Bosh sahifa mavzular Teodolitlarni tekshirish va sozlash.

Teodolitlarni tekshirish va sozlash.

0
Teodolitlarni tekshirish va sozlash.

Teodolitlarni tekshirish va sozlash.Teodolitlarni tekshirish va sozlash. 

Teodolitlarni tekshirish va sozlash.Teodolitlar ma’lum mexanik, optik va geometrik talablarga javob beradigan qilib yasaladi.

Teodolitni  ishlatishdan  oldin  uni  sinab  va  tekshirib,  kamchiligi  bor-yo‘qligini  aniqlash,  topilgan kamchiliklarni yo‘qotishga xarakat qilish kerak. Sinash bilan tekshirishni farqi bor.

Sinash paytida teodolit ayrim qismlari ma’lum talablarga mos kelish-kelmasligi va detallarni  benuqson ishlashi, limb bo‘laklarni qiymati to‘g‘riligi, adilak pufakchsi erkin va ravon qo‘zg‘alishi,  buyumlar ko‘rish trubasidan ravshan ko‘rinishi.

Tekshirish  deganda,  uning  tuzilishi  sharti  bo‘yicha  ayrim  qismlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  geometrik nisbatlarni aniqlash tushuniladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, ayrim qismlari  o‘zaro munosabatini keragiga moslashga teodolitni sozlash (yustirovka) deyiladi. Teodolitni sinash  va tekshirishdan avval uning shtativga mustaxkam o‘rnashganligini, limb alidada, qarash trubasi  o‘qlari atrofida ravon aylanishi, maxkamlash , ko‘tarish va yo‘naltirish vintlari to‘g‘ri va bemalol  buralishini aniqlash kerak. Teodolitni tekshirganda quyidagi talablar bajarilishi shart:

  1. Gorizontal doira har bir adilagining o‘qi teodolitning asosiy o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi

kerak;

  1. Qarash trubasining vizir o‘qi aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak;
  2. Qarash trubasining  aylanish  o‘qi  teodolitning  aylanish  o‘qiga  perpendikulyar  bo‘lishi

kerak;

4. Iplar to‘rining vertikal chizig‘i trubaning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak.
Yo‘nalishlar azimutini o‘lchashdan oldin teodolitning bussolini ham tekshirish kerak.

6.4.Teodolit bilan gorizontal burchak o‘lchash. 

Burchakni   o‘lchash   uchun   teodolit   avvalo   o‘lchanadigan   burchak   uchiga   (nuqtaga)  o‘rnatilishi, so‘ngra nuqtaga markazlashtirilishi, asbobning aylanish o‘qi vertikal holatga keltirilishi  va qarash trubasi kuzatish uchun moslanishi lozim.

–  Teodolitlarni  nuqtalarga  markazlashtirish  uchun,  uning  o‘rnatish  vinti  uchidagi  ilgakka  shovun osiladi, so‘ngra shtativ nuqta ustiga aniq gorizontal xolatda, shovun taxminan nuqtalarga  to‘g‘ri keladigan qilib o‘rnatiladi, shtativ oyoqlari erga botiriladi. O‘rnatish vinti bo‘shatiladi, asbob  shtativ ustiga surib, shovun joydagi nuqtalarning markaziga to‘g‘ri keltiriladi, keyin o‘rnatish vinti  burab maxkamlanadi;

Teodolit aylanish o‘qini vertikal xolatga keltirish uchun teodolitning gorizontal doirasidagi
adilak  o‘qi  taglikdagi  ikkita  ko‘tarish  vintiga  nisbatan  parallel  vaziyatga  keltiriladi,  adilak pufakchasi naychaning qoq o‘rtasiga kelguncha ko‘tarish vintlari qarama-qarshi tomonga buriladi,  keyin 900 burib uchinchi vinti ham buraladi.

Qarash trubasini joydagi buyum ravshan ko‘rinadigan qilib moslash uchun truba orqali  yorug‘ fonga (osmon, oq devor) qaraladi va trubada iplar to‘ri yaqqol ko‘rina boshlaguncha okulyar  aylantiriladi,  keyin  buyum  aniq  ko‘ringuncha  kramaleri  vinti  aylantiriladi.  Trubani  bunday  sozlashga fokuslash deyiladi. Teodolitlarni tekshirish va sozlash.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba