Tilshunoslik haqida umumiy ma’lumot. Tilning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, tillarning tasnifi.
Tilshunoslik haqida umumiy ma’lumot. Tilning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, tillarning tasnifi. Til haqidagi fan juda qadimda vujudga kelgan va murakkab taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Lingvistikaning hozirgi holatini, eng muhim muammolarini yaxshiroq tushunish uchun uning shakllanish bosqichlari, asosiy manbalari to`g`risida yetarli ma’lumotga ega bo`lish zarur.
Jahon tilshunosligi tarixini o`rganish umumiy tilshunoslikning eng muhim muammolari – tilning mohiyati, til va tafakkurning munosabati, tilning taraqqiyot qonunlari va jarayonlari, tilning strukturasi va sistemalilik xarakteri, tilni tekshirish metodlarini atroflicha tushunishga juda katta yordam beradi va talaba dunyo qarashini kengaytiradi.
Lingvistika filologik ehtiyoj tug`ilgan joyda paydo bo`ladi. Eng qadimgi tilshunoslik Misr va Finikiyada taraqqiy qilgan, chunki bu mamlakatlarda birinchi marta piktografik ieroglif, keyinchalik fonografik (tovush) yozuv yaratildi.
Qadimda akkadiylar (vaviloniyaliklar) Messopotamiyaga (Yefrat va Tigr daryolarining o`rtasidagi territoriyaga) kelib, qadimgi madaniy xalqlar – shumerlar tilining birinchi lug`atlarini tuzishga kirishdilar. Shumerlar kashf qilgan mix yozuvini keyinchalik akkadiy, xett, qadimgi fors va elamiy xalqlari ham qabul qildilar.
Umuman olganda, tilshunoslik fani o`z taraqqiyoti davomida yangi-yangi faktlar va umumlashmalar bilan boyib bordi hamda lingvistik bilimlar ufqi har jihatdan kengaydi.
Eng qadimgi lingvistik an’analar Hindiston, Xitoy, Arabiston, Gretsiya, Rim va O`rta Osiyo kabi madaniyat o`choqlarida vujudga keldi.
Tilshunoslik haqida umumiy ma’lumot. Tilning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, tillarning tasnifi.











