Tarixshunoslik fanining manbalari.
Tarixshunoslik fan sifatida o‘z manbalariga egadir. Mazkur fanning manbalarini jahon xalqlarining eng qadimgi zamonlardan hozirgacha bo‘lgan, tarixga manba bo‘lib xizmat qiluvchi tarixiy tadqiqotlar, ya’ni tarixshunoslik asarlari tashkil etadi.
Yozuvlar ixtiro qilingandan so‘ng toshlar yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar – eng qadimgi yozma tarixiy manbalari hisoblandi. O‘sha davrlardagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik xattotlar, shoirlar tomonidan qayta-qayta ko‘chirilgan yoki og‘izdan-og‘izga ko‘chib bizgacha etib kelgan manbalar qadimiy manba hisoblanadi. Yozuvi bo‘lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi.
Tarixshunoslik fanining manbalari.
Arablarning O‘rta Osiyoni istilo qilishi ham tarixshunoslik manbalarga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatdi. Arablar O‘rta Osiyoga yangi diniy ta’limot-islom ta’limoti bilan birga yangi yozuvni ham olib keldilar. Arab yozuvi asta-sekin butun Eron va Turonga yoyilib, Abbosiylar hukmronligining ikkinchi asriga (ya’ni X asrga) kelib, murakkab o‘rta forsiy – pahlaviy yozuvini siqib chiqardi. Buning oqibatida shu bo‘ldiki, sharq xalqlarining boy yozma obidalari bizning kunlargacha juda kam saqlanib qoldi.
«Qur’oni Karim» arab yozuvida bitilgani, shuningdek arab alifbosi nisbatan ilg‘orligi, tovushlarga asoslangani, ya’ni har bir fonematovushga alohida belgi – harf borligi ham katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘rta Osiyo xalqlari orasida kimlar va qachon birinchi bo‘lib, arab yozuvini qo‘llay boshlaganligi noma’lum. Arablar qo‘l ostidagi o‘lkalarda asta- sekin tabiiy ravishda shu yozuv qo‘llana boshlagan bo‘lsa kerak. Samarqand yaqinidagi Mug‘ g‘oridan topilgan Divashtich tilxati shu yozuvda bitilgan. Ishonch bilan shuni tahmin qilish mumkinki, arab yozuvi dastlab ma’muriy-xo‘jalik ehtiyojlari uchun ishlatilgan bo‘lsa kerak. Chunki arab yozuvi sodda, qulay va tez yozishli edi. Har holda dastlabki vaqtlarda qo‘lyozmalarning qaysi tilda bitilishi muhim bo‘lgandir.
Shunday qilib, VIII-asrdan XX-asrning boshlariga qadar bo‘lgan O‘rta Osiyo tarixshunosligiga doir qo‘lyozma asarlarga egamiz.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutidagi qo‘lyozmalar fondida 40 mingdan ortiq qo‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosmalar kitoblar, 10 mingdan ortiq sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud.
Tarixshunoslik fanining manbalari.











