Bosh sahifa mavzular Tarix fani o`qituvchisining innovatsion faoliyati.

Tarix fani o`qituvchisining innovatsion faoliyati.

0
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab.

Tarix fani o`qituvchisining innovatsion faoliyati.

Tarix fani o`qituvchisining innovatsion faoliyati.

Hozirgi kunda tarix fanlarini o`qitishning muhim muammolaridan biri bu – maqsadli ta’limtarbiyani yo`lga qo`yishdir. Ushbu dolzarb masala xususida ‘rezidentimiz I.A.Karimovning “Malakali ‘edagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra ta’lim jarayonida ilg`or ‘edagogik uslub va texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida ilgari surilgan vazifalar bugungi kunda ta’limni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Tarix fanlarini o`qitishda tarixiy bilim, tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko`nikma va malakani shakllantirish orqali o`quvchilar intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni maqsad qilib olinadi. Tarix fanini o`qitishda quyidagi innovatsion faoliyatga e’tibor berish tavsiya qilinadi:

Mashg`ulot vositalari

‘edagog uchun;

O`quv-metodik qo`llanma, metodik  tavsiya, metodik  ishlanma, o`quv dasturi, dars rejasi, ma’ruza matni.

Talaba uchun;

Darslik, o`quv qo`llanma, jadvallar, tarqatma materiallar, yo`l-yo`riqli texnologik xaritalar, ti’ik xatolar xaritasi, to’shiriq  varaqasi, interfaol usullar. Mashg`ulot o`tkazish uchun;

‘lakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audiovizual, texnik  va real vositalar bo`lishi mumkin.

O`quv maqsadlari

Fanning o`quv maqsadlari tarmoq standartining har bir ixtisoslik bo`yicha kasbiy tavsifnomada  keltirilgan kasb faoliyat turlari, maxsus talablar, ko`nikma va bilimlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi lozim, ya’ni tarmoq standarti bilan standartlashtirilgan o`quv dasturlari to`la mos kelishi kerak. O`qitishda o`quv maqsadlarini qo`yish uslubi o`ziga xos xususiyatga ega. Bu talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko`rinadigan natijalar orqali belgilanadi. O`quv maqsadlarini aniqlash, o`qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo`lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo`llanishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo`lsin.

Maqsadlarning qo`yilishi…

Umumiy maqsadlar – DTS, o`quv dasturidan o`tiladigan mavzu yuzasidan talabalarda qanday bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish muhimligi aniqlashtirilib, shu asosida mashg`ulot maqsadlari belgilab olinadi. ‘edagog maqsadi;

1-ta’limiy mashg`ulot jarayonida talabalarda dunyoqarashni kengaytirish, bilish faoliyati, bilimlarni amaliyotda qo`llash, ma’lum ko`nikma va malakalarni shakllantirish;

2-tarbiyaviy mashg`ulot jarayonida talabalarda mustaqillik, o`zaro munosabat, axloqiy yo`nalishlarni, mustaqil faollikka asos bo`luvchi motivlarni shakllantirish;

3-rivojlantiruvchi mashg`ulot jarayonida talabalarda diqqat, nutq, taqqoslash, refleksiya, aniq yechimlarni izlab to’ish ko`nikmalarini, mashg`ulotga nisbatan qiziqishni rivojlantirish bilan belgilanadi.

O`quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati

O`quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish jahon ‘edagogikasida keng ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o`quv maqsadlariga erishilganlikni yaqqol aniqlash mumkin. Bunda o`quv maqsadlari tizimi yaratilib, o`zaro bog`liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya’ni ularning taksonomiyasi tuziladi. O`quv maqsadlarining bu tizimi xalqaro miqyosda mashhur bo`lib, Blum taksonomiyasi deb nomlanadi.

 “Taksonomiya” tushunchasi grekcha – tartib bilan joylashtirish bo`lib, biologiya fanidan olingan. U obyektlarni, ularning o`zaro bog`liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda joylashtirib turkumlash va tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo`llash, o`qitish maqsadlarini umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan foydalanilganda ‘edagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga soladi. Bu taksonomiya yordamida ‘edagog nafaqat o`quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o`zaro bog`liq bo`lgan qat’iy kema-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo`ladi.

O`quv maqsadlari sohalari

Kognitiv -bilishga oid soha. O`rganilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berish, o`zlashtirilgan bilimlarni mustaqil to`la anglash, ularni oldin o`rganilgan uslub, usullar bilan uyg`unlashtirilib tasavvur etishgacha bo`lgan muammolarni hal etilishini o`z ichiga oladi. Affektiv-hissiyotga oid soha. Oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyat yo`nalish va munosabatlarini o`zlashtirishga tayyor bo`lish, talabalarni atrof-muhitga nisbatan hissiy-shaxsiy munosabatda bo`lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiradi.

‘sixomotor-harakatga oid soha. U yoki bu harakat faoliyatida, harakat yo`nalishlarini tez o`zgartirish, asab-muskullarni muvoffiqlashtirib boshqarishni shakllantirishga oid maqsadlar kiradi.

Talaba maqsadlari

Kognitiv o`quv maqsadlari sohasida – talabalar nazariy bilimlarni oladi.

‘sixomotor o`quv maqsadlari sohasida – olgan nazariy bilimlarini turli mashqlarni bajarish orqali mustahkamlaydi.

Affektiv o`quv maqsadlari sohasida – ularda kelajakka umidvorlik hissi uyg`onadi.

Mavzular.

manba