Trikotaj matosidan buyum tikish texnologik jarayoni.
Trikotaj matosidan buyum tikish texnologik jarayoni.Gazlamadagi iplar chalishuvining tugallangan sikli baxya deyiladi.Qo‘lda solingan baxya halqtilida qaviq deb yuritiladi. Birnecha ketma-ket takrorlangan baxyalardan baxyaqator, qaviqlardan esa qaviqqator hosilbo‘ladi.Qaviqqatorlardan bo‘lak chetigacha yo kiqirqimigacha bo‘lgan masofa chok kengligi deb ataladi.
Ma’lumki, tikuvchilik sanoatida harxil qo‘l ishlari bajariladi.Qo‘l ishlari atamasi ishning xarakterlari nimadan iborat ekanligi va qaerda qo‘llanishi haqida ma’lumot beradi. Qo‘lishlar iatamalari quyidagilar: sirmalash, ko‘klab ulash, bostirib ko‘klash,bukib tikish, yo‘rmalash, qadash va chatishdir.
Qo‘lda bajariladigan ishlarga quyidagi texnik talablar qo‘yiladi. bort yoki burchaklari ag‘darma choklarining bezak baxyaqatorlar chiziqlarini yordamchi andazalar bilan belgilaganda, belgi chiziqlar yo‘g‘onligi 0,1 sm. dan oshmasligi lozim; detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ko‘klashda ipning rangi asosiy detal rangidan ancha farq qilishi kerak;
Qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi qalin-yupqaligiga va shu qaviqqa qo‘yilgan talablarga bog‘liq bo‘ladi; ipning uchi qaviqqator boshida tugilib, oxirida bir joyning o‘ziga ikki-uchta qaviq solib puxtalanadi; doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi asosiy gazlama rangiga mos bo‘lishi kerak; qalinligi har xil gazlamadan bichilgan detallarni ulashda yupqa gazlamadan bichilgan detalni uts tomonga qo‘yish kerak;
Qaviq va qaviqqatorlarni qo‘lda bajarishda diametri 0,6-1,8 mm., uzunligi 30-75 mm. Bo‘lgan 1-12 nomerli ignalardan foydalaniladi. +aviq solishning 2 usuli mavjud: Igna materialning 1 tomonidan sanchilib, shu tomondan chiqariladi. Bir tomondan sanchilib, boshqa tomondan chiqariladi.Qaviqlar tuzilish jihatdan oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy qaviqlar: To‘g‘ri sirma qaviq.
Qiya sirma qaviq. Yo‘rma qaviq.Qiya biriktirma qaviq ,Yashirin biriktirma qaviq.Iroqisimon biriktirma qaviq.Solqi qaviq.Tepchima qaviq. Yolg‘on qaviq. To‘rsimon qaviq. To‘r qaviq. 1. Trikotaj – (fransuzcha «tricotage», ya’ni «tricoter» – to’qimoq) bir yoki ko’plab iplarning trikotaj mashinasida hosil qilingan halqalarning o’zaro chalishishidan hosil qilingan materialdir.
Boshqa to’qimachilik mahsulotlaridan farqli ravishda trikotaj barcha yo’nalishlar bo’yicha cho’ziluvchan bo’lib, shakl va o’lchamlarini o’zgartirish xususiyatiga ega. Uning halqalardan tashkil topgantuzilishi trikotajda yumshoqlik va g’ijimlanmaslikni ta’minlaydi. Trikotaj shuningdek sun’iy mo’yna, to’rlar va shu kabi turli mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng qo’llanadi. Trikotaj tolaviy tarkibi, tuzilishi, pardozlash va mo’ljallanganligiga ko’ra sinflanadi. Ishlab chiqarishda asosan paxta, jun, kimyoviy tolalardan, hamda ularning aralashmasidan foydalaniladi va bir turdagi tolalardan, aralash tolali va har xil turdagi tolalar aralashmasidan to’qiladi. Trikotaj buyumlar havo va namlikni oson o’tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lib, ularni ishlab chiqarishda matolarga nisbatan sintetik xom ashyo ko’p qo’llanadi. Tuzilishiga ko’ra ko’ndalang (kulirli) va tik to’qilgan, bir fonturli va ikki fonturli trikotaj farqlanadi. Ikki fonturli trikotaj qalinroq Мураккаб қавиқлар: Халқа қавиқ. Пухталама қавиқ,Тугма қадаш Темирилгак, кнопкалар.
Muallif: Raximova G.P , Dushamov S. X.












