Transportning boshqa turlarini rivojlanishi.
QUVUR TRANSPORTI
Quvurlar bosim ostida suyuq, gaz va qattiq (maydalangan) yuklarni tashiydigan transport turi. Vazifasiga va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga ko’ra ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: magistral (bunga xalqaro quvur yo’llari ham kiradi); mahalliy (undiruvchi, yig’uvchi, taqsimlovchi); ichki, korxonalar miqyosida (neftni qayta ishlash zavodlari, neft omborlari).
Quvurlar trassasi relyefga bog’liq bo’lmaydi, shuning uchun eng qisqa masofadan o’tkaziladi. Ushbu transport turidan yoqilg’i tashishda keng foydalaniladi (neft, neft mahsulotlar, gaz, qisman ko’mir), undan tashqari, unda suv (vodoprovod) va sut ham tashiladi. Avstriya va Shvetsiyada baland tog’ yaylovlaridan sut (o’z oqimi bilan) quvurlarda tashiladi.
Quvur transporti AQSH, Rossiya, Kanada, Yaqin va O’rta Sharq hamda Yevropa mamlakatlarida rivojlangan. Eng uzun neft va gaz tashiydigan quvurlar AQSH, Kanada va Rossiyada.
ELEKTRON TRANSPORT
Elektron transport – transport geografiyasining eng yangi tarmog’i hisoblanadi. Unda asosan elektroenergiya, tovush, tasvir va turli xil belgilar (telegraf), axborotlar tashiladi. Elektron transportining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: elektr liniyalari, yuqori voltli elektr liniyalari, kabellar, antennalar, tovush, tasvir va belgi tarqatuvchi va qabul qiluvchi stansiyalar. Ushbu transport turining rivojlanish darajasi ham davlatlarning umumiy rivojlanish darajasiga bog’liq.
Tayanch tushunchalar
- Transport magistrali – texnik jihatdan yaxshi jihozlangan, juda katta yo’lovchi va yuk oqimiga ega bo’lgan yo’l-transport.
- Transport tuguni – bir necha transport turi yo’llari tarmoqlanib ketgan joyda
- Tranzit – yo’lovchilar, yuklar va yuk tashish vositalarining jo’nash va kelish joylari orasidagi barcha bekatlar, yo’llar hamda davlatlar.
- Kabotaj yuk tashish – bir mamlakatning ikki bandargohi orasida yuk tashish. Ikkita bo’linadi: tashqi va ichki kabotaj yuk tashish.
- Port (bandargoh) – bu kemalarni turishini, yuklarni tushishi – ortishni va kemalarga xizmat qilishni ta’minlaydigan inshootlari, qurilmalari va jihozlari bo’lgan okean, dengiz va ichki suv havzalaridagi joy.
Transportning boshqa turlarini rivojlanishi







