Taraqqiyot modeliga yondashuv ko’rinishlari.
Taraqqiyot modeliga yondashuv ko’rinishlari:
− Sivilizatsion yondashuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi);
− Farmatsion yondashuv – dunyoda jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har qanday
mamlakat uchun bir xilda maqbul bo‘lgan hammabop yo‘llari yo‘qligi ma’lum bo‘lib qolmoqda. Zero, birxillik, yoki yagona andoza degan tushunchalar bugungi kunda o‘z ahamiyatini yuqotib bormoqda. Bunday yondashuv demokratiyani, demokratik jamiyat qurilishi qonuniyatlarini «farmatsion» qarashdan farkli holatda yangicha tamoyillar asosida tahlil etishga nazariy metodologik asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyot fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi
hamda umuminsoniy demokratik prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
O‘zbekistonning demokratik jamiyatni barpo etishda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda o‘zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat’iy amal qilinishi ta’minlanadi.
«O‘zbek modeli» tushunchasi, avvalo, O‘zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo‘lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo‘naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo‘ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishiga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala bo‘g‘ini faoliyati nazarda tutilmoqda).
Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo’li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli, N.To’xliev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko’ra, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo’lib, u huquqiy, ma’muriy hamda xo’jalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning sub’ekti mulk egalari, xo’jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy me’yorlar ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazadi.
Taraqqiyot modellarining o‘zigsha xos yo‘nalishlari va xususiyatlari:
“O‘zbek modeli” – O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish;
“Amerika modeli” – “Erkin bozor munosabatlari”
“Fransiya modeli” – “davlatning roli kuchli”
“Nemis va shved modili” – “ijtimoiy yo‘nalish ustuvor”
Lotin Amerikasi va Afrika modeli – “Iqtisodni barqarorlashtirish”
Sharqiy Evropa modeli – Iqtisodiyotda “SHok trapeya” usulidan foydalaniladi;
«Yaponiya modeli» iqtisodiy munosabatlarda davlatning etakchi o‘rni bilan belgilanadi;
Janubi-Sharqiy Osiyo (Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong) – “ijtimoiy soha va eksportni rag‘batlantirish”
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo’ladi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global quyidagi modellari mavjud:
- Osiyo taraqqiyoti modeli – jamoaning kuchli pozisiyasi va diniy omilga asoslangan bo’lib, bu modelda undiruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi asosiy o’rinda turadi. “Osiyo arslonlari” deb e’tirof etilgan: Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan, Malayziya kabi mamlakatlar rivojlandi.
Mustaqillikdan meros qolgan qaloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish. Bu model milliy mustaqillik sharoitida amalga oshadi. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar xo’jalik turlarining transformasiyasi orqali yuz beradi.
1) Azaliy natura xo’jalik bozor doirasiga tortilib, tovar xo’jaligiga aylanadi va undan bozor iqtisodiyoti belgilari o’sib chiqadi.
2) Kam rivojlangan, lekin real mavjud milliy kapitalistik xo’jalik bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutadi.
3) Xorijiy kapital yaratgan xo’jalik, ishlab chiqarishning xorijiy sektori zaminida bozor iqtisodiyoti unsurlari rivoj topadi.
Osiyo modelining muhim belgisi shundaki, unga bozor munosabatlari rivojiga xos bosqichlarning hammasidan o’tilmaydi, hatto ayrimlari chetlab ham o’tiladi. Masalan, qoloq natura xo’jalik to’g’ridan-to’g’ri bozor iqtisodiyotiga xos yirik fermer xo’jaligiga aylanadi.
