Tarixiylik jihatdan o’zbek tili leksikasi.Umumiy va chegaralangan leksika.
O`zbek tili leksikasining chegaralangan qatlami: 1) zamonga ko`ra; 2) territoriyaga ko`ra; 3) ijtimoiy holatga ko`ra uchga bo`lib o`rganiladi,
Tilda ayrim so`zlar eskirab iste’moldan chiqsa, ma’lum talablar asosida yangi so`zlar paydo bo`ladi.
Hozirgi o`zbek adabiy tili nuqtai-nazaridan eskirgan so`zlarning jami eski qatlam (eski leksika), yangi so`zlar jami yangi qatlam (yangi leksika) deyiladi,
Bu ikki qatlamdan tashqari, lug`at sostavida adabiy til uchun, odatdagi, eskilik va yangilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar qatlami ham bor Bu qatlam zamonaviy qatlam yoki neytral qatlam deyilidi.
Demak, zamon nuqtai-nazaridan o`zbek tili leksikasi uch asosiy qatlamga bo`linadi.
- Zamonaviy qatlam
- Eski qatlam
- Yangi qatlam,
Eskilik va yangilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar zamonaviy qatlam deyiladi. O`zbek tili leksikasining asosini shu qatlimga oid so`zlar tashkil etadi.
So`z va iboralarni zamonaviy qatlamga kirishida ularning nutqda oz-ko`p ishlatilishi yoki bu qatlam so`zlari til jamoasining barcha a’zolari nutqida barovar ishlatilishini hisobga olish yaramaydi, Masalan, terminologik leksikaga oid so`zlarning iste’mol doirasi chegaralangan. Ammo, ular zamonaviy hisoblanaveradi.
Funksional-normativ, ya’ni zamonaviy so`zlar bilan bir qatorda hozirda kam iste’mol bo`lib qolgan eski qatlam ham uchrab turadi. Eskirgan so`zlarga ikki tip hodisa:
- Hozirgi til nuqtai-nazaridan so`z ham, u nom bo`lib predmet, hodisa ham eskirgan iste’moldan chiqqan mirshab, amir, arbob. Bunday so`zlar istorizmlardir.
- Narsa va hodisaning, tushuncha yoki tasavvurlarning o`zi emas, balki uning nomi eskirgan bo`ladi. Handasa (geometriya), sarf (morfologiya), nahv (sintaksis). Bunday so`zlar arxaizmlardir,
Demak, eskirgan so`zlar ikki ko`rinishga ega:
- Istorizmlar; 2. Arxaizmlar
Davr o`tishi bilan muayyan paytda zamonaviy hisoblangan ba’zi predmetlar qo`llanishdan qoladi. Natijada, bu narsi va hodisalarni ifodalovchi so`zlarni ishlatish ham susayayadi va asta-sekin til lug`at sostavining aktiv qatlamidan passiv qatlamga o`tadi.
Shu sababli bu tip so`zlar o`tmish davr fakti-istorizm deb yuritiladi. Istorizmlarning leksik frazeologik ko`rinishlari mavjud.
Eskirib iste’moldan chiqqan o`z sinonimiga ega bo`lmagan so`zlarga leksik istorizmlar deyiladi: omoch, cho`ri, yuzboshi. Istorizmlarning yuzaga kelishi tabiat va jamiyatdagi o`zgarishlar, yangilanish va eskirishlar bilan aloqadordir. Istorizm eski lug`at birligidir. Bu tip so`zlar hozirgi davr kishisi uchun tushunilishi qiyin bo`ladi. Ularni maxsus izohlar orqali anglash mumkin.
Uzbek tili leksikasidagi istorizmlarga misollar:
- ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog`liq so`zlar: podshoh, qul, quloq, batrak.
- mansab, amal unvonlar nomi: amin, arbob, zakotchi, udaychi, shotir.
- ba’zi hujjat nomlari: vasiqa, sanad, vakfnoma 4) maktab va maorif: mulla, xalfa, mudarris, haftiyak
- uy-ro`zg`or buyumlari nomi: charh duq kajava, juvoz.
- o`lchov, pul birliklari nomi: botmon, qadoq, tanob, arshin, tanga, qora pul.
- kiyim-kechak nomlari: choriq, kimxob, qalami, quloh va boshqalar.
Istorizmlarning bundan tashqari frazeologik semantik turlari ham mavjud.
Eskirib iste’moldan chiqqan, o`z ekvivalentiga ega bo`lmagan iboralarga frazeologik istorizmlar deyiladi: madrasa tuprog`ini yalamoq, issiq-sovuq qilmoq, tarki dunyo qilmoq, so`fi qilmoq va h.k.
So`zning yangi ma’nosi
So`z material tomondan eskirmay, ma’no tomondan eskiradi. Bunda so`z Yangi davrda yangi ma’noda qo`llanaveradi. Uning oldingi ma’nosi o`tmishga tegishli bo`lib qoladi. Bu semantik istorizm deyiladi:
rais-boshliq, tashkilot xodimi So`zning eski ma’nosi rais-diniy rasm-rusum nazoratchisi arbob-fan sohasida beriluvchi unvon
saroy-madaniy tadbirlar joyi oqsoqol-keksa, hurmatli boy-badavlat, serob, mo`l arbob-qishloq oqsoqoli, arestokrat
saroy-xon, podsho qarorgohi oqsoqol-mahalla boshlig`i boy-feodal sinf vakili Chog`iashtiring: Boy cho`chib o`zini chetga oldi (O). Dasturxonlar mevalarga boy. (M. Alaviya).
