UGLEVODORODLAR, ULARNING BIRIKMALARI,
XOSSALARI VA AHAMIYATI.

UGLEVODORODLAR, ULARNING BIRIKMALARI, XOSSALARI VA AHAMIYATI.
Tabiatda uchrashi, gomalogik qatori, nomlanishi va izomeriyasi.
Molekulalaridagi uglerod atomlari o’zaro oddiy -bog’lar bilan bog’langan va qolgan valentliklari vodorod atomi bilan to’yingan birikmalar to’yingan uglevodorodlar yoki alkanlar (parafinlar) deb ataladi.
Parafinlar deyilishiga sabab oddiy sharoitda hyech qanaqangi kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi, o’ta passiv moddalardir. Gomologik qatori quyidagicha:
CH4 – metan C2H6 – etan
C3H8 – propan C4H10 – butan
C5H12 – pentan C6H14 – geksan
C7H16 – geptan C8H18 – oktan
C9H20 – nonan C10H22 – dekan.
Umumiy formulasi – CnH2n+2
Tuzilish va kimyoviy xossalari o’xshash bo’lib, tarkibi bir yoki bir nyecha CH2 guruh bilan farq qiluvchi moddalar qatori gomologik qator deyiladi. Moddalar esa gomologlar deyiladi.
UGLEVODORODLAR, ULARNING BIRIKMALARI, XOSSALARI VA AHAMIYATI.
Izomeriya. Organik moddalarning anorganik moddalardan farqi ular orasidagi izomeriya hodisasining juda keng uchrashidir.
Izomeriya grekcha so’zdan olingan bo’lib, teng qism degan ma’noni bildiradi. Bu terminni fanga Shved olimi Ya.Berselius tomonidan kiritilgan. Kimyoviy tarkibi va molekulyar massasi bir xil, lekin tuzilish formulasi va fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo’lgan moddalar izomer moddalar yoki izomeriya deyiladi.
Metan, etan, propanning izomeri yo’q. Butanning ikkita, pentanning uchta izomeri mavjud.
H3C CH2 CH2 CH3 H3C CH CH3
| n-butan
н-бутан |
CH3 изобутанizobuta n | CH3 |
CH3 CH2 CH2 CH2 CH3 H3C CH CH3 H3C C CH3
CH3 CH3
n-pentan izopentan neopentan
UGLEVODORODLAR, ULARNING BIRIKMALARI, XOSSALARI VA AHAMIYATI.
To’g’ri zanjirli ko’rinishdagi birikmalarga normal birikmalar deyiladi va n-harfi bilan belgilanadi. Izobutan, izopentan va neopentandagi uglerod zanjiri esa tarmoqlangan. Bunday birikmalar izobirikmalar deyiladi. Bu izomeriya struktura izomeriya yoki uglerod skeletining izomeriyasi deyiladi. Uglevodorod molekulasidagi uglerod atomlarining soni ortib borishi bilan izomerlarning soni ham tez ortib boradi. Masalan,
C4H10 – 2 ta
C5H12 – 3 ta
C6H14 – 5 ta
C7H16 – 9 ta
C8H18 – 18 ta
C9H20 – 35 ta C10H22 – 75 ta C15H32 – 4347 ta.
To’yingan uglevodorod molekulasidan bitta vodorod atomi olinsa, ularning radikallari hosil bo’ladi (ya’ni CnH2n+1).
Ular juda beqaror, reaksiyaga aktiv kirisha oladigan zarrachalardir. Ularni nomlashda –an qo’shimchasi –il ga almashtiriladi.
CH 3 – метил
3
- изопропил izopropil
- бутил butil
- иккиламчи бутилIkkilamchi butil
- изобутил izobutil
- учламчи бутилUchlamchi butil
- (изоамил р.н.) изопентил(izoamil r.n.) izopentil
Nomenklaturasi
Metan, etan, propan, butan – tasodifiy nom berilgan. Qolgan vakillari rasional va sistematik nomenklatura asosida nomlanadi. Masalan, r.n. s.n.
CH4 metan metan
diizopropil metan 2,4-dimetil pentan
Nisbatan murakkab tuzilishga ega bo’lgan moddalarni rasional nomenklaturada nomlash qiyinchilik tug’dirgani uchun ko’proq sistematik nomenklaturada nomlanadi. Masalan,
3,3,5,5-tetrametil-6-etil-7-izobutil dekan.
UGLEVODORODLAR, ULARNING BIRIKMALARI, XOSSALARI VA AHAMIYATI.










