’ayi soxasida joylashgan ta’m bilish retseptorlaridan uzunchoq miyaga boradi.
HID BILISH A’ZOSI
TA’M BILISH VA HID BILISH A’ZOLARI HAQIDA. .Hid bilish xususiyatining yaxshi yoki yomon taraqqiy etganligiga qarab;
Hidni yaxshi sezuvchilar va hidni yomon sezuvchilarga bo’linadi. Ularda hidlash markazi yaxshi taraqqiy etmagan. Delfinlar hidni umuman sezmaydilar. Hidlash apparati embrionlik davridayoq bo’lmaydi. Odamda hid bilish analizatorining periferik uchi burun bo’shlig’i shilliq qavati, ya’ni burinning yuqori chig’anog’i sohasida joylashgan. Bu yerda hidlash analizatorining periferik qismlari ham o’rnashgan. Nafas olganda havo bilan birga hid qo’zg’atuvchi moddalar burun bo’shlig’ida joylashgan anashu retseptorlarni qo’zg’atadi. Natijada odamda ma’lum hissiyotni paydo qiladi.
Hid sezmaslik – keng tarqalgan muammo bo‘lib, xid sezishni kamayishi va xidni umuman yoki vaqtincha sezmaslik bilan xarakterlanadi.
1. Anosmiya – xid sezishni to‘liq yo‘qolishi bo‘lib, burunning shilliq qaatlarida joylashgan xid bilish retseptorlaridagi patologik o‘zgarishlar xisobiga kuzatiladi.
2. Giposmiya – xid bilishni qisman kamayishi xisoblanadi.
Xid bilishni buzilishi orttirilgan va tug‘ma bo‘lishi mumkin.
1. Tug‘ma anosmiya – xid sezish yo‘llarini rivojlanish nuqsonlari yoki xil bilish retseptorlarini to‘liq yo‘qligi xisobiga rivojlanadi. Bu patologiya boshqa bir qator jiddiy rivojlanish nuqsonlari bilan birga keladi.
2. Orttirilgan anosmiya – kelib chiqishi jixatiddan markaziy va periferik bo‘lishi mumkin.
• Markaziy (bosh miya ichi) anosmiya markaziy nerv tizimini turli xil kasalliklar: o‘smalar, ensefalomiyelit, umurtqa va bosh miya ichi qon tomirlarini zararlanishi natijasida rivojlanadi.
TA’M BILISH VA HID BILISH A’ZOLARI HAQIDA.