“Yangi Yapon” yigit-qizlari bilak kuchiga va aqliga tayanadilar. CHetdan texnika, asbob- uskuna, kapital olib kelinadi. Ishchi kuchini “ajdoha”lar beradi. AQSH texnologiyasidan nusha ko’chirgan Janubiy Koreya ham tez rivojlandiki, bunda 1) ishchilarni bepul qayta o’qitish; 2) sanoat tarmoqlarini rivojlantirish; 3) subsidiya va past foizli kreditlar berish; 4) “Eksport” – iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi” aqidasi hukmron; 5) mamlakatda bilimdon va intizomli ishchi kuchlarining etarliligi.
- Yevropa (cha) modelida – iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yo’naltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qo’llab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitga moslashuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yo’nalishi, YAIMda xizmat ko’rsatish sohasining yuqori hissasi ko’zga tashlanadi.
Evropacha modelda evolyusion yo’l orqali oddiy tovar xo’jaligidan klassik kapitalizm tomon va undan bozor iqtisodiyoti tomon boriladi. Bunda oddiy pul-tovar munosabatlarining kapitalistik shaklga ko’chishi, uning bozor iqtisodiyotiga aylana borishi orqali yuz beradi. Bu modelda bozor iqtisodiyotining yovvoyi ko’rinishlari ham kuzatiladi: o’ta tarqoqlik, tartibsizlik, o’zbilarmonchilik, shafqatsiz ekspluatasiya, ommaning qashshoqlashuvi, g’irrom raqobat, g’ayri insoniy xatti- harakatlarga moyillik. Bu jarayon XIX asr oxirigacha hukmron bo’ldi. XX asr 30-yillaridan bozor iqtisodiyotiga o’tildi, 50-yillarda shiddatli tus oldi.
- Lotin Amerikasi modeli – hom ashyo tamoyiliga qurilib, undiruvchi sanoat tarmoqlarining rivojlanganligi, mehnat resurslarining ortiqchaligi, xufyona narkokapitalning yuqori hissasi, eksportning past, tovar va xizmatlar importining esa yuqori darajasi iqtisodiyotda mayda tovar ishlab chiqarishning sezilarli darajasi bilan tavsiflanadi.
- Osiyo – Tinch okeani modeli (XX asr 70–80-yillarda shakllangan)ning tipik xususiyati – yuqori texnologiyaga egaligi, tabiat va inson resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish ilmiy bazasining rivojlanganligidir.
- Afrika iqtisodiy taraqqiyot modeli – tipik xom ashyo yo’nalishi, iqtisodiyotda past unumdorlik darajasi, mehnat resurslarining ortiqchaligi, aholi turmushining past darajasi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, urug’chilik, qabilalar o’rtasidagi urushlar, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik bilan xarakterlanadi.
- Postsovet iqtisodiy taraqqiyot modeli – asosan MDH mamlakatlariga xos bo’lib, ularni ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy xususiyati, yagona andozalar, iqtisodiyotni isloh qilishning umumiy vazifalari birlashtiradi. Sobiq Ittifoq respublikalarining 70 yildan ortiq birga bo’lishi iqtisodiy munosabatlarining yaqinlashuviga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. XX asr 90- yillari boshida va o’rtalariga kelib ham mamlakatlar tashqi savdo aylanmasining yarmidan ko’prog’i MDHga to’g’ri kelar edi. Ammo, keyinchalik bu tendensiya milliy taraqqiyot modellari etakchi o’rinni egallay olmadi. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida sanoati rivojlangan mamlakatlar birinchi darajasiga ko’tarildi.
Taraqqiyotning global modellaridan tashqari dunyodagi AQSH, Angliya, YAponiya, Germaniya kabi ayrim rivojlangan va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda quyidagi modellar ham ko’zga tashlanadi.
- “Amerika modeli”da bozor munosabati nihoyatda liberalligi bilan xarakterlanadi. Davlatchilik asoslari va demokratik tamoyillar muqaddasligi, o’z kuchiga tayanishga o’rgatiladi. «AQSH millatlar hamjamiyati” g’oyasida birlashgan davlatdir.
