Teodolitli s’yomkaning mohiyati.
Teodolitli s’yomkaning mohiyati.Teodolit va o‘lchash lentasi yordamida joyning kontur planini olish teodolit bilan plan olish deyiladi. Bunda joyning relefi planda tasvirlanmaydi. SHuning uchun teodolit bilan plan olishni gorizontal plan olish ham deyiladi.
Asosan teodolit bilan plan olish tekislik joyda qo‘llaniladi. Bunda teodolit yo‘li ko‘rinishidagi plan olish to‘ri barpo qilinadi. Bu to‘r kesma chiziq shaklida bo‘lib, burchaklari teodolit bilan va tomonlari po‘lat lenta bilan o‘lchanadi. Lenta o‘rnida aniqlikni ta’minlaydigan dalnomyer ham qo‘lanishi mumkin.
Teodolit yo‘li uchlari joyda belgilangan ko‘pburchakdan iborat: ko‘pburchakning d1 d2 d3 … dn tomonlari va bu tomonlar orasidagi burchaklar b1 b2 b3 … bn o‘lchanadi. O‘lchash natijalariga asoslanib ko‘pburchak uchlarining koordinatalari topiladi.
Teodolit yo‘li ochiq poligon va yopiq poligon ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Teodolit yo‘lini o‘tkazish vaqtida bajariladigan ishlar:
1) Teodolit yo‘lini loyihasini tuzish.
2) Rekognossirovka.
3) Teodolit yo‘li punktlarini joyda belgilash.
4) Teodolit yo‘lini o‘tkazish vaqtida o‘lchash ishlari.
5) O‘lchash natijalarini ishlab chiqish va teodolit yo‘li punktlarining koordinatalarini
aniqlash.
Teodolit yo‘li loyihasini tuzish. Teodolit yo‘li loyihasi yirik masshtabli topografik karta yoki plan asosida tuziladi. Loyihani tuzishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
a) teodolit yo‘li maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim, teodolit yo‘li turli maqsadlarda
o‘tkazilganligidan, unga qo‘yilgan talablar ham turlicha bo‘ladi;
b) teodolit yo‘lini o‘tkazish vaqtida o‘lchash natijalarini tekshirish va ularga baxo berish
uchun teodolit yo‘li, triangulyasiya, poligonometriya umuman planli koordinatalari ma’lum bo‘lgan punktlarga bog‘lanish yoki yopiq poligon va tugun punktlar hosil qilishi kerak;
v) teodolit yo‘lining har tomoni 350 metrdan uzun, o‘zlashtirilgan joyda 20 metrdan, o‘zlashtirilmagan joyda 40 metrdan qisqa bo‘lmasligi kerak.
g) boshlang‘ich va oxirgi punktlar hamda tugun punktlar oralig‘i belgilangandan uzun bo‘lmasligi kerak.
Rekognossirovka. Teodolit yo‘lining loyihasi tasdiqlangandan so‘ng topografik plan olishda asoslanadigan geodezik tayanch punktlarning o‘rnini tanlash maqsadida joy ko‘zdan kechiriladi va tekshiriladi.
Rekognossirovka deb ana shunga aytiladi. Bu vaqtda teodolit yo‘lini loyihaga muvofiq o‘tkazish mumkin, mumkin emasligi hamda geodezik tayanch punktlar bor yo‘qligi aniqlanadi.
Rekognossirovka vaqtida quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
a) teodolit yo‘lining ketma-ket joylashgan punktlari bir-biridan ko‘rinishi;
b) teodolit yo‘lining tomonlari masofani o‘lchash qulay bo‘lgan joylardan o‘tish;
v) tafsilot va rel’efni planga olishni qulaylashtirish maqsadida punkt uchun qoqilgan belgilarmustaxkam o‘rnashadigan va uzoq saqlanadigan qulay joy tanlanishi;
g) punktlar plani olinadigan rayon uchun bir xil tartibda nomerlanishi kerak.
Rekognossirovka natijalariga asoslanib, teodolit yo‘lini o‘tkazish sxemasi va ish plani tuziladi. Teodolitli s’yomkaning mohiyati.












