TUSHUNCHA VA SO`Z HAQIDA MA’LUMOTLAR.

0
TUSHUNCHA VA SO`Z HAQIDA MA'LUMOTLAR.

TUSHUNCHA VA SO`Z HAQIDA MA'LUMOTLAR.

TUSHUNCHA VA SO`Z HAQIDA MA’LUMOTLAR.

Tushuncha mantiq kategoriyalaridan biridir. Tushuncha ob’yektiv borliqning umumiy tomonlarini aks ettiradi. Tushuncha tafakkurning asosiy bir shakli hisoblanadi. Tafakkur uch shaklda: tushuncha, muhokama va xulosa shakllarida o`z ifodasini topadi. Tushuncha predmet va voqea-hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Muhokama predmet va voqea-hodisalarning tasdiq, yo inkor shaklida o`zaro aloqa va munosabatlarini ko`rsatadi. Xulosa ham fikrlash jarayoni bo`lib, bir yoki bir necha muhokamada yangi bir muhokamaga kelishdir. Masalan: ruchka-yozuv quroli, suv-ichimlik.

So`zlar nutq tovushlaridan (ol, ich) ba’zan bir tovushdan (u,o) iborat bo`ladi, Fikrning ro`yobga chiqishi, tafakkurning almashuvi gap vositasida yuz beradi. Har bir so`z ma’noga ega bo`lishi kepak.

So`z ma’nosi nima? Predmet va voqea-hodisalar yoki ular orasidagi munosabatning kishi ongida aks etishi so`zning ma’nosi deyiladi. So`zlarning ma’no turlariga ko`ra guruhlanishi:

1.Nomlovchilar: ot, sifat, son, fe’l, ravish

  1. Ifodalovchilar: undov, yuklama, ko`makchi, modal so`z
  2. Ko`rsatuvchilar: olmosh, bog`lovchi.

Bulardan birinchisi leksikologiyaning tekshirish ob’yektidir.

So`z o`z vazifasini grammatik shakllangandagina ro`yobga chiqaradi: «Biz universitetda o`qiymiz» gapi grammatik shakllarisiz «Biz, universitet, o`qi» holida fikr ifodalay olmaydi. Demak, so`zning mohiyatini tushunmoq uchun uning fonetik: semantik grammatik tomonlariga e’tibor berish kerak.

Shunday qilib, ma’lum tovush yoki tovushlar kompleksidan iborat bo`lib, ma’no yoki ma’nolar tizimini ifodalaydigan grammatik butunlikka so`z deyiladi: kitob, ruchka, paxt.

So`z ajralmas uch tarkibiy qismdan iborat. 1. So`zning sema tarkibi. 2. So`zning fonetik tarkibi. 3. So`zning morfolok tarkibi. So`zning semantik tarkibi shu so`zga xos ma’no yoki ma’nolar va qo`shimcha ma’nolardan iborat. Boshqacha aytganda, so`z denotativ (atama) va koniotativ (qo`shimcha ma’no) ma’nolar yig`indisidan iborat. Bas, shunday ekan, leksikologiya bevosita semasiologiya bilan bog`liq.

TUSHUNCHA VA SO`Z HAQIDA MA’LUMOTLAR.

Mavzular.

manba