Topografik plan yoki kartalar bo‘yicha yechiladigan masalalar.
Topografik plan yoki kartalar bo‘yicha yechiladigan masalalar. Plan gorizontallari buyicha joy relefini baholash va injenerlik inshootlarini loyihalash bilan bog‘liq, bo‘lgan ko‘pgina masalalarni echish mumkin. Bunday masalalarga gorizontallar ustida va ular orasida yotgan nuk,- talarning balandliklarini aniqlash, joy chiziqlari nishabliklari va qiyaliklarini aniqlash, berilgan chiziq yunalishi bo‘yicha profil tuzish, berilgan nishablikdagi chiziqni o‘tkazish, yer tekislash uchun qiya sirtni loyihalash, jismlar hajmlarini hisoblash kabi echimlari kuyidagi misollarda keltirilgan masalalar kiradi.
Gorizontal belgisini berilgan nuqtaning balandligi va ma’lum relef kesimi buyicha aniqlash. Bu masalani echishda gorizontal belgisi relef kesimi balandligiga karrali, berilgan nuqta balandligi va eng yakin gorizontal belgisi farqi relef kesimi balandligidan kam bulishi kerak. Masalan berilgan karta varagiqismida gorizontallar 2,5 m dan utkazilgan, Malinovka tog‘ibalandligi esa 159,7 m, demak, yaqinroq eng kichik gorizontalning balandligi 157,5 m (kvadrat 6411).
Joy nuqtalari belgilarini aniqlash. Agar nuqta gorizontalda yotgan bo‘lsa, uning belgisi gorizontal belgisiga teng. Masalan (kvadrat 6511) N1=152,5 m, ikkinchi nuqtaning belgisi balandligi harxil bo‘lgan gorizontallar orasida joylashgan. SHu sababli uni ko‘zda interpolyasiyalash orqali topish mumkin. N2 = 155,0 + 1,3 = 156,3 m. Agar nuqta bir nomli gorizontallar orasida yotgan bo‘lsa uning balandligi taqriban topiladi: 0,5 h gorizontaldan katta yoki kichik, ya’ni N3 = 155,0-1,2 = 153,8 m.
Gorizontallar orasida yotgan 4 nuqtaning balandligi N4 ni topish uchun esa chiziqli interpolyasiyalashning quyidagi formulasini qo‘llash mumkin:
HB=Hn+(Snb/Smn)h, (4.6.2.)
Bu erda Nn — pastda quyi yotgan gorizontal balandligi, Snb—Bnuktadan pastda quyi yotgan gorizontalgacha bulgan masofa,Smnyondosh gorizontallar orasidagi masofa,h — relef kesimi balandligi.
Yechish: kartada Sd4=150 m; Smn=475 m ulchaymiz, ular- ni va ma’lum Nn—152,5 m va h=2,5 m qiymatlarni (4.6.2.) formulaga qo‘ysak,
Nv =152,5 + (150/475) 2,5 = 153,3 m.
Qiyalikning yotiqlik nishabligi va qiyalik burchagini topish. Qiyalikning yotiqlik nishabligi va qiyalik burchagi i=h/S va v0 =57,3(h/S) formulalardan yoki grafik usulda quyilish masshtablari grafiklaridan foydalanib topiladi , kartaning janubi sharqqismida quyilish masshtabi keltirilgan, undan foydalanishda kartadan ulchagich kadamiga V va S nuq- talar orasidagi (6511) bsmasofa olinib, uni quyilish grafigiga kuyiladi va egri chizik bilan kesishish nuktasi topiladi. Masalan, kuyilish grafigidan olingani Vbc= 2,4°, formula buyicha hisoblangani esa Vbc= 2,3° yoki formulaga kura i = 41%. Topografik plan yoki kartalar bo‘yicha yechiladigan masalalar.












