Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi.

Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Chor hukumati Turkistonni iqtisodiy va siyosiy jihatdangina emas, madaniyma’naviy qoloqlik va qaramlik holatida ushlab turishdan ham manfaatdor edi. Ana shu niyatda o’lkamiz xalqlari o’rtasida jaxolat, xurofot va bid’atni zo’r berib avj oldirdi, ma’naviy-siyosiy manqurtlikni ko’llab-quvvatladi, Bosqinchilar Turkiston xalqining ma’rifat yo’liga kirib, o’z xaq-huquqlarini tanishi, milliy ongi o’sishiga tish-tirnog’i bilan qarshilik qildi. Buning uchun Turkiston general-gubernatori Kuropotkinning, biz tub, joy xalqni taraqqkyotdan, maktabdan, rus hayoti va madaniyatida 50 yil chetda tutdik, degan so’zlarini eslash kifoyadir.
Turkistonda chor hukumati mustamlakachiligi siyosati tufayli ro’y bergan fojiali voqea-xodisalarga qarama-qarshi ravishda ma’rifatparvarlik – jadidchilik harakati dunyoga keldi Ma’rifatparvarlarning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’naviy-axloqiy g’oyalar, fikr-muloxazalari o’sha murakkab tarixiy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi.
Ma’rifatparvarlar xalqimizning donishmand farzandlari sifatida mustamlakachilik davrida Turkistonda hukmron bo’lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, xalqning ma’naviy holati darajasini yaxshi bilganlar. Mustaqillikka erishish uchun xalqning umumiy madaniy saviyasini davr talablari va imkoniyatlari darajasida rivojlantirish, xalqni yangi madaniyat, ma’rifatga chorlash zarurligini chuqur anglab etganlar. Xalqni Evropa mamlakatlari madaniyati, fan-texnika yutuqlari, ilg’or tajribalari bilan tanishishga tinimsiz ravishda da’vat etganlar. Bilimli, madaniyatli, ma’naviyatli millat va xalq juda katta ijtimoiy kuchga aylanishini ma’rifatparvarlar birinchilardan bo’lib tushunib etganlar. «Asta-sekin ma’rifatchilikdan jadidchilik o’sib chiqdi va u ma’lum darajada siyosiy masalalarni olg’a sura boshladi. Yangi talim-tarbiya, yangi maktab, yangi maorif, uni boshqarish, madaniy targ’ibot, tashkilotchilik, masalalari asosiy o’ringa ko’tarildi. Yangiliklarga asoslangan holda rus va eski maorifdan farq qiluvchi fikrg’oyalar oldinga surildi, ular mahalliy matbuot, turli kitoblar orqali keng targ’ib qilindi.
Bu madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi mustaqillikka xalq ongini oshirish, o’z ahvolini yaxshilashga intilishning ko’rinishlaridan edi».Jadidchilikning asosiy mohiyati millatni koloqlik, xurofot botqog’idan chiqarishga qaratilgan.
Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Qoloqlik va turmushdagi konservatizm bilan kurash, milliylikni saqlagan holda, kundalik turmushdan tortib xamma-sohalarda-maorif, ta’lim-tarbiya, meditsina, madaniyat va sanat, fan-texnikaning yangi turlarini joriy etish, aholiga tarixiy ongni, milliylik va milliy faxr-iftixorni kuchliroq singdirish jadidchilik harakati asosiy maqsadining muhim tamoyillaridan bo’lib hisoblanadi. Jadidlar milliy-g’oyasining asosini Turkiston xalqlarini mustaqillikka erishish uchun birlashtirish tashkil etganligini alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi.
Jadidlar, ma’rifatparvarlar millat so’zini xalq ma’nosida qo’llaganlar. Ular mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelayotgan xalq ommasining ijtimoiy axvoli nochorligini, erli aholining g’aflatda kolganligini tushunib, uni ma’rifatga, bilimga, undadilar.57
Mustamlakachilik zulmidan qutilmoq, qo’lni kishandan ozod qilmok, bo’yin egib, tobe bo’lib yashashdan xolos bo’lib, hur va erkin yashamoq uchun birinchi navbatda milliy ruh milliy e’tiqod, ko’p asrlik milliy an’analar va kadriyatlar, milliy hamkorlik va hamjihatlik zarurligini qayta-qayta uqtirdilar. Behbudiyning ta’kidlashicha, «Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga, ittifoqqa qadam qo’ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamolarimiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga karam bo’lmaymiz». Jamiyat va millatning taqdiri, milliy ahillik, hamkorlik va hamjihatlikda ekanligi haqidagi g’oya ma’rifataparvar jadidlarning falsafiy karashlarida muhim o’rin tutgan.
