Topishmoqlar va ularning shakllanish tarixi haqida.

0
Topishmoqlar va ularning shakllanish tarixi haqida.

Topishmoqlar va ularning shakllanish tarixi haqida.

Topishmoqlar va ularning shakllanish tarixi haqida.

Topishmoqlar xalqning turmush tarzi va qadimiy e’tiqodlari ifodasi sifatida yuzaga kelgan. Ular shartli nutq natijasida qadimiy ajdodlarimizning ibtidoiy animistik va totemistik qarashlari shakllana boshlagan davrlarda–“insoniy shuur endigina uchqunlana boshlagan zamonlarda” (F.I.Buslayev) paydo bo‘la boshlagan.

Qadimgi ajdodlarimiz tabiat stixiyasi oldidagi ojizliklari tufayli narsalarni, odamlarni, hayvonlarni, qushlarni o‘z nomlari bilan aytmay, ularni g‘ayritabiiy kuchlar zararidan, insu jinslar va balo-qazolardan omon saqlashni ko‘zlab, boshqa so‘zlar bilan pardali qilib ayta boshlashlaritufayli ilk topishmoqlar yuzaga kelgan, buning izlarini hozirgi o‘zbek topishmoqlarida ham kuzatish mumkin, aytaylik, otani–nor, momoni–tuya, echkini–Abdukarim, quyonni–uzunquloq, itni–shalpangquloq, ko‘zni–darcha, bug‘doyni–qizil deb atalashida o‘sha sirlilik nishonalari mavjud.

Predmetli topishmoqlarda yashiringan aniq narsaning individual xususiyatlari lo‘nda, siqiq, sodda va tushunarli tarzda badiiy so‘z vositasidachizib beriladi. Ularda borliqdagi narsalarningo‘zaro o‘xshashligi va yaqinligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shu ma’lumotlar yordamida inson tevarak-atrofidagi narsa-hodisalarning serqirraligini his qiladi.

Predmetli topishmoqlarda yashiringan narsaning miqdori muhim rol o‘ynaydi. Shu xususiyatiga ko‘ratopishmoqlar ikki turkumga ajratiladi:

  1. 1. Bir predmetli topishmoqlar. Bu xildagi topishmoqlarda birgina narsa jumboqlanadi: jumboq ham bitta, javob ham bittadir: “Bossang, vaqillaydi”, “Jar boshida jarti supra” topishmoqlari birgina satrdan iborat holda jumboqlangan va “baqa” hamda “quloq” singari birgina javobga ega. Bunday topishmoqlar ikki, uch, to‘rt satrli ham bo‘lishi mumkin. “Oy”ni yashirgan “Bir parcha patir–olamga tatir” ikki satrli; “baliq”ni yashirgan “Suv ichar ko‘ldan, ko‘zlari nurdan, terisi puldan” uch satrli va “toshbaqa”ni yashirgan “Beli, beli belang ot, Beli qalin yo‘g‘on ot, Tog‘u toshdan yumalab, Tura kelar to‘rig‘ ot” to‘rt satrli bo‘lsa-da, bir predmetlitopishmoqlardir.

Chunki ulardagi har bir satrda yashiringan narsaning bir belgi-xususiyati ta’rif, yo tavsif qilingan. Biroq aslida birgina narsani jumboqlagan, bir necha mustaqil topishmoqlar o‘zaro birlashib, bir butunlik hosilqilishgan bo‘lsa-da,biribir, birgina javobga ega bo‘lib, bir predmetli topishmoqligicha qolavergan:

Chopsa–chopilmas,

Bo‘lsa–bo‘linmas,

Kessa–kesilmas, Ko‘msa–ko‘milmas, Yo‘nsa–yo‘nilmas.

Besh satrning har biri mustaqil topishmoq sifatida “soya” hodisasini yashirganidek, bir butun holatida ham shu yagona javobga ega. Bu xildagi topishmoqlar sodda topishmoqlar, deb ham yuritiladi.

2.Ko‘p predmetli yoki murakkab topishmoqlar. Yuqorida ko‘rilganidek, hamma birlashgan topishmoqlar ham bir predmetli bo‘lavermaydi. Aytaylik: Tog‘da talaymonni ko‘rdim, Suvda sulaymonni ko‘rdim.

Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,

Yumalab yotgan toshni ko‘rdim,-

topishmog‘ining har bir satri mustaqil bir jumboq bo‘lib, ko‘p predmetlilik xususiyatini kasb etgan. Bu murakkab topishmoqda bir yo‘la to‘rt narsa–bo‘ri, baliq, sumalak va toshbaqa jumboqlangan. Har bir bayti alohida topishmoq shaklida ham aytilishi mumkin, faqat saj’lanish asosidagi ohangdoshlik baytlarda bir butunlikni yuzaga keltirib, kompozitsion yaxlitlikni ta’minlagan.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, aslida topishmoqlar har gal bir predmetli shaklda jumboqlanib yuzaga kelgan esa-da, og‘zaki ijro jarayonida vaqt o‘tishi bilan yangi-yangi jumboqlanishlar evaziga murakkablasha borib, ko‘p predmetlilik xususiyatini kasb etishgan: “Chaqaloq” qachonlardir “Og‘zida bor ozig‘i” tarzida bir predmetli topishmoq holida jumboqlangan, keyinchalik beshikpaydo bo‘lib, sumakdan foydalanish odatga kirgach, ikkinchi predmet hamyondosh holda jumboqlana boshlangan, natijada topishmoq yana to‘lisha borgan:

Og‘zida bor ozig‘i,

Tagida bor qozig‘i.

Davr o‘tishi bilan “beshik”, “ko‘krak” va “tuvak” ham jumboqlanib, topishmoqning yanada murakkabroq namunasiga aylangan. Bunda jumboqlangan predmetlarning mantiqan o‘zaro aloqadorligigae’tibor berilgan:

Taqir-taqir taqirmon, uni toping, dilbarim.

Ichida bor mehribon , unitoping, dilbarim.

Og‘zida bor ozig‘i, uni toping, dilbarim.

Tagida bor qozig‘i, uni toping, dilbarim.

Qoziq osti xurmacha, uni toping, dilbarim.

Ko‘p predmetli topishmoqlar goho birgina savoldan iborat bo‘lgani holda bir necha javobni talab qiladi: Dunyoda to‘rt narsa yo‘q. Javobi:–Osmonning ustuni yo‘q, Hovuzning qopqog‘i yo‘q. Ko‘rpaning yengi yo‘q,

Oshpichoqning qini yo‘q.

Ko‘ppredmetlilik topishmoqlarning eng murakkab turi chaldirmoqni yuzaga keltirgan. Chaldirmoqlar ham she’riy, ham nasriy shakllarda uchraydi. Nasriy chaldirmoqlar esa ertak, yoki masala shaklidadir: “Bir to‘da g‘oz uchib borar ekan. Bir g‘oz kelib: “Ey yuz g‘oz, salomat bormisiz?”–debdi. Unda to‘dadagi g‘ozlardan biri aytibdi: “Biz yuz g‘oz emasmiz, yana biz miqdori g‘oz bo‘lsa, yana bizning yarmimiz miqdoriva yarmimizning yarmi bo‘lsa, o‘shanda sen hamqo‘shilsang– yuz g‘oz bo‘lamiz”.Havodagi g‘ozlar qancha ekan? Masala tipidagi bu chaldirmoqning javobi: 36 +36 +18 +9 +1 =100.

Topishmoqlarda xalq turmushining barcha qirralari ifodalangan: ularda ijtimoiy davr va vaqt tushunchasi mavjud. Shu xususiyatiga ko‘ra ularning qachon yaratilganini belgilash va o‘sha davr voqeligiga baho berish mumkin: “Bit”ni yashirgan “Abdullaxon–beustuxon” topishmog‘ida xalqqa og‘irjafolar ko‘rgazgan XVI asrdagi Buxoroamiri zolim Abdullaxon I obrazi yaratilgan. Ijtimoiy tengsizlikka nafrat ifodasini Andijonda yashagan mashhur isqirt boy Samatjonga munosabat asosida yaratilgan “sichqon” haqidagi tubandagi topishmoqda ham ko‘rish mumkin:

Tokchama-tokcha,

Samatjon boyvacha.

O‘zgalarni ezish hisobida dunyo orttirgan tekinxo‘r Samatjon boyvachchaning sichqondan nima farqi bor? Topishmoqdagi ijtimoiy motiv mohiyatini ana shu istehzo tashkil etadi.

Yaratilish davri va mazmuniga ko‘ra topishmoqlarni ikki guruhga ajratish mumkin:

An’anaviy topishmoqlar–xalqning uzoq o‘tmishiga daxldor topishmoqlar silsilasi. Ularda ajdodlarimizning butun moziy davomidagi turmush tarzi, ijtimoiy-estetik qarashlarini ifodalovchi narsa vahodisalar jumboqlangan. Aytaylik, qachonlardir topishmoqlar kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarni aniqlashda vositachilik vazifasini bajargan. O‘shanda topishmoqlar hozirgidek ma’naviy o‘yin xarakterida bo‘lmagan, balki aqlni, kuch-g‘ayratni sinovdan o‘tkazish shartisifatida xizmat qilgan. Topishmoqlar yordamida el-u yurtga boshliq (podshoh) tanlangan, jang-u jadallarda urushuvchi tomonlar lashkarboshlarining topishmoqqa bergan javobining to‘g‘ri yo noto‘g‘riligiga qarab, g‘olib belgilangan va ortiqcha qon to‘kishlar oldi olingan.

O‘shanda topishmoq javobini topolmagan tomon “shahar berdim” deb yengilganini tan olgan va g‘olib istagan shahar, yo qishloqni o‘z mamlakatiga qo‘shib olgan. Hozirgacha topishmoq shartini topolmay yutqizganda “shahar berdim” deyishlari shundan qolgan. Hatto yigit-qizlarning bir-birlariga munosib umr yo‘ldoshi tanlashlarida ham topishmoqlar bo‘lajak kuyov uchun aql sinovi shartiga aylangan. Bu mulohazalarni xalq og‘zaki ijodidagi ayrim afsona va ertaklar ham tasdiqlaydi.

Chunonchi, yunonlarning Sfinks haqidagi afsonasida aytishilicha, dono Edip maxluq bergan topishmoqqa to‘g‘ri javob topgani tufayli nafaqat omon qoladi, balki boy va g‘oyat go‘zal Fiva shahriga hukmdor etib tayinlanadi. Yoxud, o‘zbek xalqining “Dono qiz” ertagida podsho o‘zi uylanmoqchi bo‘lgan qizning aqlu zakovatinitopishmoq orqali sinagach, so‘ngra, unga uylanishga azm etganligiifodalansa, qator sehrli ertaklarda bosh qahramon yovuz devlarni,jodugar kampirlarni topishmoq orqali mag‘lub etib, o‘zniyatiga erishganligi aks etgan. Xullas, an’anaviy topishmoqlar qadimiy qadriyatlarimizning betakror badiiy namunalari hisoblanadi, ulardan o‘tmishdagi ajdodlarimizning ijtimoiy hayotdan orttirgan asriy tajribalari, tevarak-atrof va borliqqa doir fikr-mulohazalari, mushohadalarini bilib olish mumkin.

Yangi topishmoqlar. Bular bevosita an’navay topishmoqlar ta’sirida yaratilgan bo‘lib, ularga xos an’anaviy shakl, badiiy usullar va jumboqlanish uslubini, asosan, saqlab qolgan. Ularda hamisha zamonaviy mavzuga murojaat yetakchilik qiladi. Bu esa topishmoq janri qismatida davomiylikni ta’minlagan omil hisoblanadi.

Ularni aytishga xalq muayyan tartib-qoidaga, taqvimga rioya qilgan,chunki topishmoqlarni magik so‘z hosilasi deb tushungan. Chunonchi, ruslar xristianlik e’tiqodiga ko‘ra, Iso tug‘ilgan kunga bag‘ishlab 25 dekabrdan 5-6 yanvargacha o‘tkazadigan ikki haftalik “svyatki” bayrami davomida topishmoq aytishsa, o‘zbeklar va tojiklarda dehqonlar kuzgi yig‘im-terimni tugatgach, qishning uzun kechalarida aytishgan. Kunduzgi ishga xalal bermaslik uchun topishmoqni kunduz kuni aytish ta’qiqlangan.

Ajdodlarimiz bug‘doy ko‘karib unib-o‘sayotganda, daraxtlar gullab, meva tugayotganda, hayvonlar qishki uyqudan uyg‘onganda ular haqida topishmoq aytilsa, topishmoqlarda ta’riflansa, ularga yovuz kuchlar hasad qiladi va zarar yetkazadi, deb irim qilishgan. Qishda esa yovuz kuchlar ham tirik tabiatni o‘lgan gumon qilib, uyquga ketgan, deb hisoblashgan. Shunday tasavvur va qarashlar topishmoq aytish taqvimini yuzaga keltirgan.

Topishmoqlar yozma badiiy adabiyotga ham samarali ta’sir ko‘rsatib, mumtoz she’riyatda lug‘z, chiston, muammo, ta’rix va muvashshah singarijanrlarning yuzaga kelishiga ta’sta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, XX asrda o‘zbek bolalar she’riyatida adabiy topishmoqlar yozishning an’anaviy tus olishini ta’minladi. Bu sohada Jahon otin Uvaysiy, Gafur Gulom singari zabardast shoirlar boshlagan an’anani Shukur Sa’dulla, Ilyos Muslim, Adham Rahmat, Po‘lat Mo‘min, Safar Barnoyev, Tursunboy Adashboyev, Rauf Tolib va S.G‘afurov singari bolalar adabiyotining turli avlodiga mansub ijodkorlar davom ettirmoqdalar. Ayniqsa, ulkan bolalar shoiri Quddus Muhammadiyning she’riy-adabiy topishmoq janridagi ijodiy izlanishlari g‘oyat samaradorligi bilan e’tiborga loyiq. Shoir “Toping-chi?”, “Viz-viz”, “O‘ylab top”, “Buni toping bolalar, aytib bermang onalar” singari she’riy adabiy topishmoqlarida xalq topishmoqlariga xos an’anaviy unsurlarni istifoda etish bilan cheklangan bo‘lsa, “Militsioner amakim” asarida xalq posbonlariga xos xususiyatlarni jumboq holida ta’riflash asosida kasbni sir tutadi va sharaflovchi ma’no beradi. Natijada, she’rning har bandi–bir jumboq tusini oladi. Olti band–olti jumboq shaklida jamlanib, yagona umumlashma poetik g‘oyani aks ettiradi. Har bir bandda el soqchilarining ma’lum bir fazilati ta’riflanib, shu ta’riflarning kimga taalluqliligi sir tutiladi. Bunday jumboqning javobi har bir bandagi so‘nggi misrada ochiladi:

Qomatiga kelishgan forma, pagoni,

Yonboshida charm, qinda nagani, Yigitlar arsloni, man-man degani, Bolalarim bilasizmi? Ayting kim?

-Kamar taqqan militsioner amakim!

Shu zaylda u topishmoq janri kompozitsion tuzilishidan ijodiy foydalanib, she’riy adabiy topishmoqning yangi ichki namunalarini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Binobarin, xalq topishmoqlari qatorida bu xildagi adabiy topishmoqlardan ham yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda, didaktik va axloqiy maqsadlarda keng vasamarali foydalanilmoqda. Topishmoq endilikda tom ma’noda, bolalar ma’naviy mulkiga aylandi va ularni hozirjavoblikka, topqirlikka, narsa va hodisalar mohiyatini teran anglashga, sezgirlik va sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rgatish uchun xizmat qilmoqda.

Mavzular.

manba