Teodolit yo’li punktlarini joyda belgilash.

0
Tonnellar qurilishi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va ularni barpo etish usullari.

Teodolit yo‘li punktlarini joyda belgilash.

Teodolit yo’li punktlarini joyda belgilash.

Teodolit yo’li punktlarini joyda belgilash.Imorat tushgan territoriyalarda teodolit yo‘li punktlari metall qoziq, metall truba yoki rele bo‘lagi qoqib belgilanadi. Punktning nomeri va undan shu erdagi eng yaqin ob’ektgacha bo‘lgan  masofa  shu  joydagi  devor,  bino,  yoki  boshqa  ob’ektlarga  yozib  qo‘yilsa,  punktni  topish  osonlashadi.  Teodolit  yo‘li  punktlarini  joyda  belgilab  ketayotganda  bu  punktlar  joylashgan  territoriyaning xomaki plani xam chizib boriladi.

O‘zlashtirilmagan  joylarda  teodolit  yo‘li  punktlari  metall  truba,  yog‘och  ustun  qoqib  belgilanadi. Teodolit yo‘li mustaqil shaxobcha ko‘rinishida o‘tkazilsa, uning har beshinchi punkti  poligonometriya reperi yoki grunt reperi bilan belgilanadi. Grunt reperining atrofi uchburchak yoki  to‘rtburchak shaklida kovlab belgilab qo‘yiladi.

Tafsilotni planga olish  Tafsilotlarni planga olish teodolit yo‘li punktlardan bajariladi. U har bir tafsilot nuqtalari va konturlari joylashishini ma’lum masshtabda planga tasvirlashni o‘z ichiga oladi.

Koordinatalar usuli. Tafsilotlarni planga olish teodolit yo‘li tomoniga nisbatan bajariladi.  Tafsilot nuqtalarining joylashishi to‘g‘ri burchakli koordinatalar bilan aniqlaydi. Bunda absissa o‘qi  qilib yo‘l tomonning yo‘nalishi, ordinata o‘qi qilib yo‘l tomoniga perpendikular yo‘nalishi olinadi.

Abssissa  o‘qi  qilib  2-3  va  3-4  tomon  qabul  qilingan.  Nuqtalar  d,e, f   ni  joylashinini aniqlash uchun o‘sha nuqtalardan 2-3 tomonga perpendikulyar o‘tkaziladi. 2 nuqtani  koordinata  boshi  deb  qabul  qilib,  undan  perpendikular  asosiga  bo‘lgan  kesma-abssissa  va  perpendikulyarning o‘zi – ordinata o‘lchanadi. Xuddi shunday qilib g nuqtaning joyi ham 3-4  tomonga nisbatan aniqlanadi. Ordinata  usulida olingan nuqtalar teodolit yo‘li tomonlari bo‘yicha.

Chiziqli kesishtirishi usuli. Nuqtaning joyi tomonlari o‘lchangan uchburchakning uchini  aniqlashdek bajariladi. 9.3.shaklda V va S nuqtalar 3-V, 3-S, 4-V, 4-S masofani 3-4 tomonga  nisbatan  o‘lchash  orqali  aniqlangan.  Planda  V  va  S  nuqtalarni  tasvirlash  uchun  3V4  va  3S4  uchburchaklar tomonlarini plan olish masshtabida sirkul bilan o‘lchab qo‘yiladi. Teodolit yo’li punktlarini joyda belgilash.

Taxeometrik s’yomkaning mohiyati.  Planga joyning tafsilotlari bilan relefi  tushirish topografik plan olish deyiladi. Taxeometrik  va menzulaviy plan olish topografik plan olishning o‘zginasidir. Taxeometriya so‘zini o‘zbekcha  tarjima qilsa «tezo‘lchash» ma’nosini anglatadi. Taxeometrik plan olishda gorizontal va vertikal  plan olish bir vaqtning o‘zida vertikal aylanaga ega bo‘lgan taxeometr-teodolit bilan bajariladi.

Nuqtalarning  planli  o‘rni  gorizontal  burchak    va  masofa  bilan,  uning  nisbiy  balandligi  trigonometrik nivelirlash orqali aniqlanadi. Taxeometrik plan olish o‘rtacha murakkab tafsilotga va  relefi yaxshi formaga ega bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba