TAYANCH VA HARAKAT APPARATI.OSTEOLOGIA — SUYAKLAR HAQIDAGI FAN.

0
TAYANCH VA HARAKAT APPARATI.OSTEOLOGIA — SUYAKLAR HAQIDAGI FAN.

TAYANCH VA HARAKAT APPARATI.OSTEOLOGIA — SUYAKLAR HAQIDAGI FAN.

TAYANCH VA HARAKAT APPARATI.OSTEOLOGIA — SUYAKLAR HAQIDAGI FAN.

Hayvonlarning o`simliklardan asosiy farqi ularning tashqi muhit bilan harakat vositasida bog`lanishida bo`lib bu holat nerv tizimi ishtirokida boshqariladi.

Organizmdagi mushaklar ikki guruhdan tashkil topgan: visseral va somatik mushaklar. Visseral mushaklar guruhi asosan ichki a’zolar devorida uchraydi. Bu mushaklarning ko`pchiligi silliq mushak to`qimalaridan hosil bo`ladi. Lekin ba’zi ichki a’zolar devorida ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi ham bo`ladi. Shu jumladan hazm a’zolarining boshlang`ich va yakuniy qismi, hiqildoq, yurak devori ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasidan hosil bo`ladi.

Somatik mushaklar organizmdagi bo`shliqlar devorini (ko`krak, qorin, chanoq bo`shliqlari) hamda kalla, bo`yin, qo`l, oyoq mushaklarini hosil qiladi.

Somatik mushaklar ko`ndalang-targ`il mushak to`qimalaridan hosil bo`ladi. Ular odamning tashqi muhitidagi harakatini ta’minlaydi.

Harakat qilish tarkibiga mushaklardan tashqari tayanch vazifasini bajaradigan suyaklar (skelet) va suyaklarning o`zaro birikishidan hosil bo`lgan bo`g`imlar ham kiradi. Odamning skeleti, bo`g`imlari va mushaklari vazifasiga ko`ra o`zaro bog`langan bo`lib, ularning umumiy taraqqiyoti embrionning mezoderma qavatidan rivojlanadi.

 

OSTEOLOGIA — SUYAKLAR HAQIDAGI FAN

Skelet suyaklari

Sceletos-quritilgan deb tarjima qilinadi. Suyaklarni tayyorlashning qadimiy usuli: quyosh ta’sirida yoki issiq qumda quritish bo`lganligidan suyaklar guruhiga skelet deyiladi. Suyaklar homilaning o`rta pardasi—mezodermaning sklerotom bo`limidan taraqqiy qiladi.

Skelet suyaklarining vazifasi:

  1. Tayanch vazifasi: odam gavdasi va mushaklarning tayanchi bo`lib hisoblanadi.
  2. Harakat vazifasi: skelet suyaklarining alohida guruhlarining o`zaro qo`shilishidan richaglar hosil etib, bo`g`imlarda mushaklar vositasida harakatga keladi.
  3. Himoya vazifasi: suyak guruhlarining o`zaro qo`shilishidan bo`shliqlar hosil bo`ladi. Bu bo`shliqlar ichida esa a’zolar joylashadi.
  4. Biologik vazifasi: suyaklar tarkibida mineral tuzlar bo`lib, kalsiy, fosfor, temir ya h. k. moddalarni saqlaydi.
  5. Qonning shaklli elementlari suyak ichidagi qizil ilik sohasida yetiladi.

Naysimon suyaklarning tayanch vazifasini bajaruvchi tana qismiga diafiz  deyiladi. Diafizlarning uchi esa, naysimon suyaklarning bo`yin qismiga to`g`ri keladi va bu sohalarni metafiz  deyiladi. Naysimon suyaklarning bo`g`im hosil qiluvchi uchlariga epifiz  qismi deyiladi.

Suyaklardagi mushaklar birlashadigan o`simtalariga apofizlar deb ataladi.

Suyaklar kislotaga solinsa anorganik moddalar erib ketib, faqat organik moddalar saqlanib qoladi. Bunday holda ham suyaklar o`z shaklini o`zgartirmaydi, lekin ular egiluvchan va yumshoq bo`lib qoladi. Demak suyaklarning egiluvchanlik (elastiklik) holati organik moddalarga bog`liq bo`ladi. Suyaklar kuydirilsa, organik moddalar yo`qoladi. Bunday holda ham suyaklarning shakli saqlanib qoladi, lekin ular mo`rt bo’lib qoladi. Demak suyaklarning qattiqligi anorganik moddalarga bog`liq bo’ladi. Suyaklarning morfologik birligini osteonlar tashkil etadi. Osteonlar suyak ichida qon tomir va nerv tolalari yo`naladigan kanallar (bo`shliqlar) atrofida joylashadigan suyak to`qimalaridan hosil bo`ladi.

Osteonlar naysimon suyaklarda uning uzunligi bo`ylab, yassi suyaklarda esa ularning yuzasi bo`ylab yo`naladi.

Suyakning organik moddasi ossein deb ataladi.

Ossein kollagen moddasining bir turi hisoblanadi. Ossein va anorganik modda qo`shilishidan suyaklar mustahkam, qattiq va elastik bo’ladi.

Suyaklarni arralab tekshirilsa, uning tashqi tarafida zich (qattiq) modda va ichida g`ovak modda (ko`mik)  hosilalar ko`rinadi. Zich moddalar diafiz (suyak tanasida) sohalarda yaxshi taraqqiy etgan bo’lsa, g`ovak modda suyaklarining epifiz (suyak uchlarida) qismlarida yaxshi rivojlangan bo’ladi.

Suyaklarning g`ovak qismida ilik  bo`lib, o`z navbatida ikki xil ilik tafovut etiladi. Qizil ilik-qonning shaklli tanachalari taraqqiy etadigan soha va suyak taraqqiyoti bilan bog’liq osteoblastlardan tarkib topadi. Sariq ilik  yog` hujayralaridan hosil bo’ladi.

Yoshlik davrida qon tanachalarining taraqqiyoti va suyaklarning o`sishi kerak bo’lgan davrda qizil ilik, suyak taraqqiyoti tugagan davrda (keksalik davrida, sariq ilik ko`proq hajmni egallaydi.

Suyaklarning tashqi yuzasi (bo`g`im yuzalaridan tashqari) suyak usti pardasi  bilan qoplangan bo’ladi.

Suyak usti pardasi pishiq biriktiruvchi to`qimadan tashkil topib, o`z navbatida ikki pardadan hosil bo`ladi. Tashqi yuzasi pishiq fibroz qavatga ega bo’lsa, ichki yuzasida suyaklarni qalinlashishini ta’minlaydigan kambial hujayralar uchraydi. Suyaklarning bo`g`im yuzasi bo`g`imlarning yengi1 hafakatini ta’minlaydigan gialin tog`ayi  bilan qoplanadi.

Demak suyaklar tarkibini suyak moddasi, suyak iliklari, suyak usti pardasi bo`g`im yuzasidagi parda, bo`g`im yuzasidagi tog`aylar, ularninng qon tomirlar va nervlar hosil qiladi.

Kallaning gumbaz qismini hosil etadigan yassi suyaklar ichidagi g`ovak qism o`ziga xos bo`shliqlardan iborat. Bu bo`shliqlarning tashqi va ichki yuzalari zich moddalar bilan qoplangan bo’ladi.

Mavzular.

manba