XX asr boshidagi ma’rifatparvarlar boylik uchun, shon-shuhrat orttirish uchun maydonga chiqishgan emas. Ular istibdodga qarshi kurashdilar, mustaqillik yo’lida fidoiylik ko’rsatdilar. Turkiston xalqlarining haq-huquqlarini himoya qildilar. O’z hisoblaridan sarf-xarajat qilib maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, teatrlar, gazetalar tashkil etdilar, ko’llanmalar nashr etdilar, xalqlarning daqqat-e’tiborini ilm-ma’rifatga,
Sharq va G’arb olamidagi yangiliklarga jalb etdilar.
Ularning asarlari millat dardi va xasrati, Vatan ishqi, Vatan taqdiri, Vatan ozodligi va mustaqilligi tuyg’ulari bilan chuqur sug’orilgan. Jadidlar taraqqiyotga fakat tinchlik yo’li bilan, parlament orqali erishishni lozim topganlar. O’zbek xalqining tinchtotuvlikka intilishi va o’ziga xos milliy mentaliteti, xususiyatini xisobga olgan holda, ular tinch yo’l
bilan petitsiyalar, namoyishlar uyushtirishar, davlat Dumasida ochiq chiqishlar, turli-tuman ruxsat etilgan vosita va imkoniyatlardan foydalanib, chor xukumatidan o’z xalqi manfaati uchun siyosiy huquqlarni talab qilishga, Turkiston milliy taraqqiyoti uchun ob’ektiv hayotiy talablarga javob beruvchi imkoniyatni yaratishga harakat kilganlar Bu ham milliy g’oyaning bir xususiyati edi deyish mumkin. Qon to’kilishlar, harbiy qurolli to’qnashuvlarga qarshi bo’lsalar xam, jadidlarning shiori «Haq olinur, berilmas»dan iborat edi. Bu jumla o’zida faollik, shijoat va fidoyilikni ifoda etgan.
Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Millatni ma’rifatli qilish, g’aflat uyqusidan ko’zini ochish, jaholatda qolib ketishga yo’l ko’ymaslik, zamon va dunyo voqealari bilan tanishtirib borish, shular asosida xalqning milliy mustaqilligiga erishish ma’rifatparvarlarning asosiy maqsadlaridan bo’lib hisoblanadi. “Tariximizning so’nggi yuz yildan ortiqroq davrida xalqimizning eng katta armoni bo’lib qolgan bugungi istiqlol kurtagi dastlab mana shu jadidlar ko’ksida nish urib etilgan edi.
XX asr o’zbek maorifi va madaniyati, qolaversa, bugungi mustaqillik tafakkurimiz, ehtimolki, shu jadidlar oldida burchlidir. «Usuli jadid», «usuli savtiya»nomlari bilan shuxrat topgan yangi maktabni Turkistonda shular tashkil qilganlar. Shular birinchi bo’lib zamonaviy oliy maktab g’oyasini ilgari surdilar, o’nlab jamiyatlar, shirkatlar uyushtirib, ular yordamida qanchadan-kancha yoshlarni taraqqiy qilgan Evropa mamlakatlariga o’qishga yuborishga muvaffaq bo’ldilar. O’zbek teatrining birinchi g’ishtini ko’ygan, nashru matbuotini boshlab bergan ham shulardir.
Jadidlar o’z hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiqlolga tayyorladilar, she’r va maqolalar, sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini singdirishga urindilar.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidlik harakatlarining tepasida Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Co’fizoda, Xamza, Sadriddin Ayniy, Tavallo singari xalqimizning o’nlab fidoiy farzandlari, shoiru adiblari, davlat va siyosat arboblari turgan edilar.
Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi.










