Tashxislanuvchi maqsad haqida ma’lumot.

0
Tashxislanuvchi maqsad haqida ma'lumot.

Tashxislanuvchi maqsad haqida ma'lumot.

Tashxislanuvchi maqsad haqida ma’lumot.

Nima uchun “aniq o‘rgatilmagan maqsad” deyap- miz? Chunki ta’lim maqsadini predmet yoki mavzular bo‘yicha aniq o‘rnatish uchun u tashxislanuvchan holda bo‘lishi kerak. Tashxislanuvchan deganda o‘quvchilarda shakllanayotgan ma’lum sifat yoki xususiyatlarni o‘lchash va baholash tushuniladi. Maqsad tashxislanuvchan tarzda o‘rnatilishi mumkin, agar:  – shakllanayotgan bilim, ko‘nikma va shaxs sifatlari etarli darajada aniq va ravshan ifoda etilishi va tavsiflanishi kerakki, natijada ularni boshqa har qanday ijtimoiy tajriba elementlaridan xatosiz farqlash mumkin bo‘lsa (If);

-tashxislanayotgan shaxs sifatlarining shakllanganlik darajasini aniqlab oladigan usul, “ko‘rol” mavjud bo‘lsa va o’lchash amalga oshirilsa (Ush).

ulchash natijalariga tayana oladigan sifat-larni baholash mezoni mavjud bo‘lsa (Bm).

Shunday qilib, tashxislanuvchanlikning ramziy formulasini qo‘yidagicha yozish mumkin: Tsh=If+Ush+Bm

Oliy va o‘rta maktablar rivojining xozirgi bosqichida yuqorida kayd etilgan talablarni muayyan pedagogik tizimning umumiy (asosiy) maqsadlari ham, aloxida o‘quv predmetlarini o‘rganishning xususiy maqsadlari ham qanoatlantirmaydi.

Har bir darsda ta’lim maqsadining aniq o‘rnatilishi o‘qitish texnologiyasini loyixalashda muxim shartlardan biri sanaladi.

Savol tug‘ilishi tabiiy: fan mavzulari bo‘yi- cha o‘qitishning tashxislanuvchan maqsadi qanday o‘rnatiladi? Dar xaqiqat, har qanday fan o‘zining paydo bo‘lgan vaqtlardan boshlab katta bilim (axborot) lar xajmini to‘plagan va u yuqori tezlikda boyitib borayapti. Fan fidoiylarining ma’lumotiga ko‘ra, jaxonda axborotlar bir soatda 200 mln so‘z tezlik bilan oshib borayapti yoki bu 5000 saxifaga teng bosma matn degan so‘z. Inson esa bu vaqt oralig‘ida yarim varaq yangi ilmiy matnni o‘zlashtirishga qodir ekan. Axborotlarning bunday oqimida o‘quvchi  (talaba) ning  “gark bulib ketmasligi uchun o‘qituvchi nima qilishi kerak? Javob tayyor: o‘qitish uchun fakat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatiga mos holda ular xajmini miqdoriy o‘lchamga keltirish zarur.

Bu masalani amalda bajarish uchun “o‘quv elementi” (UE) tushunchasi mavjud. O‘quv elementi deganda o‘rganish maqsadida tanlangan barcha fan ob’ektlari (FO) tushuniladi. Tabiiyki, UE uchun soni FO sonidan kichik bo‘ladi. UE ni tanlab olishi uchun tayyorlanayotgan bo‘lajak mutaxassis shaxsiga yaqin 3-5 yil ichida ko‘yiladigan talablarni tasavvur qila olish va zaruriy bilim va ko‘nikmalar tarkibini aniq ifodalashi kerak.

UE soni va tarkibini saralashni ikki usuli mavjud.Birinchisi -ekspert usuli bulib, maxoratli va tajribali metodistlar (o‘qituvchilar) o‘z ish uslubiga tayangan holda vazifani uncha murakkab bo‘lmagan metodika yordamida xal etishadi. Ikkinchisi- tajriba sinov usuli bo‘lib, o‘quv yurti bitiruvchisining faoliyati tahlil qilinadi va shu asosda ma’lum fan ob’ektlari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar ajratib olinadi. Har ikki usul ham amaliyotda qo‘llanilib bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. O‘quv materialini saralash imtixosi predmet dasturi uchun UE yig‘indisini to‘plash xisoblanadi va u ro‘yxat ko‘rinishda beriladi.

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba