Turkiya ta’lim tizimlari.

0
Turkiya ta’lim tizimlari.

Turkiya ta’lim tizimlari.

Turkiya ta’lim tizimlari.

Turkiya Respublikasida hozir amaldagi ta’lim tizimlariga turk xalqining asl farzandi Kamol Otaturk asos solgan. Turkiya ta’lim tizimlari mamlakat Konstitutsiyasi va «Milliy maorif vazirligining tuzilishi va vazifalari haqida»gi 179, 208, 385-sonli qonunlarda hamda hukumat dasgurlarida har tomonlama chuqur ifodalangan.

Respublika Konstitutsiyasining 42-moddasida «Barcha kishilar ta’lim-tarbiya olish huquqiga egadirlar» deb yozib qo’yilgan va fuqarolarning bilim olish xuquqlari kafolatlangan. Turkiya Respublikasida barcha tipdagi ta’lim to’la davlat nazoratida bo’lib, bunday nazoratga kirmaydigan ta’lim-tarbiya maskanlarini ochish mumkin emas. Xususiy maktablar ham davlat ta’lim standartlari talabiga mos kelishi va davlat dasturlarini to’la bajarishga majbur.

Boshlang’ich ta’lim barcha kishilar uchun majburiy, davlat maktablarida bepul o’qitiladi. Majburiy ta’limdan so’ng uning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish istagini bildirgan, kam ta’minlangan oilalardan chiqqan bolalar davlat tomonidan stipendiyalar bilan ta’minlanadilar, ularga boshqa tegishli imtiyozlar ham belgilangan.

Ta’lim muassasalarida faqat o’quv-tarbiya ishlari, uni takomillashtirish bilan bog’liq vazifalarnigina bajaradilar. Undan tashqari faoliyatlarga yo’l qo’yilmaydi.

Turk millatiga mansub kishilarga ona tili sifatida boshqa biror xorijiy davlat tilini o’rgatish mumkin emas. Turkiya milliy maorifi tizimlarining umumiy tuzilishi quyidagicha: ta’lim tizimi bu mamlakatda ikki asosiy qismga bo’linadi. Ulardan birinchi qismi maktab ta’limi bo’lib, uning tarkibiga maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta va oliy ta’lim kiradi. Uning tarkibi qo’yidagicha:

  1. Maktabgacha tarbiya bosqichiga maktab yoshiga etmagan bolalarni qabul qilish ixtiyoriydir. Maktabgacha ta’lim-tarbiyaning maqsadi bolalarni jismoniy, aqliy va axloqiy rivojlanishini ta’minlash, ularni maktab bosqichiga puxta tayyorlab berish, kam ta’minlangan o’q.uvchilarga sharoit yaratish, turk tilida to’g’ri va chiroyli gapirishni o’rgatishdan iboratdir.
  2. Boshlang’ich maktabda esa bolalar 6 yoshdan 14 yoshgacha ta’lim oladilar. Bu bosqichdagi maktab quyidagi maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi;
  3. har bir turk farzandiga yaxshi inson bo’lib kamol topish, bilimli bo’lish, uni

milliy iftixor ruhida tarbiyalash va fikrlashga o’rgatish;

  1. har bir turk farzandiga qiziqish, qobiliyati va iste’dodlariga ko’ra ta’lim

berish, ularni hayotga, o’qishning keyingi bosqichlariga puxta tayyorlashdan iborat.

Boshlang’ich ta’lim muassasalari maktabgacha tarbiya bosqichidan so’ng ikki qismga: 5 yillik boshlang’ich va 3 yillik o’rta maktablar bosqichiga bo’linadi. Har ikki bosqich maktabini bitirganlik haqida o’quvchilarga attestat beriladi.

Bu ikki bosqich maktab sharoitiga qarab bir maktab bazasida yoki alohida-alohida ikki maktab tarkibida tashkil qilinishi mumkin.

Aholi siyrak va tarqoq qishloqlarda maktab markaziy qishloqlardan birida ochiladi, guruhlashtirish imkoniyati bo’lmagan tumanlarda esa bu ta’lim bosqichi internatlar tipidagi o’quv muassasalari shaklida amalga oshiriladi.

  1. O’rta ta’lim boshlang’ich ta’limga tayanib, kamida uch yillik ta’lim beruvchi umumiy, kasbiy va texnik ta’lim muassasalarini o’z ichiga oladi.

Uning asosiy maqsadi barcha o’quvchilarga umumiy o’rta ta’lim va shunga muvofiq umumiy madaniyat, inson va jamiyat muammolarini o’rgatish, ularni oliy ta’lim bosqichiga, hayotga, kasb-kor sohalariga tayyorlashdir.

Bu maqsadlar o’rta umumiy ta’lim, turli dasturlarda kasb-kor o’rgatuvchi texnikqurilish qishloq xo’jaligi yo’nalishlaridagi litseylarda amalga oshiriladi.

O’quvning har bir bosqichi bo’yicha alohida-alohida dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilardir:

  • ta’limning Oliy bosqichiga tayyorlash dasturi;
  • kasbga va oliy ta’limga taysrlash dasturi;
  • hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash dasturi va hokazolar.

