Texnikaviy nivelirlashni bajarish.

0
Texnikaviy nivelirlashni bajarish.

Texnikaviy nivelirlashni bajarish.

Texnikaviy nivelirlashni bajarish.

Texnikaviy nivelirlashni bajarish.O‘rtadan nivelirlash.  O‘rtadan  nivelirlashda  nivelirlanayotgan  nuqtalarga  tik  qilib  reykalar  o‘rnatiladi,  reykalar oralig‘iga esa nivelir o‘rnatiladi. Nivelir ish holatiga keltiriladi, qarash trubasi oldin keyingi reykaga  vizirlanib, reykadan a sanoq olinadi, so‘ngra oldingi reykaga qaratiladi va v sanoq olinadi. SHunda  V nuktani A nuktaga nisbatan balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi:

hAB = a – b

O‘rtadan  nivelirlashda  nisbiy  balandlik  keyingi  reykadan  olingan  sanoq  bilan  oldingi reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo‘ladi. Texnikaviy nivelirlashni bajarish.

O‘rtadan  turib  nivelirlashda  ikkinchi  nuktaning  absolyut  balandligini  nisbiy  balandlik bo‘yicha hisoblashda Hi = HA + i

Asbob gorizonti bo‘yicha hisoblashda esa                 HB = Hi  -b              bo‘ladi.

Asbob gorizonti esa                                                 Hi = HA + a              bo‘ladi.

Geometrik nivelirlashda asosan o‘rtadan nivelirlash qo‘llaniladi. O‘rtadan nivelirlash mumkin bo‘lmagandagina oldinga nivelirlash metodi ishlatiladi. Oldinga nivelirlashning kamchiligi shundan  iboratki,  nishab  joyning  nisbiy  balandligi  nivelir  balandligi  bilan  reykadan  olingan  sanoq  ayirmasiga teng bo‘lganligidan bunda faqat asbob balandligiga teng bo‘lgan nisbiy balandliknigina  o‘lchash mumkin.

Bundan tashqari, oldinga nivelirlashda har bir stansiyada asbob balandligini aniq  o‘lchash zarur bo‘lganligidan ish ancha qiyinlashadi va mexnat ko‘p sarf bo‘ladi.

O‘rtadan nivelirlashning afzalliklari quyidagilardan iborat: 

a) har bir  stansiyada  reyka  balandligiga  teng  bo‘lgan  nisbiy  balandlikni,  ya’ni  oldinga nivelirlashdagiga nisbatan kattaroq nisbiy balandlikni o‘lchash mumkin; b) har bir stansiyada nivelir balandligini o‘lchashning hojati yo‘q;v) nivelirning qarash   trubasi   nivelir   bilan   reyka   orasidagi   masofani   kattalashtirib ko‘rsatganligidan oldindan nivelirlashdagiga qaraganda ikki barobar uzunroq masofani nivelirlash  mumkin.

g) asbob ikki nuqta o‘rtasiga o‘rnatilganligidan yer egriligining va atmosfera refraksiyasining ta’siri juda kamayadi; d) asbob nivelirlanayotgan ikki nuqtaning qoq o‘rtasiga o‘rnatilganda asbob vizir o‘qining gorizontal emasligi natijasida ro‘y beradigan xatoning ta’siri bo‘lmay Bu o‘rtadan nivelirlashning asosiy afzalligi bo‘lib hisoblanadi.

O‘lchov  asboblarining  ishidagi  xatoni  butunlay  yo‘qotib  bo‘lmagani  singari,  qanchalik  sinchiklab  tekshirilmasin,  nivelirning  vizir  o‘qini  ham  mutlaqo   gorizontal  holatga  keltirib  bo‘lmaydi.  SHu  tufayli  oldinga  nivelirlashda  reykadan  b  sanoq  emas,  sal  noto‘g‘riroq  sanok  b1sanoq olinishi mumkin.

Bu xato nisbiy balandlikni aniqlash natijasiga ta’sir qiladi. Oldinga nivelirlashda xato D ni  yo‘qotib bo‘lmaydi. O‘rtadan nivelirlashda o‘lchash natijasiga bu xato deyarli ta’sir etmaydi. Masalan, qarash  trubasi orqadagi reykaga vizirlanib sanoq olinganda ro‘y bergan xato tufayli a sanoq o‘rniga a1 = a  + D sanoq, oldindagi reykaga qarab sanoq olinganda esa v o‘rniga b1 =b + D sanoq olinadi.

SHu sanoqlardan nisbiy balandlik hisoblab chiqariladi.h = a’ – b’  a’ va b’ lar o‘rniga ularning qiymati qo‘yilsa

h =(a + D) – (b + D)vah = a + D – b – D, yoki   h = a – b bo‘ladi.

SHunday  qilib,  o‘rtadan  nivelirlashda  asbobning  vizir  o‘qi  aniq  gorizontal  bo‘lmaganligi sababli reykalardan sanoqlar olingandagi xato bir-biriga teng bo‘ladi, ya’ni har ikkala reykadan  olingan sanoqlar bir xil miqdorga o‘zgaradi. Natijada ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik to‘g‘ri  aniklanadi.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba