Topografik kartani o`rganish va topografik shartli belgilar haqida tushuncha.

0
Joyda burchak o‘lchash tamoyili. 

Topografik kartani urganish va topografik shartli belgilar haqiida tushuncha.

Topografik kartani o`rganish va topografik shartli belgilar haqida tushuncha.

Topografik kartani o`rganish va topografik shartli belgilar haqida tushuncha.Topografik  kartalarda  joy  tafsilotlari  maxsus  shartli  belgilar  bilan  quyidagi  guruxlarga bo‘linib ko‘rsatiladi:
1.Relef.
2.Gidrografiya.

3.O‘simlik va tuproq grunt qoplami.

4.Axoli  yashaydigan  punktlar,  sanoat,  qishloq  xo‘jalik  korxonalari  va  sotsial-iqtisodiy ob’ektlar.
5.CHegaralar.

6.Orientir bo‘la oladigan ayrim ob’ektlar

Topografik kartalarda joy rel’efi gorizontallar bilan, qolgan barcha tafsilotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi.

Topografik shartli belgilar xususiyatlari xamda vazifalariga qarab:

  1. Masshtabli (konturli)
  2. Masshtabsiz
  3. Tushuntiruvchi shartli belgilarga bo‘linadi.    1.Masshtabli yoki  konturli  shartli  belgilar  bilan  karta  masshtabida  konturini  ko‘rsatish mumkin bo‘lgan tafsilotlar, masalan, o‘rmon, botqoqlik, poliz, bog‘, ko‘l va boshqalar tasvirlanadi.  Masshtabli shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarning uzunligi, kengligi, maydonini aniqlash  mumkin. Konturli shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni bir-biridan farq qilish uchun, har  bir kontur ichiga shu tafsilotlarni shartli belgisi beriladi  yoki konturlar turli rangga bo‘yaladi.  Masalan, tokzorga tokning shartli belgisi chizib qo‘yiladi, qamishzor konturining ichiga qamishning  shartli belgisi chizib qo‘yiladi, o‘rmon yashil rangga, ko‘l ko‘k rangga bo‘yaladi va hakoza. Lyokin  kontur ichida berilgan shartli belgi shu belgi bilan tasvirlangan tafsilotning o‘rnini va miqdorini  bildirmaydi. Masalan, bog‘ konturi ichida berilgan doirachalar shu bog‘dagi daraxtlarning o‘rnini  va ularning sonini bildirmaydi.
  1. Karta masshtabida ko‘rsatib bo‘lmaydigan kichik ob’ektlar, masalan, yakka daraxt, buloq, quduq, ko‘prik va boshqalar masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Bunday tafsilotlar karta masshtabida nuqta bilan ko‘rsatiladi, nuqta tafsilot o‘rnini, shartli belgi esa uning qanday tafsilot  ekanligini ifodalaydi. Kartada bunday tafsilotlar orasidagi masofani o‘lchashda va koordinatalarini  aniqlashda tafsilot o‘rni sifatida shu nuqta olinadi. Yo‘llar, soylar, ya’ni cho‘zilib ketgan uzun  chiziqlar tarzidagi tafsilotlar ham masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Ularning faqat  uzunligi karta masshtabida ko‘rsatilib, kengligi masshtabsiz beriladi.  Aholi yashaydigan punktlar, bog‘lar, tokzor singari yirik tafsilotlar kartaning masshtabiga  qarab masshtabli yoki masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlash mumkin.
  1. Konturli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni qo‘shimcha ravishda xarakterlash va ularning turini ko‘rsatish uchun tushuntiruvchi shartli belgilar ishlatiladi.O‘rmon konturlari ichida beriladigan – o‘rmonning turini ko‘rsatuvchi shartli belgi, daryo  oqimini ko‘rsatuvchi, strelka – tushuntiruvchi shartli belgiga misol bo‘la oladi. Topografik kartada  beriladigan barcha raqamlar, harflar, qisqartirilgan va to‘la berilgan yozuvlar ham tushuntiruvchi  shartli belgilar bo‘lib hisoblanadi.  Tafsilotlar  katta  kichikligiga  qarab  topografik  kartalarda  har  xil  kattalikdagi  xarf  (shrift)  ishlatiladi.   Masalan:   axoli   yashaydigan   punktlarning   nomi   axolisining   soni   va   ma’muriy  axamiyatiga  qarab  turli  kattalikdagi  xarflar  bilan  yoziladi.  Topografik  kartalarda  tasvirlangan  tafsilotlarni bir-biridan farq qilish va tez tushinilishi uchun o‘zining tabiiy rangiga mos keladigan  rangga bo‘yaladi. Masalan, o‘rmon, bog‘, tokzor – yashil rangga, ko‘l, daryo, kanal, xovuz, buloq –  havo rangga, rel’ef va uning elementlari, jar, qum… – jigar rangga bo‘yaladi. Topografik kartani o`rganish va topografik shartli belgilar haqida tushuncha.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba