Bosh sahifa mavzular Tursunboy Adashboyev she`riyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi.

Tursunboy Adashboyev she`riyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi.

0
Tursunboy  Adashboyev  she`riyatida bolalik  va tabiat munosabati ifodasi.

Tursunboy  Adashboyev  she`riyatida bolalik  va tabiat munosabati ifodasi.

Tursunboy  Adashboyev  she`riyatida bolalik  va tabiat munosabati ifodasi.

Tursunboy Adashboyev o`zi tug`ilib o`sgan qardosh Qirg`iziston Respublikasi O`sh viloyati tabiatini shu qadar mehr, samimiyat bilan tasvirlaydiki, ko`z oldingizda  beriladilarki, uning o`yinligini ham unutadilar. Yosh qalbda hali rostu yolg`on, soxta-yu haqiqiy degan tushunchalar o`rtasida aniq chiziqlar tortilmagan. Ular hamma narsaga ishonadilar, tabiiy deb qabul qiladilar. Hattoki, o`zlari o`yin uchun yaratgan narsalarni ham tirik mavjudlik kabi yaxshi ko`rib qoladilar:

Taraqqiyot sari intilish — zamonlar uchun qonuniyat. Lekin taraqqiyot munis o`t-o`lanlar o`sgan jaydari yerlarni bosib-yanchib o`tmasligi, bir-biriga oqibatli mehnatkash chumolilarning uyini buzmasligi kerak. Fan-texnika nechog`li taraqqiy ctmasin, inson bolasi, o`zini eng awalo ona tabiat bag`rida to`laqonli his etadi. Katta zamonaviy shaharlarda tug`ilib o`sgan bolalar qishloqqa borib qolsa, mitti qo`ng`izcha bilan kun-tun o`ynab zerikmasligida hikmat ko`p. Tursunboy Adashboyev she`rlarini o`qirkan, yaxshi shoir bo`Imoq uchun, albatta, tabiatga yoshlikdan sirdosh, do`st bo`lish kerakligi takror-takror dilingdan o`tadi. Misralardan bola qalbining quvonchi, hayratlari, beg`uborliklari ufurib turadi:

Chaqmoq ko`kda yong`oq chaqdi,

Qizg`aldoqlar selda oqdi,

Quyosh yana kulib boqdi.

Tursunboy Adashboyev she`rlarining qahramonlari «Loyni bir oz tindirib suv zahrini sindirib» g`isht quyayotgan, «Sapchib oqqan suv bilan kim o`zarga yugurgan», xolasiga yordam uchun «… nonni botirib, qotirib qaymoq yegan», «Tog`dan ko`tarilgan quyoshni onasi yopgan patirga» o`xshatgan, buvisining ajinlariga qarab «Dazmol bosib olsangiz, tekis bo`lib ketardi», deb maslahat beradigan, kun bo`yi bog`dagi sirpanchiqda «vagon» bo`lib uchishgach, «Oqshomuyga… Shimning orti suzilib» qaytadigan quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqi-yu ishtahasi tobida bo`lgan bolalar.

Ayrim she`rlardagi voqelik, tuyg`ular kechinmasidan shoir bu she`rni o`z boshidan keehirganlari ta`siridanmi yoki kuzatganlari asosida yozganmi — bilinib turadi. Lekin Tursunboy Adashboyev she`rlarida bunday chegara yo`q — oddiy chizgilardan salmoqli voqealargacha lirik qahramonning yuragidan o`tgan.

Bu she`rlardagi kitobxonga eng yoqadigan xislat — samimiyat, xolislik. Shoir bolalar, kattalar tabiatining, o`zligining yarq etgan bir qirrasini ko`rsatib qo`yadigan manzara, voqea, bahsning suratini so`zlarda chizadi, lekin hech qachon qissadan hissa chiqarmaydi; she`r qahramonlarini toifalarga ajratib, o`quvchini ham hakamlik chizig`ining u yoki bu yog`iga da`vat qilmaydi. Xuddi shu usul bilan muxlislarini bag`ri kenglikka, mustaqil mushohada yuritishga, hayotning o`ziday murakkab inson tabiatiga bir zarb bilan oq yoki qora chiziq tortmaslikka o`rgatsa, ajabmas:

Bolalar arzimagan bir xasdan ham kashfiyot qilishlari, uni iangarcho`p deb miriqib o`ynashlari mumkin. Ba`zan farzandlarimiz ertak qahramonlariga aylanadilar: gullar bilan suhbatlashadilar, xazonlarni qayiq qilib sayohatga chiqadilar, nima uchun qushlar ularning qo`liga qo`nmayotganidan ajablanadilar… Dunyo bolalar adabiyotida kichkintoylarning shu xislatiga asoslangan ajoyib ertaklar bor.

Tursunboy Adashboyev ijodida ixcham, manzara she`rlar borki, bolalar uchun filmlar yaratuvchi mohir rejissyor ular asosida ajoyib asarlarni suratga olishi mumkin. Mana bu to`rt qator she`r go`yo multfflmday.

Boychechaklar nish urib To turguncha o`rnidan Bahor qishni

tarnovga Osib qo`ydi burnidan. Yoki Tolning bargi suvga tushib Qayiq bo`ldi. Bu ayniqsa qumursqaga Loyiq bo`ldi.

Qo`sh qirg`oqni to`lqin yalab

Ko`kkasapchir, Eshkakni-chi, o`zi yakka Eshar abjir.

Teng-tushlari qoldi gap-so`z Tayinlashmay.

Qumursqa ham jo`nab ketdi Xayrlashmay…

Tursunboy Adashboyevning turli davrlarni, ya`ni o`zining bolalik yillarini eslatuvclii shc`rlarini, farzandlarining bolaligini tasvirlovchi she`rlarini — barchasini ichki bir yaxlit tuyg`u — mehr, mehribonlik birlashtirib turadi:

Tursunboy Adashboevni kattalar qatoriga adashtirib olib kirdi, xolos. Lekin qalbi bolalik beg`uboriiklari, samimiyati, soddaligi, yorqin hayratu quvnoq topqirliklari olamida sobit turibdi. Ana shu sadoqat Tursunboy Adashboevga o`zbek bolalar adabiyotini yangiyangi betakror asarlar bilan boyitish baxtini nasib etaversin,

Hodisa bu davrda yangicha tafakkur in`ikosi sifatida ko`zga tashlandi. Milliy bolalar adabiyotining mazmun va mohiyatidagi tub burilish yaqqol ko`zga tashlandi. Zamonaviy bolalar adabiyotida yosh qahramonlar xarakteri tahlili masalasiga alohida e`tibor qaratildi. Bolalar adabiyoti shakl va mazmun jihatdan-da yangi tamoyillar kasb eta bordi. Adabiy tanqidchilikda bolalar adabiyotiga munosabat kuchaydi. Milliy bolalar matbuoti mavzu material, g`oyaviy-badiiy jihatdan o`sdi, bolalar ijodkorligi namunalari  ko`proq ommalashtirildi va rag`batlantirib kelinmoqda.

Zero,  istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlaboq, yoshlarimizni avvalo ma`naviy  sog`lom, barkamol  qilib kamol toptirish masalasiga  jiddiy e`tibor qaratilgani ular adabiyotida ham o`z aksini topa bordi. Badiiy adabiyot, jumladan, uning alohida tarkibiy  qismi bo`lgan bolalar adabiyoti, ushbu g`oyat murakkab vazifani  ado etishdagi eng muhim vositalardan biridir. Bu ishga badiiy so`z  qudrati  bilan hissa  qo`shib kеlayotgan istе`dodli yozuvchilar soni orta borgani quvonarli holder. Istiqlol davrida jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq g`oyalar  S.Barnoyevning  publistik maqola va hikoyalarida, A.Obidjon, T.Adashboyev, M.A`zam,  T.Malik, H.Imonberdiyev, K.Turdiеva, A.Akbar, D.Rajab kabi shoirlarning shе`riy asarlarida o`z ifodasini topdi. Ularning aksariyatida ijtimoiy jamiyatdagi yangilanishlar, bozor munosabatlarining ta`lim-tarbiyadagi o`rnini aks ettirishga qaratilishi alohida e`tiborga loyiqdir. Shuningdek, «Gulxan», «Tong yulduzi», «G`uncha», «Yosh kuch» kabi bolalar matbuot nashrlarida ham istiqlol g`oyalarini,  badiiy adabiyot namunalari o`z ifodasini topib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda bolalar adabiyotining bola tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi muhim o`rni bu sohadagi yangi izlanishlar orqali asoslandi. O`zbek bolalar adabiyotiga uzoq yillardagi bir yoqlamalik va uning salbiy oqibatlari ham inkor etilmagani holda, milliy bolalar savodxonligi darajasini oshirish borasidagi sa`y- harakatlar badiiy so`z vositasida qayta jonlanayotir. Qolaversa, o`zbek bolalar adabiyotini chet el, rus va boshqa hamdo`stlik mamllakat bolalar adabiyotiga muqoyasalab o`rganish  samarali natija berayotir.

 Mavzular.

manba