Trikotaj polotnosi va kiyimi haqida asosiy ma’lumotlar.
Trikotaj polotnosi va kiyimi haqida asosiy ma’lumotlar.Antropologiya ilmiy tadqiqot instituti trikataj sanoati (VN ii TP) materiallari asosida erkaklar, ayollar, bolalar va o`smirlarning trikataj buyumlarini konstruktsiyalashda foydalanish uchun turik gavdalarning o`lchoviga standartlar ishlab chiqildi. Belgilangan tipdagi gavdalar uchun tavsiflangan o`lchamlar BMH (SNG)ning hamma hududlariga ham aholi uchun trikataj buyumlarni loyihalashda foydalanish mumkin.
Chunki bu davlatlarida o’zlarining har bir o`rtacha o`lchamga mos bo’ybalandligi belgilangan.Trikotaj buyumlarini loyihalash standartlarida belgilangan tipdagi gavdalar uchun kattalar va bolalarning trikotaj mahsulotlariga bo`lgan talablarini 70-80% gacha qondiradi, konstruktsiyasini yaxshilash va xomqashyoni tejash orqali trikotaj buyumlari sifatini ko`tarilishiga erishiladi.
Trikotaj polotnosi va kiyimi haqida asosiy ma’lumotlar.Tortilish trikotaj matosining yana bir muhim xususiyatlaridan bo`lib, buyumni loyihalashda albatta hisobga olinishi zarur. Trikatajning tortilishi deb, bichish yoki tikish paytida mato bo`yiga va eniga nisbattan o`zgarishi tushuniladi. Trikotaj matolarini ishlab chiqarish jarayonida mexanik ta’sir ostida tortilish paydo bo`lishi mumkin. Shuningdek, namlab isitib ishlov berish ta’sirida, trikotajga bezak berish jarayonida tortilish vujudga keladi.
Trikotaj matoning qalinligi buyum konstruktsiyasiga ta’sir etadi. Trikotaj ich kiyimlar uchun tolasini turi yoki to`qilishiga qarab qalinligi 0,36 mm dan 0,92 mm gacha bo`ladi. Ustki trikotaj kiyimlar uchun matoning qalinligi 3 mm dan ortiq bo`lganda konstruktsiyalashda tikish haqqi qalinligidan kelib chiqqan holda qo`yiladi, aks holda buyum kengligi bo’yicha torayadi.
Trikotaj buyumlarni loyihalashda matoning kengligini ham inobatga olish zarur. Matolar kengligining turli xilligi ham konstruktsiyalashda qiyinchiliklar tug`diradi. Shuning uchun matoning kengligiga moslashtirib bir xildagi buyumlar uchun ayrim detallar bir necha xilda konstruktsiyalashtiriladi.Chetlarining buralishi-trikotaj matolarining salbiy xususiyatlaridan biridir.
Trikotaj polotnosi va kiyimi haqida asosiy ma’lumotlar.Burilish darajasi tolaning turiga, o`rilish va to`qilish zichligiga bog`liq. Bunday trikotaj buyumlarni konstruktsiyalashda detallar sonining kamligi va ular shakllarining oddiyligiga erishish zarur. Trikotaj buyumlarni ishlab chiqarish bosqichlari Trikotaj buyumlarni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: Kalava va iplarni to’qishga tayyorlash.
To’qish – kalava va iplarni to’qish mashinalarida polotno, kuponlar va buyumlarga qayta ishlash. Polotno, kuponlar va buyumlarni pardozlash. Model eskizlari, konstruksiyasi va andozalarini ishlab chiqish. Loyihalashtirilayotgan mahsulotlarning hamma o’lchamlari uchun andozalarni ko’paytirish. Andozalar joylashmasi ishlab chiqish va mahsulot uchun polotno sarfini normalash. Polotno, kuponlar, qo’shimcha materiallarni bichishga tayyorlash. Ularni bichish. Tikish va tayyor mahsulotni yakuniy pardozlash. Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish.
Muallif: Raximova G.P , Dushamov S. X.