Istorizmlar ko`proq o`tmish haqida hikoya qiluvchi zamonaviy asarlarda uchraydi. Bu bilan davr ruhi, koloriti beriladi
Istorizmlarda uslubiy bo`yoq so`z ko`chma majoziy ma’nolarda qo`llansagina paydo bo`ladi. M: O`zi xon, soyasi sultom bu kishini. Bu student alifni kaltak deydi.
ARXAIZMLAR
Eskirib iste’moldan chiqqan, ammo o`z ekvivalentiga, sinonimiga ega bo`lgan so`zlarga arxaizmlar deyiladi. Masalan, ulus (xalq), firqa (partiya), bitik (kitob), tilmoch (tarjimon).
Istorizmda predmet ham, nomi ham eskirgan bo`ladi, arxaizmda esa predmet yoki hodisa zamonaviy bo`lib, ning utiish nomi eskiradi. Natijada, predmet yoki hodisa Yangi bilan yuritiladi. Tilda so`zlarning arxaiklashishi asta sekin amalga oshadi, Arxaizmlarning zamonaviy dublet (sinonim)i bu so`z ustidan funksional-normativ jihatidan g`olib chiqqan so`zdir.
Tilda eskirish turli ko`rinishda namoyon bo`ladi; so`z yoki so`z ma’nolaridan biri eskirishi mumkin. Yoki so`zning biror morfem bo`lagi eskirishi mumkin. Xuddi shunigdek tilda frazeologik iboralarning eskirishi kuzatiladi.
Shunga ko`ra arxaizmlar, eng avvalo, uch katta guruhga bulinadi:
1) leksik arxaizmlar; 2) grammatik arxaizmlar; 3) frazeologik arxaizmlar,
LEKSIK ARXAIZMLAR
Narsa va hodisalarning nomlaridan biri eskiradi: ulus (xalq), yozuq (gunoh) kabi.
Leksik arxaizmlar eskirgan hodisaning xaraklerlga ko`ra. O`z navbatida ikkiga bo`linadi:
1) leksik arxaizmlar; 2) semantik arxaizmlar
Leksik arxaizm so`zning, so`z vazifasining zskirishi bo`lsa semantik arxmizm ko`p manoli so`z ma`nolaridan birining eskirishidir. Bunda so`z shakli eskirmaydi, balki so`z semantik tarkibidagi semalardan biri eskiradi. So`z qobig`i endi o`sha ma’noni anglatmaydigan, ifodalamaydigan bo`lib qoladi. O`sha ma’noni anglatish so`zning hozirgi emas, o`tmish vazifasi hisoblanadi. Natijada so`zning o`sha manosi eskirgan, endilikda unutilgan bo`ladi. Masalan, afandi so`zi o`qituvchi ma’nosiga ega bo`lgan. Ammo bu ma’no hozir eskirgan. Anjuman so`zi bir kasb egalarining o`ziga xos yig`ilishi ma’nosini ifodalagan. Ozod so`zi bolalarni darsdan javob berilishi ma’nosini ifodalagan; Bolalar o`qishlarini to`xtatib domlaga qaradilar. –Ozod!–deb yubordi domla (S. A.)
Semantik arxaizmlar so`z va uning leksik ma’nosi bilan bog`liq bo`lganligi uchun uni leksik-semantik arxaizmlar deb ham yuritiladi.
Leksik arxaizmlarga so`zning shakliy va talaffuz xususiyatlari bilan aloqador bo`lgan leksik-fonetik leksik-orfografik shunmngdeq aktsentopogik arxaizmlar ham kiradi.
Aktsentologik arxaizm so`z urg`ularidagi o`zgarishlar natijasida sodir bo`ladi. So`z urg`usi vaqt o`tishi bilan boshqa bo`ginga ko`chadi. Urguning oldingi holati eskiradi: simvol, epigraf so`zlari rus tilida avvallari simvol, epigraf deb talaffuz qilingan. Bu talaffuz hozir eskirgan, arxaik hisoblanadi.
Eskirish so`zining butun tarkibida emas, balki uning morfematik qismida yuz berishi mumkin. Bunday eskirish grammatik arxaizmni tug`diradi. Bu haqda to`liq ma’lumot E. Kilichevning S. Ayniy asarlarida grammatik arxaizmlar, O`TA, 1969. 1 son maqolasida berilgan.
Eskirib iste’moldan chiqqan, ammo o`z ekvivalenti, sinonimiga ega bo`lgan morfologik shakllarga grammatik arxaizmlar deyiladi: -?a (-ga), -din (-dan); ulamoga, jondin;
-gan (-gan)( -mish (-gan); borg`an, bormish;
-gi ( gi): burung`i zamonlar;
-ur (-ar): kelur, borur;
-g`ay, -gay {-sing borg`ay.borgay;
-Qani orqamdan yur. Senga aygadurgan yana bir so`zim bor! (O. Yoqubov).