- “Yapon modeli”da iqtisodiy munosabatlarda davlat yetakchi o’rinni egallaydi. 2-jahon urishida 8 mln.dan ziyod odam halok bo’lgan va jarohatlangan, 90 dan ortiq shahar, 80 dan ortiq sanoat korxonalari vayron bo’lgan. Davlat siyosiy madaniyatga e’tibor qaratdi. Iqtisodiyot xalqning ijtimoiy-tarixiy tajribasi, ruhiyati va mentaliteti bilan yo’g’rildi. Amerika ko’magiga tayandi. Fuqaro mehnatsevarlik, intizomlilik, jamoaviylik yapon milliy xarakteri rivojlantirildi. “Bor imkoniyatlaringni ishga sol!” g’oyasiga amal qilindi. “Ahloq tarbiya” tizimiga asoslangan: 1) xarakterni shakllantirish; 2) “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat»; 3) “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash”ga yo’naltirildi.
- “Shved modeli”da iqtisodiyot ijtimoiy sohaga yo’naltirilganligidir….
- Erxard (nemis) modelida XX asr 1949-50 yillarda 2 ta islohot o’tkazilgan: 1) Pul (marka) islohati, bir kechada marka singan, kuygan, faqat banklarda ko’p miqdorda markasi borlarning 40 markasigina qoldirilgan. 2) Narx-navo islohotiga ko’ra “ochiq eshiklar” siyosati olib borilib, do’konlardagi narx-navo oshib ketgan. Chet el korxonalari bilan birga qo’shma korxonalar barpo etilib, xorijiy sarmoyalar iqtisodiyotga jalb qilingan. O’tish davrida AQShning “Marshal shartnomasi”ga tayanib, G’arb davlatlariga ajratilgan 50 milliard dollardan qisman foydalanilgan. Erxard modeli o’zida AQSH, Angliya, Shvedsiya kabi rivojlangan mamlakatlar taraqqiyot
modellarining ijobiy tomonlarini o’zida umumlashtirgan. Chetga sanoat, nooziq ovqat mahsulotlarini eksport qilish 1950–1992 yillar davrida 27 foizdan 92 foizgacha chiqarilgan. Shu davrda oziq-ovqat mahsulotlari aholi ehtiyojiga sarflanib, 75–80 foizdan 27 foizgacha kamaytirilgan. Bugungi kunda Germaniya aholisi 85 mln.ga yaqin. 1990 yilda Sharqiy Germaniya (GDR) unga qo’shildi, ikkita GFR va GDR o’rtasidagi devor olib tashlandi. 1992 yilga kelib, Germaniya Potstam konferensiyasi (1945) shartlarini bajarib, sobiq SSSR va AQSHga katta miqdorda tovon to’ladi. 1994–95 yillarda 3 mingga yaqin yaxudiylarning har biriga ham 3,5 ming markadan tovon puli to’ladi.
- Turk modeli aynan Erxard modelining andozasi bo’lib, nemislardan o’zlashtirilgan. Faqat bunda Turkiya mamlakatda engil sanoat rivojlanishiga keng e’tibor berilgan. Pul va narx-navo islohotlari olib borilgan. Bugungi kunda Turkiya o’rta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi.
- “Xitoy modeli”da Xitoy islohotlarining “otasi” Den-Syaopin rahbarligida “Uch qadam” strategiyasi, bozor iqtisodiyotining milliy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bunga ko’ra:
1) Birinchi bosqich. 1982–1989-yillarda asosiy iqtisodiy ko’rsatkich, mamlakatning YAIM 2 marta o’stirish ko’zlandi.
2) Ikkinchi bosqich. 1990–1999 yillarda amalga oshirilib, 4 marta ko’paytirish belgilandi.
3) Uchinchi bosqich. 2000–2050 yillargacha belgilanib, aholi jon boshiga YAIM 4 ming
dollarga etkazish ko’zda tutildi.
