Texnik-taktik mahoratni baholash.
Shug‘ullanuvchilarning texnik-taktik tayyorgarligi o‘yinning asosiy harakatlarini o‘zlashtirganlik darajasi bilan belgilanadi. Yuqoridan va pastdan to‘pni ikki qo‘llab qabul qilish, uzatish texnikasini baholashda konsentrik nishonlardan foydalaniladi. Yuqoridan ikki qo‘llab to‘p uzatishda devorgacha bo‘lgan masofa 2,5 m, pastdan to‘pni qabul qilishda – 3 m. 10 marta to‘p uzatishda to‘plangan ochkolar va to‘pni yo‘qotish hisoblab boriladi.
To‘pni o‘yinga kiritish texnik-taktik malakalar aniqlik va to‘pning uchish tezligi bilan tavsiflanadi. To‘pni odatda 1, 6, 5-zonalarga tushirish talab etiladi va har bir zonaga aniq ravishda to‘p tushirish uchun 6 urinish beriladi. Hujum zarbasini berish ko‘nikma va malakasini baholashda 3-zonadan uzatilgan to‘pga 4 va 2-zonalardan zarba berish qo‘llaniladi. O‘rgatishning dastlabki bosqichida maydon bo‘ylab berilgan zarba texnikasi baholanadi.
Zarur Sharoitlarda hujum zarbasini belgilangan zonalar bo‘yicha berish qo‘llanilishi mumkin, bunda hujum zarbasi uchun uzatilayotgan to‘plar barqaror bo‘lishi zarur. Yuqorida keltirilgan nazorat mashqlaridan tashqari o‘yin Sharoitida uchraydigan quyidagi mashqlardan foydalansa bo‘ladi. Masalan, bog‘lovchi o‘yinchining aniq to‘p uzata bilish darajasi quyidagi maishq yordamida aniqlanadi. O‘yinchi quyidagi tartibda to‘p uzatishni bajaradi: bosh ustiga to‘p uzatish, nishon tomon to‘p uzatish (aniqlik hisobga olinadi), burilish, 1–1,5 m balandlikda bosh ustida to‘p uzatish, 180° burilish, bosh orqasidan nishon tomon to‘p uzatish va hokazo. 10 ta to‘p uzatishdagi ochkolar va to‘pni yo‘qotish hisobga olinadi.
Hujum zarbasini berishda yetarli tayyorgarlik mavjud bo‘lganda, o‘yinchining o‘zi to‘p tashlab, ko‘rsatilgan zonalar bo‘yicha zarba berish harakati baholanadi. Bu maishqning ijobiy jihati Shundaki, zarba berish natijasi to‘pni uzatuvchi o‘yinchining to‘p uzatishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Odatda, hujum zarbasi bir-ikki qadam qilib bajariladi. To‘rga tegish, o‘rta chiziqdan o‘tib ketish xato urinish hisoblanadi. To‘siq qo‘yishni obyektiv ravishda baholash hozirgi kungacha aniqlanmagan. Ushbu texnik usulni baholashda «To‘r ustidagi to‘p» qurilmasidan foydalaniladi.
Bunda turli balandlik va masofada o‘rnatilgan to‘pga to‘siq qo‘yishda qo‘l kaftini to‘r ustidan o‘tkazib bajarilgan harakat baholanadi. Bundan tashqari, bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lgan (yoki unga Yaqin) o‘yinchilarning hujum zarbasini berishi va unga to‘siq qo‘yishda ko‘rsatilgan natija hisobga olinishi bilan baholanadi.