Grammatik arxaizm so`zga, ya’ni so`z tarkibiga aloqador bo`lganligi uchun leksik grammatik arxaizm deb ham yuritiladi
Eskirib istemoldan chiqqan, ammo o`z sinonimiga ega bo`lgan frazeologik iboralar, frazeologik arxaizmlar deyiladi: Jismini dol aylamoq (qaddini bukmoq), fotiha olmoq (javob so`ramoq), gasadduqot qilinmoq (o`ldirilmoq) kabi.
Arxaizm va istorizmlar o`zaro quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
- arxaizmlar hozir mavjud narsalarning, istorizmlar esa o`tmish narsa-hodisalarning atamasidir;
- arxaizmlarning sinonimi mavjud, istorizmlarning sinonomi yo`q;
- istorizm birdan-bir yakka nom, uning o`rnini bosuvchi so`z yo`q. Arxaizm qo`sh nomning eskirib qolganlaridan biri, eskirgani;
- arxaizm nominativ hamda uslubiy vazifa bajaradi istorizm nominativ vazifa bajaradi;
- arxaizmlarning paydo bo`lishi til taraqqiyoti qonunlari asosida bo`ladi, istorizmlar jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, madaniy taraqqiyoti tarixiga ko`ra paydo bo`ladi,
Arxaizm va istorizmlarni yaqinlashtiruvchi belgi ularning har ikkalasi ham eskirgan, nonormativ leksika ekanligidadir.
Arxaizm va istorizmlardan xronizmlarni farqlash lozim Xronizm biror voqelik nomini vaqti kelib boshqasi bilan almashtirishdir.
YANGI QATLAM
Til leksikasiga eskirish xususiyati bilan bir qatorda yangilanish ham xosdir. Jamiyatning rivoji, ob’yektiv borliq, iibiatdagi o`zgarishlar yangi so`z va atamalarni tug`diradi.
Yangi so`zlar qatlami tilshunoslikda yangi leksika deb ham yuritiladi.
Ob’yektiv ehtiyoj tufayli va til qonun-qoidalariga mos ravishda yaratilgan yangi so`zlar til leksikasini boyitadi.
Yangi so`zlar quyidagi yo`llar bilan yaratiladi:
- affiksatsiya, so`z o`zaklarga yasovchi qo`shimchalar qo`shish bilan: reketchi, saylovchi tadbirkor, hujumkor.
- kompozitsiya; O`zakka o`zak qo`shish bilan: yodnoma, kitobsevar, cho`lquvar, bozor iqtisodi.
- so`zlarni juftlash asosida: ishchi-yoshlar, ilmiy-nazariy, hisobotsaylov.
- o`zbekcha qisqartma so`zlarni yaratish asosida: BuxDU. boshbuh BMT.
- traditsion so`zlarni yangi ma’noda qo`llash asosida: millat, vatan, ziyorat, mehnat, ozodlik.
- so`z o`zlashtirish asosida: bakalavr, magistr, fermer.
- kalka asosida: ekranlashtirish, radiomarkaz, shanbaliq radioto`lqin.
Yangi so`zlar tilda dastlab neologizm sifatida paydo bo`ladi. Neologizm (yunoncha:
yangi so`z demak) o`zida yangilik bo`g`ini saqlagan so`zlarga neologizmlar deyiladi. Masalan: fazogir, kitobsevar, hushyorlik jamiyati, fidokorlar partiyasi.
Yangi so`z o`z yangilik bo`yog`ini yo`qotsa, tilda faol qo`llanib, odatiy so`zlar qatoriga o`tadi: 1930 yillarda paydo bo`lgan traktor, mashina, sovxoz, zveno kabi so`zlar faol so`zlarga aylanib ketdi. Ayrimlari eskirib ham qoldi: MTS, patefon, sovxoz, rayijrokom.
Demak neologizm nisbiy tushunchadir. O`z paydo bo`lish doirasi, muhitiga ko`ra neologizmlar ikkiga bo`linadi:
- Umumtil (umumnutq neologizmlari);
- Individual nutq neologizmlari.
Individual nutq neologizmlari alohida shaxslar, adiblar tomonidan favqulodda yaratilgan so`zlardir. Shu tufayli tilshunoslikda bu tip so`zlar okkazionalizmlar deb yuritiladi, Bunday neologizmlarga M.Shayxzoda tomonidan yaratilgan Toshkentnoma, fazoshumul, nuriston, ipaklashsin, G`.G`ulomning yalovkash, sharofobod kabilarni kiritish mumkin, Neologizmlar umumadibiy leksikani to`ldirib, boyitib turadi.
Neologizm tilga singib ketishi uchun ikki yetakchi talabga javob bermog`i kerak.
- Yangi so`z – neologizm tushunarli bo`lishi, ma’nosi aniq, tinglovchiga tez etib boradigan bo`lmog`i kerak.
- U tilda mavjud va yashovchan modellar asosida yaratilmog`i lozim.