Den Syapin siyosat sohasida oqilona yo’l tutdi. U “moddiy inqilob” oqibatlarini tugatdi. U Xitoy Kompartiyasi dusturidan “3-jahon urushining muqarrarligi va zarurligi” qoidasini olib tashladi. Yadro qurolini birinchi bo’lib ishlatmaslik majmuriyatini oldi. U “Bir davlat va ikki siyosiy tuzum” dasturining asoschisi. Bir vaqtlar inglizlar bosib olgan Gonkongning Xitoyga qayta qo’shilishi muammosini echib ketdi. 1997 yil 1 iyulida qo’shildi. Gonkong Buyuk Britaniyaning Osiyodagi mustamlakasi edi.
Xitoy davlati bozor iqtisodiyoti milliy konsepsiyasiga ko’ra: 1) mamlakat iqtisodiyotining liberallashuvi; 2) xususiylashtirish jarayoni; 3) turli mulk shakllarining paydo bo’lishi; 4) xorijiy sarmoyalarning kirib kelishi yo’lga qo’yildi. Den Syapon: «mamlakat iqtisodiyotini isloh etishdan ko’zlangan maqsad – sosialistik bozor iqtisodiyoti tizimini shakllantirishdir» degan edi54. Xitoy aholisi 1 300 mln. kishi.
- “Janubiy Koreya modeli” 4 bosqichdan iborat bo’ldi.
1) 1946–1961 yillarda Amerika tusidagi davlatchilik shakllantirildi. AQSH harbiy kuchlari
ushlab turilishi bu vazifani ancha engillashtirdi.
2) 1962–1975 yillarda Koreys iqtisodiy mo’’jizasining otasi deb tan olingan Prezident Pak
CHjon Xi nomi bilan bog’liq. Islohotning asosiy yo’nalishi chora va ehtiyojlarni qoplashga qaratilgan iqtisodiyotga emas, balki mahsulotni taklif qiladigan iqtisodiyotga qaratildi. Eksport oshdi….
3) 1976–1981 yillarda iqtisodiyot eksportga yo’naltirildi. Keyinchalik og’ir sanoat rivojlantirildi. 1980 yillarda sanoat ishlab chiqarishida kichik va o’rta biznes 20%dan oshmadi.
4) 1982–1991 yillarda iqtisodiyotni erkin qo’yish, uning ochiqligi ta’minlandi. Imtiyozli kreditlar berish bekor qilindi. Davlat faqat uzoq muddatga kredit berishni kafolatladi.
- “O’zbek modeli” – qisman Erxard (nemis) modeliga o’xshab ketadi. Nemislarga o’xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o’tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom etmoqda.
Aslida XX asr 90-yillari boshida O’zbekiston oldida bir qator strategik rivojlanish yo’llari paydo bo’lgan edi. Ularni 4 yo’nalishga bo’lish mumkin: 1) xom ashyo; 2) agrar; 3) industrial; 4) xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha guruhlash joizdir.
- Xom ashyo yo’lini tanlash tabiiy boyliklarning yanada talon-taroj qilinishi, aholini ish bilan ta’minlash muammosi, sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zo’r berishga olib keldi. Sobiq Ittifoq ixtisoslashuvi bu yo’nalishni keltirib chiqargan edi.
- Agrar iqtisodiy taraqqiyot modeli agrarsanoat majmui (ASM) tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xo’jaligi bilan band qilishga olib kelardi.
- Industiral iqtisodiy taraqqiyot modelining samaradorligi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi bilan tasdiqlandi.
- Taraqqiyotning xizmat ko’rsatish yo’nalishi ham O’zbekistonga qo’l kelishi mumkin edi. Bu yo’ldan borayotgan Evropa mamlakatlaridan YAIMning 67–70% shu sohada yaratiladi. Ba’zi mamlakatlarda bu YAIMning 25% ni hosil qiladi.
Taraqqiyot modeliga yondashuv ko’rinishlari.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