Litseylar o’z turlariga va jumhuriyat ehtiyojiga ko’ra quyidagicha ixtisoslashtirilganlar:

  • umumiy litseylar – o’quvchilarni oliy ta’limga tayyorlaydi, o’qish 3 yil;
  • fan lideylari – alohida fanlardan iqtidorli va ijodkor o’quvchilar bilimini va qobiliyatini takomillashtiradi, o’qish 5 yil;
  • kichik litseylar – kunduzgi litssylarda o’qish imkoniyati bo’lmaganlar uchun, o’qish 4 yil;
  • kasb-hunar litseylari – o’quvchilarga o’z qiziqishlari bo’yicha turli kasb-hunar o’rgatadi, o’qish muddati 3 yil;
  • nafis san’at litseyi – ona tili va adabiyoti, rasm, musiqa kabi bo’limlarga ega; – o’qituvchilar litseylari – boshlang’ich ta’lim bo’yicha o’qituvchilar tayyorlaydi. O’qish muddati 1 yil tayyorlov kursini hisobga olganda 4 yil;
  • tijorat va turizm ta’limi litseylari – maishiy xizmat ko’rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish shahobchalariga va boshqa sohalarga mutaxassislar tayyorlab beradi;
  • diniy ta’lim maktablari — imom-xatib hamda din darsini o’tuvchi o’qituvchilar tayyorlaydi;
  • maxsus ta’lim maktablari – ular korrektsion maktablar bo’lib, jismoniy-aqliy jihatdan nuqsoni bor bolalar uchun mo’ljallangan;
  • texnik litseylar — o’quvchilarga umumiy fanlar bilan bir qatorda industrial kasbhunar ta’limini beradi.

Bundan tashqari Turkiyada qizlar kasb litseyi, qizlar texnik litseyi, qizlar san’at o’rta maktablari, qizlar, o’g’il bolalar xususiy maktablari mavjud.

  1. Oliy ta’lim – mamlakatda oliy malakali turli kasb mutaxassisliklarini, ilmiytadqiqot ishlari olib borishga qodir kishilarni etishtirib boradi.

Turkiyada bunday mutaxassisliklar bo’yicha hozir 235 universitetlar va oliy texnologik institutlar ishlab turibdi. Bu universitetlardan 2 tasi diniy mahkamalar tasarrufidadir.

Mamlakatdan tashqarida yashovchi turk millatiga mansub kishilarning (ular 2,5 mln. dan ortiq) ta’lim-tarbiyasiga ham katta ahamiyat beriladi. Hozir shunday toifadagi kishilarni o’qitish uchun Turkiya hukumati tomonidan 1,236 ta o’qituvchi ajratilgan. Ularning barchasiga davlat tomonidan haq to’lanadi.

Turkiya hukumati “Milliy maorifining asosiy Qonuni”da maktab ta’limi bilan bir qatorda maktabdan tashqari ta’limga ham katta e’tibor berilgan.

Maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan asosiy talab katta yoshdagilarni o’qish va yozishga o’rgatish; ularga umumiy va kasb-kor bilimlarini berish; savodxonlikdagi nuqsonlarni bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi, shuningdek, bunday muassasalar fuqarolarga, birinchi galda yoshlarga ijtimoiy hastning ilmiy, tsxnologik, iqtisodiy, madaniy hayotga to’la moslashish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Shuningdek, MTMlar turli sohalarda mehnat qilayotgan kishilarning ishdan ajralmagan holda kasb malakalarini oshirishga imkoniyat tug’diradi. Turkiya Rsspublikasida maktabdan tashqari ta’lim ikki manba orqali beriladi. Ulardan biri maktab bo’lsa, ikkinchisi ustoz-shogirdlik yo’nalishidir.

Ularning sohalar bo’yicha dasturlari quyidagilar:

  1. Umumiy ta’lim dasturlari;
  2. Kasb-hunar, texnik ta’lim dasturlari;
  3. Shogirdlik va ustalik ta’limi dasturlari;
  4. Ochiq ta’lim dasturlari va hokazolar.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarkibiga bulardan tashqari amaliy san’at maktablari, qizlar amaliy san’at maktablari, etuklik institutlari va etuklik texnik ta’lim markazlari ham kiritilgan.

Shuningdek, keyingi yillarda o’quvchilar va talabalarning bo’sh vaqtlarini ko’ngilli va sermazmun o’tkazishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu maqsadda til o’rgatish markazlari musiqa, xalq o’yinlari, foto, teatr studiyalari, shaxmat-shashka klublari, turli sayohatlar uyushtirish, lagerda dam olishni tashkil qilish, hamshiralik, rassomchilik to’garaklari yo’lga qo’yilayotir, ular orqali turli tanlovlar o’tkazish amalga oshirilmoqda.

Talabalar va o’quvchilar uchun sportning turli sohalari bo’yicha sektsiyalar tashkil etilgan, ularda sportning ommaviy turlari bo’yicha turnirlar, musobaqalar tashkil etilmoqda. Qizlar uchun esa qo’lda to’qish, bichish-tikish, pazandalik yo’nalishlaridagi to’garaklar mavjud. Ular tomonndan to’qilgan, tikilgan va tayyorlangan mahsulotlar har yili anqaradagi katta ko’rgazmada namoyish etiladi.

Mavzular.

manba